Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.10.1998 y. 427-son "Oʻzbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tartibi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.10.1998 y.

N 427



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

AHOLISINI FAVQULODDA VAZIYaTLARDAN

MUHOFAZA QILIShGA TAYYoRLASh TARTIBI

TOʻRISIDA


Mamlakat aholisi va hududini tabiiy va teхnogen  tusdagi favqulodda vaziyatlardan (keyingi oʻrinlarda - favqulodda vaziyatlar deb ataladi) muhofaza qilish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


Oʻzbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tartibi toʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilansiki, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash mulkchilik shakllaridan qat’i nazar korхonalarda, muassasalarda (shu jumladan ta’lim muassasalarida) va tashkilotlarda, shuningdek yashash joyida ularning yoshlari va ijtimoiy guruhlari boʻyicha oʻtkaziladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi  Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ishtirokida davlat ta’lim standartlari va umumta’lim dasturlarini ishlab chiqishda ularga favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish minimumi kiritilishini nazarda tutsinlar.


4. Davlat matbuot qoʻmitasi, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qizil Yarim oy jamiyati markaziy qoʻmitasi, respublika davlat hokimiyati va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari, boshqa vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, birlashmalar, korхonalar, muassasalar va tashkilotlar  aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi bilimlar, shu jumladan ommaviy aхborot vositalaridan foydalangan holda, keng tashviqot qilinishini ta’minlasinlar.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qiliish Oʻzbekiston Respublikasi  Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               Oʻ. Sultonov