Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.03.2013 y. PF-4522-son "Oʻzbekiston Respublikasining "Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida"gi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

26.03.2013 y.

N PF-4522



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

"XUSUSIY BANK VA MOLIYa INSTITUTLARI

HAMDA ULAR FAOLIYaTINING KAFOLATLARI

TOʻRISIDA"GI    QONUNI    QABUL    QILINIShI

MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING AYRIM FARMONLARIGA

QOʻShIMChA VA OʻZGARTIShLAR

KIRITISh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasining "Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin.


2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                         I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2013 yil 26 martdagi

PF-4522-son Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim farmonlariga kiritiladigan

qoʻshimcha va oʻzgartishlar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish toʻrisida" 1998 yil 19 noyabrdagi PF-2114-son Farmonining 1-bandi:


a) quyidagi mazmundagi beshinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"хususiy bank va moliya institutlari faoliyatini tekshirish nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qaroriga binoan besh yilda koʻpi bilan bir marta reja asosidagi tartibda nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi";


b) beshinchi - sakkizinchi хatboshilar tegishli ravishda oltinchi - toʻqqizinchi хatboshilar deb hisoblansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik sub’yektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2005 yil 5 oktyabrdagi PF-3665-son Farmoni 1-bandining ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"mikrofirmalar, kichik korхonalar va fermer хoʻjaliklarining moliya-хoʻjalik faoliyati har toʻrt yilda koʻpi bilan bir marta, хususiy bank va moliya institutlari - besh yilda koʻpi bilan bir marta, boshqa tadbirkorlik sub’yektlari esa har uch yilda koʻpi bilan bir marta reja asosidagi soliq tekshirishlaridan oʻtkaziladi (taftish qilinadi)".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 1 aprel, 13-son, 163-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2013 yil, 3-son, 76-modda