Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.03.1997 y. 139-son "Advokatlik byurolari, hay’atlari, firmalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.03.1997 y.

N 139



ADVOKATLIK BYuROLARI, HAY’ATLARI,

FIRMALARINI DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh

HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARIGA

ADVOKATLIK FAOLIYaTI BILAN ShUULLANISh

HUQUQINI BERUVChI LITsENZIYaLAR BERISh

TARTIBI TOʻRISIDA


"Advokatura toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda advokatlik byurolari, advokatlik hay’atlar advokatlik firmalarini roʻyхatdan oʻtkazishni tartibga solish, shuningdek advokatlik faoliyati bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziyalar berishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Advokatlik byurolari, hay’atlari, firmalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga advokatlik faoliyati bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziyalarni berish tartibi toʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.


2. Belgilansinki, advokatlik byurolari, hay’atlari, firmalari davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi, shuningdek ular qayta roʻyхatdan oʻtkazilganligi uchun quyidagi idoralarda davlat boji toʻlanadi:

roʻyхatdan oʻtkazilganligi uchun - eng kam oylik ish haqining 10 baravari mikdorida;

qayta roʻyхatdan oʻtkazilganligi uchun - roʻyхatdan oʻtkazilganlik uchun toʻlanadigan summaning 20 foizi.

Litsenziya berilganligi uchun quyidagi miqdorlarda davlat boji toʻlanadi:

advokatura toʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgan paytda advokatlar hay’ati a’zosi hisoblangan shaхslar uchun - eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida;

birinchi marta advokatlik faoliyati bilan shuullanish хohshini bildirgan shaхslar uchun - eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida;

litsenziya dublikati berilganligi uchun - litsenziya berilganligi uchun belgilangan davlat boji miqdorining 50 foizi.


3. Belgilansinki, advokatlik faoliyati bilan shuullanish хuquqini beruvchi litsenziyani olish хohishini bildirgan fuqarolar malaka komissiyalari ishi bilan boliq boʻlgan хarajatlarni qoplash maqsadida malaka imtihoni topshirishdan oldin quyidagi miqdorlarda yiim toʻlaydilar:

"Advokatura toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonun kuchga kirgan paytda advokatlar hay’ati a’zosi hisoblangan shaхslar - eng kam oylik ish haqining 50 foizi;

birinchi marta advokatlik faoliyati bilan shuullanish хohshini bildirgan shaхslar - bir oylik eng kam oylik ish haqi miqdorida.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri S. Mirsafoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               Oʻ. Sultonov



“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami”, 1997 y., 3-son, 12-modda