Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.10.2007 y. 225-son "Maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.10.2007 y.

N 225


MAKTABGAChA TA’LIM SOHASIDAGI

NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Maktabgacha ta’limni yanada rivojlantirish, shuningdek bolalarni umumta’lim maktablarida oʻqishga muvaffaqiyatli tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta’lim muassasasi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasida nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

Qisqa muddatli guruhlar toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:

uch oy muddatda faoliyat koʻrsatayotgan maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomlar talablariga muvofiqlashtirsin;

maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati ustidan muntazam nazoratni ta’minlasin, ularga oʻzlariga yuklangan vazifalarni amalga oshirishida har tomonlama koʻmaklashsin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Ta’lim muassasalari haqidagi nizomlarni tasdiqlash toʻrisida" 1995 yil 18 fevraldagi 59-son qarori 1-bandining ikkinchi хatboshi va qarorga 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995 y., 2-son, 5-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 43-son, 431-modda.