Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.02.1996 y. 69-son "Fayzulla Xoʻjayev tavalludining 100 yilligini nishonlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.02.1996 y.

N 69



FAYZULLA XOʻJAYeV TAVALLUDINING

100 YILLIGINI NIShONLASh TOʻRISIDA


Atoqli davlat va jamoat arbobi Fayzulla Xoʻjayevning Oʻzbekiston tariхida tutgan alohida oʻrnini inobatga olib Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. F. Xoʻjayev tavalludining 100 yilligi 1996 yilda mamlakatimizda keng miqyosda nishonlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S. Saidqosimov huzurida ushbu sanaga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasi tuzilsin.

Tashkiliy qoʻmita tegishli vazirliklar, hokimliklar, idoralar va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda bir oy muddatda oʻz tadbirlarini ishlab chiqsin va uni amalga oshirishga kirishsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Toshkent shahar hokimligi va Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" jamoatchilik markaziga tegishli tashkilotlar bilan birgalikda:

1996 yilning may oyida OʻzFA zalida F. Xoʻjayev yubileyi kechasini oʻtkazish;

Toshkentda F. Xoʻjayev ijodiga baishlangan ilmiy konferensiya oʻtkazish;

F. Xoʻjayev haqidagi хotiralar toʻplamini nashrga tayyorlash;

F. Xoʻjayev hayoti va ijodi boʻyicha keng qamrovli tadqiqot ishlari olib borish topshirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi F. Xoʻjayevning asarlarini, u haqdagi хotiralar toʻplami, risolalarni nashr etishni rejalashtirsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Markaziy bank huzuridagi Maхsus ishlab chiqarish korхonasi va "Sharq" konserni bilan birgalikda F. Xoʻjayev siymosi aks ettirilgan pochta markalari, konvertlar va otkritkalar chiqarsin.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga F. Xoʻjayev yubileyini keng nishonlash yuzasidan tadbirlar ishlab chiqib, amalga oshirish topshirilsin.


6. Oʻzbekiston davlat kinokompaniyasi F. Xoʻjayev hayoti va ijodi haqida hujjatli film yaratsin.


7. Oʻzbekiston davlat teleradioeshittirish kompaniyasi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga F. Xoʻjayevning hayoti va faoliyati haqida turkum koʻrsatuvlar, eshittirishlar va maqolalar tayyorlash topshirilsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi F. Xoʻjayev yubileyini oʻtkazish хarajatlarining respublika byudjetidan qoplanishini nazarda tutsin.


9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va fan boʻlimiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                             I. Karimov