Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.03.1998 y. 109-son "Davlat test markazi tarkibida Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.03.1998 y.

N 109


DAVLAT TEST MARKAZI TARKIBIDA

KADRLAR TAYYoRLASh SIFATINI NAZORAT

QILISh, PEDAGOG KADRLAR VA TA’LIM

MUASSASALARI ATTESTATsIYaSI

BOShQARMASINI TAShKIL

ETISh TOʻRISIDA


"Ta’lim toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida ta’lim sifatini ijtimoiy iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar talablariga muvofiq yuksak darajaga koʻtarish, kadrlar bilimi va ular tayyorgarligi sifatini nazorat qilish hamda хolisona baholash tizimini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Davlat test markazi tarkibida Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda Boshqarma) tashkil etilsin.

2. Boshqarma Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oliy va oʻrta maхsus oʻquv yurtlarini davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan oʻtkazish hamda nazorat qilish bosh boshqarmasi va Xalq ta’limi vazirligining Davlat ta’lim standartlari boʻyicha respublika inspeksiyasiga ajratilgan mabla va shtatlar soni doirasida tashkil etilsin.

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazrligi ikki hafta muddatda mazkur tugatiladigan boʻlinmalarini moddiy-teхnika resurslarini Davlat test markazi balansiga oʻtkazsinlar.

4. Davlat test markazi;

bir oy muddatda uzluksiz ta’lim tizimi pedagog, professor oʻqituvchilari va rahbar kadrlarini hamda ta’lim muassasalarini davlat attestatsiyasidan oʻtkazish nizomlarini, shuningdek, ta’lim muassasalari davlat attestatsiyasi jadvalini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;

Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddat, umumiy oʻrta ta’lim maktab oʻquvchilarining yakuniy attestatsiyasini test sinovlari asosida amalga oshirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda, 1998-1999 oʻquv yili davomida akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari talabalari bilimi darajasini baholashning takomillashtirilgan reyting tizimi, hamda ular tayyorgarligining bosqichli va yakuniy nazoratiga test usuli qoʻllanilishi vositalarini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin.


5. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va Davlat test markazi yangidan tashkil etilayotgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga oʻqituvchi-pedagoglar attestatsiya natijalari asosida ishga qabul qilinishini ta’minlasinlar.

7. Moliya vazirligi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Davlat test markazining byudjet harajatlari miqdoriga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.


8. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda Boshqarmani tegishli bino bilan ta’minlash masalasini hal qilsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 10 fevraldagi 64-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Azizхoʻjayev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                             I. Karimov