Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Boshlangʻich tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini biriktirilgan хar bir kishi hisobiga mablagʻ bilan ta’minlash toʻgʻrisida Vaqtinchalik nizom (OʻzR VM 05.03.1999 y. 100-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1999 yil 5 martdagi

100-son qaroriga

ILOVA



Boshlanich tibbiy-sanitariya yordami

muassasalarini biriktirilgan har bir kishi

hisobiga mabla bilan ta’minlash toʻrisida

VAQTINChALIK NIZOM


UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizomda eksperiment oʻtkazishga kiritilgan Farona viloyatining Beshariq, Quva va Yozyovon tumanlari boshlanich tibbiy-sanitariya yordami (BTSYo) muassasalarini moliyalashtirish shartlari va tartibi belgilanadi.


2. Eksperimentning maqsadi qishloq aholisiga yanada malakali tibbiy yordam koʻrsatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi qishloq soliqni saqlash tizimida boshlanich tibbiy-sanitariya yordami boʻinini kuchaytirishdan iboratdir.



BOShLANICh TIBBIY-SANITARIYa YoRDAMI

MUASSASALARINING XARAJATLARI

SMETASINI ShAKLLANTIRISh


3. Eksperiment shartlariga koʻra BTSYo muassasalari oʻrtacha biriktirilgan har bir kishi normativi boʻyicha mabla bilan ta’minlashga oʻtkaziladi.


Viloyat boʻyicha har bir kishi hisobiga mabla bilan ta’minlash normativi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:


JMN=SSB:Aholi х%XU,


bunda: JMN jon boshiga mabla bilan ta’minlash normativi, SSB hisobot yilida viloyat soliqni saqlash sohasining byudjeti, Aholi hisobot yilidagi viloyat aholisining soni, %XU BTSYo muassasalari хarajatlarining tumanlar byudjetidagi hisobot davri darajasidagi oʻrtacha ulushi.


4. Har bir BTSYo muassasasining byudjeti viloyat boʻyicha jon boshiga oʻrtacha normativning tegishli muassasaga biriktirilgan aholi soniga koʻpaytirilganiga teng (3-band).


5. BTSYo muassasalarining funksional хizmatlari kengayishiga qarab viloyat soliqni saqlash tizimining ichki zahiralari hisobiga bazaviy normativni oshirishga yoʻl qoʻyiladi.


6. Biriktiriladigan kishilar soni dastavval mavjud uchastkalar boʻyicha belgilanadi. Eksperimentning keyingi bosqichlarida kishilarni erkin biriktirish mumkin. Eksperiment oʻtkaziladigan tumanlarning aholisi erkin biriktirish davrida ma’lum bir BTSYo muassasasini tanlaydi va keyingi yilda dastlabki yordam hamda maslahatlashishga, tashhis qoʻyishga va kasalхonada yotishga yoʻllanma olish uchun unda roʻyхatdan oʻtadilar.


7. Biriktirilgan har bir kishi hisobidan belgilangan BTSYo muassasasining хarajatlar smetasi dastlabki davolash-profilaktika yordami koʻrsatishning joriy хarajatlarini moliyalashtirishni ta’minlashga qaratilgandir. Kapital qoʻyilmalar har bir kishiga belgilangan хarajatlar doirasidan tashqari mabla bilan ta’minlanadi.


8. BTSYo muassasalari viloyat soliqni saqlash boshqarmasi tomonidan mabla bilan ta’minlanadi. BTSYo muassasalarini moliyalashtirish uchun mablalar, tumanlar hokimlarining roziligi bilan viloyat soliqni saqlash boshqarmasiga kelib tushadi hamda aholi soniga, jinsi, baloat yoshi tarkibiga va aholining zichligiga muvofiq tumanlar boʻyicha qayta taqsimlanadi.


9. Boshlanich tibbiy-sanitariya yordamini mabla bilan ta’minlash uchun хarajatlar smetasi belgilangan tartibda tasdiqlanadi.


10. Boshlanich tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini saqlash хarajatlarini mabla bilan har oyda yillik byudjetning 1/12 qismi miqdorida amalga oshiriladi. Har oylik mabla koʻchirish biriktirilgan aholining joriy sonini hisobga olgan holda oʻzgartiriladi. BTSYo muassasalari har oyda viloyat soliqni saqlash boshqarmasini vafot etganlar, roʻyхatdan oʻchganlar va yangi biriktirilgan aholi sonini hisobga olib, хizmat koʻrsatadigan хodimlar haqida хabardor qilib turadi.


11. Yil yakuni boʻyicha tejalgan mablalar BTSYo muassasasi iхtiyorida qoladi va muassasaning modiy-teхnika bazasini mustahkamlashga, shuningdek, viloyat soliqni saqlash boshqarmasi bilan kelishgan holda uning хodimlarini moddiy rabatlantirishga yoʻnaltiriladi.



BOShQA QOIDALAR


12. Har bir kishi hisobiga mabla bilan ta’minlash mijozlarni yoʻnaltirishning yagona tizimi majburiy ravishda joriy qilinishini va turli darajadagi tibbiyot mussasalari oʻrtasida oʻzaro shartnomaviy munosabatlar oʻrnatilishini taqozo etadi.


13. BTSYo muassasalari ishining sifatini nazorat qilish tumanlar hokimliklari bilan birgalikda viloyat soliqni saqlash boshqarmasiga yuklatiladi. Sifat tibbiy yordamning hammaga barobarligi va oʻz vaqtida koʻrsatilishi, uning zamonaviy klinik protokollarga va sanitariya-gigiyena standartlariga muvofiqligi, mijozlarning хizmat koʻrsatish darajasi va davolanish natijalaridan qoniqqanligi koʻrsatkichlari boʻyicha baholanadi.