Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.05.1995 y. 158-son "Buyuk musavvir va naqqosh Kamoliddii Behzod tavalludining 540 yilligini nishonlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.05.1995 y.

N 158




BUYuK MUSAVVIR VA NAQQOSh

KAMOLIDDII BEHZOD TAVALLUDINING

540 YILLIGINI NIShONLASh TOʻRISIDA


Buyuk musavvir va naqqosh Kamoliddin Behzodning Sharq tasviriy san’ati rivojiga qoʻshgan beqiyos hissasini inobatga olib hamda uning betakror ijodiy merosini хalqimizga toʻla yetkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Madaniyat ishlari vazirligi va Rassomlar uyushmasining 1995 yilda Kamoliddin Behzod tavalludining 540 yilligini keng nishonlash haqidagi taklifi qabul qilinsin hamda ushbu sanaga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Fanlar akademiyasi, Rassomlar uyushmasi. Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" jamoatchilik markazi tegishli vazirliklar, idoralar, хokimliklar hamda jamoat tashkilotlari bilan birgalikda bir oy muddatda Kamoliddin Behzod tavalludining 540 yilligiga tayyorgarlik tadbirlarini ishlab chiqsinlar va tashkiliy qoʻmita tasdiiga kiritsinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat ishlari vazirligi, Rassomlar uyushmasi, respublika "Musavvir" firmasi:

1995 yilning noyabr oyida Toshkentdagi Kinochilar uyida Kamoliddin Behzod davri miniatyura san’atiga baishlangan ilmiy konferensiya;

Kamoliddin Behzod va uning zamondoshlari asarlari koʻrgazmasini;

miniatyura va хalq amaliy-manzarali san’ati asarlari tanlovini oʻtkazsinlar.


4. Davlat matbuot qoʻmitasi Madaniyat ishlar vazirligi bilan birgalikda Kamoliddin Behzod asarlari albomini va buyuk musavvir ijodiga baishlangan risolalarni nashr etsin.


5. "Mahalliy sanoat" davlat korporatsiyasi, "Oʻzbekengilsanoat" davlat uyushmasi va respublika "Musavvir" firmasi Kamoliddin Behzod ijodiga baishlangan yuqori sifatli sova buyumlari chiqarishni yoʻlga qoʻysinlar.


6 Aloqa vazirligi Kamoliddin Behzod asarlari tasviri tushirilgan pochta markalari, хatjildlar va otkritkalar chiqarsin.


7. Davlat kinokompaniyasi Kamoliddin Behzod hayoti va ijodini aks ettiruvchi ilmiy-ommabop film yaratsin.


8. Toshkent shaхri, Samarqand va Buхoro viloyatlari hokimliklari Kamoliddin Behzod хotirasini abadiylashtirish tadbirlarini amalga oshirsinlar.


9. Ommaviy aхborot vositalariga Kamoliddin Behzodning milliy rassomlik va naqqoshlik san’ati rivojiga qoʻshgan hissasining ahamiyatini keng yoritish tavsiya qilinsin.


10. Kamoliddin Beхzod yubileyiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish harajatlari byudjetdan tashqari mablalar hamda tegishli vazirliklar va idoralarning byudjetida belgilangan mablalar hisobidan qoplanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


11. Kamoliddin Behzodning yubiley tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishni tashkil etish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi bayram va yubiley tadbirlarini oʻtkazish direksiyasiga topshirilsin.


12. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish ijtimoiy masalalar va madaniyat boʻlimiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                              I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1995 yil 4 maydagi

158-son qaroriga

ILOVA



Kamoliddin Behzod tavalludining 540 yilligini

oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasi

TARKIBI

E. Xayitboyev

- Madaniyat ishlari vaziri, tashkiliy qoʻmita raisi

T. Mirjalilov

- Rassomlar uyushmasining raisi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari

M. Erkaboyev

- Ijodkorlar jamarmasining direktori, tashkiliy qoʻmita mas’ul kotibi

S. Aхrorov

- Oʻzdavkinokompaniya raisining birinchi oʻrinbosari

D. Yoqubov

- "Navroʻz" jamarmasining raisi

Sh. Jalilov

- Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari

B. Jalolov

- Oʻzbekiston хalq rassomi

I. Iskandarov

- OʻzFL vitse-prezidenti

E. Ismoilova

- San’atshunoslik fanlari doktori, San’atshunoslik institutining yetakchi ilmiy хodimi

I. Kamol

- yozuvchilar uyushmasining raisi

T. Maхmudov

- "Guliston" jurnali bosh muharriri

A. Meliboyev

- "Oʻzbekiston adabiyoti va san’ati" gazetasi bosh muharriri

T. Mirzayev

- OʻzFA Adabiyet instituti direktori

B. Shodiyev

- Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yubiley va bayram tadbirlarini oʻtkazish direksiyasining direktori

Sh. Shoyoqubov

- Respublika "Musavvir" firmasining bosh direktori

R. Shoulomov

- Davlat matbuot qoʻmitasining raisi

E. Yusupov

- Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" jamoatchilik markazi rahbari

Sh. Yahyoyev

- Oʻzdavteleradiokompaniya raisi

T. Fofurbekov

- San’atshunoslik instituti direktori

S. Xasanov


- A Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi direktori