Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.11.2005 y. PF-3694-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish toʻgʻrisida" 1998 yil 19 noyabrdagi PF-2114-sonli Farmoniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

28.11.2005 y.

N PF-3694


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING "XOʻJALIK YuRITUVChI

SUB’YeKTLARNI  TEKShIRIShNI  TAShKIL

QILIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻRISIDA"

1998 YIL   19   NOYaBRDAGI   PF-2114-SONLI

FARMONIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik sub’yektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2005 yil 5 oktyabrdagi PF-3665-sonli Farmoniga muvofiq:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish toʻrisida" 1998 yil 19 noyabrdagi PF-2114-sonli Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2005 yil 28 noyabrdagi

PF-3694-son Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni tekshirishni

tashkil qilishni tartibga solish toʻrisida" 1998 yil

19 noyabrdagi PF-2114-sonli Farmoniga kiritiladigan

oʻzgartish va qoʻshimchalar


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 19 noyabrdagi PF-2114-sonli Farmoni 1-bandining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"mulkchilik shaklidan qat’i nazar хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatiga doir barcha tekshiruvlarni, moliya-хoʻjalik faoliyatini tekshirishni istisno etgan holda, oʻtkazish, qoida tariqasida, bir yoʻla kompleks tekshirishlar oʻtkazilishini nazarda tutib, faqat Oʻzbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qaroriga binoan reja asosidagi tartibda nazorat organlari tomonidan yiliga koʻpi bilan bir marta amalga oshiriladi;

mazkur sub’yektlarning faoliyatini muqobil tekshirish jinoiy ishlar boʻyicha tergov davomida tekshiruvni belgilash toʻrisidagi qaror asosida yoki faqat Oʻzbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qarori bilangina nazorat organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini muqobil tekshirish хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga bormasdan amalga oshiriladi va faqat ularning tekshirilayotgan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt bilan oʻzaro munosabatlari doirasidagina yoʻl qoʻyiladi;

belgilangan norma va qoidalarga oʻz vaqtida va toʻla hajmda rioya etadigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini tekshirish, moliya-хoʻjalik faoliyatini tekshirishni istisno etgan holda, nazorat organlari tomonidan har ikki yilda koʻpi bilan bir marta amalga oshiriladi".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 47-48-son, 352-modda.