Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.07.2003 y. 315-son "Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.07.2003 y.

N 315


GIYoHVANDLIK VOSITALARI, PSIXOTROP

MODDALAR VA PREKURSORLARNING MUOMALADA

BOʻLIShI BILAN BOLIQ FAOLIYaTNI

LITsENZIYaLASh TOʻRISIDA


"Giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalar toʻrisida" hamda "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan boliq faoliyatni litsenziyalash toʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi:

ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Giyohvandlik moddalarini nazorat qilish davlat komissiyasi bilan kelishgan holda giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan boliq faoliyat bilan shuullanish huquqiga litsenziyalar berish yuzasidan хulosalar tayyorlash boʻyicha ekspert komissiyalarining shaхsiy tarkibini va ular toʻrisidagi nizomni tasdiqlasinlar;

2003 yil 1 oktyabrgacha ushbu qaror talablariga muvofiq yuridik shaхslarga giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish) faoliyati bilan shuullanish huquqiga litsenziyalar berilishini ta’minlasinlar.


3. Belgilab qoʻyilsinki, belgilangan tartibda giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish) faoliyati bilan shuullanayotgan hamda belgilangan muddatlarda litsenziya olmagan yuridik shaхslar giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish) huquqidan qonun hujjatlariga muvofiq mahrum qilinadilar.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan boliq faoliyatni litsenziyalash toʻrisida" 2001 yil 29 yanvardagi 56-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001 y., 1-son, 7-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri kotibiyatiga, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vaziri F.. Nazirov va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Z.A. Almatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri                               Oʻ. Sultonov


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2003 y., N 7, 63-modda.