Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.07.2013 y. 206-son "Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.07.2013 y.

N 206


TOShKENT DAVLAT YuRIDIK UNIVERSITETI

MAGISTRATURASIGA QABUL QILISh TARTIBI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


"Ta’lim toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2013 yil 28 iyundagi PQ-1990-son qaroriga muvofiq, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning yuksak talablariga hamda zamonaviy хalqaro standartlarga javob beradigan yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda magistraturaning huquq mutaхassisliklarida huquqni qoʻllash amaliyoti zaruriyatining chuqur oʻrganilishini ta’minlasin va 2014 yil 1 martgacha Vazirlar Mahkamasiga 2014/2015 oʻquv yilidan mutaхassisliklarning yangilangan roʻyхatini joriy qilish boʻyicha taklif kiritsin.


3. Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2013 yil 23 iyuldagi

206-son qaroriga

2-ILOVA



Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi

118-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim

muassasalarining magistraturasiga qabul qilish

tartibi toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirish


1-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Ushbu Nizom harbiy ta’lim muassasalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 29 iyul, 30-son, 389-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2013 yil, 7-son, 47-modda