Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.11.1995 y. 441-son "Bolalarning maktabgacha tarbiya muassasalarida boʻlishlari uchun ota-onalardan olinadigan haq miqdorlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.11.1995 y.

N 441


BOLALARNING MAKTABGAChA TARBIYa

MUASSASALARIDA BOʻLIShLARI UChUN

OTA-ONALARDAN OLINADIGAN HAQ

MIQDORLARI TOʻRISIDA



Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 1996 yil 1 yanvardan boshlab bolaning respublika davlat byudjetidan mabla bilan ta’minlanadigan bolalar yaslisi, bolalar bochasi yoki yasli-bochada boʻlganligi uchun bir oyga toʻlanadigan haq miqdori ish tartibiga qarab Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining oʻrta hisobda 50 foizi miqdorida belgilansin.


2. Oʻz tasarrufida bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari boʻlgan korхonalar, tashkilotlar, muassasalarga ota-onalarning haq toʻlashini respublika davlat byudjetidan mabla bilan ta’minlanadigan bolalar maktabgacha tarbiya muassasalarida qabul qilingan tartibda belgilash tavsiya etilsin.

Bunda korхonalar, tashkilotlar va muassasalar oʻz mablalari hisobidan oʻzlariga qarashli bolalar maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarning boʻlishi uchun ota-onalardan haq undirish boʻyicha qoʻshimcha imtiyozlar belgilashlari mumkin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi bilan kelishgan holda bolalarning bolalar yaslilarida, bolalar bochalarida va yasli-bochalarda boʻlishlari uchun haq undirish tartibi toʻrisidagi Yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Bolalarning maktabgacha tarbiya muassasalarida boʻlishlari uchun ota-onalardan olinadigan haq miqdorlari toʻrisida" 1994 yil 20 iyuldagi 374-son qarori 1996 yil 1 yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.S.Saidqosimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri                                              A. Mutalov



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995 y., 11-son, 45-modda