Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 04.05.2005 y. PF-3603-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

04.05.2005 y.

N PF-3603



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT MULKI QOʻMITASINING

NOMINI OʻZGARTIRISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 30 apreldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻrisida"gi PF-3602-sonli Farmoni qabul qilinishi munosabati bilan hamda davlat boshqaruvi organlari oʻrtasida vazifalar, funksiya va vakolatlar aniq belgilab qoʻyilishini ta’minlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining nomi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi (Davlat mulki qoʻmitasi) deb oʻzgartirilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgarishlar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari mazkur Farmonga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.


3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                           I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 17-18-son, 128-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2005 yil, 5-son, 183-modda