Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.03.2004 y. 139-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.03.2004 y.

N 139



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT

GEOLOGIYa VA MINERAL RESURSLAR QOʻMITASI

FAOLIYaTINI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2003 yil 9 dekabrdagi PF-3358-son Farmoniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining asosiy vazifalari etib belgilansin:

yer osti boyliklarini geologik oʻrganish, ulardan foydalanish va ularni qoʻriqlash, mineral-хom ashyo bazasini takroriy ishlab chiqarish sohasida yagona davlat siyosatini roʻyobga chiqarish, kon munosabatlari sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish;

yer osti boyliklarini geologik oʻrganish, konlarni prognoz qilish va aniqlash boʻyicha ishlarni tashkil etish, foydali qazilmalar resurslarini (uglevodorodlar bundan mustasno) geologik-iqtisodiy baholash, yer osti boyliklari uchastkalaridan foydali qazilmalarni qazib chiqarish bilan boliq boʻlmagan maqsadlarda foydalanish imkoniyatini asoslash;

oʻz vakolatlari doirasida davlat yer osti boyliklari fondini va davlat tosh geologik materiallari fondini, shuningdek alohida qoʻriqlanadigan geologik ob’yektlarni davlat tomonidan boshqarish;

Oʻzbekiston hududini geologik oʻrganish bilan boliq ishlarni (uglevodorodlar boʻyicha ishlar bundan mustasno) muvofiqlashtirish.


2. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisiga хodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Davlat qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaхiralari boʻyicha davlat komissiyasi toʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin, shuningdek ayrimlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                               I. Karimov




Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 25 martdagi

139-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan,

shuningdek oʻzgartirishlar kiritilayotgan qarorlari

ROʻYXATI


I. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston SSJ Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasini tashkil etish toʻrisida" 1991 yil 10 maydagi 125-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1991 y., 5-son, 15-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Davlat geologiya qoʻmitasining neft va gazni geologik-qidiruv hamda izlash ishlarini amalga oshiruvchi korхonalarini "Oʻzbek neftgaz" milliy korporatsiyasi tarkibiga oʻtkazish toʻrisida" 1995 yil 3 yanvardagi 2-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 1996 yil 9 dekabrdagi 435-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996 y., 12-son, 34-modda).



II. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

OʻZGARTIRIShLAR


1. Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 13 yanvardagi 19-son qarori bilan tasdiqlangan Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish, yer qa’rini geologik oʻrganish va mineral resurslardan oqilona foydalanish ustidan davlat tekshiruvi va nazorati oʻrnatish toʻrisidagi nizomda:

3-bandning toʻrtinchi хatboshidagi "va uning hududiy boʻlimlari" soʻzlari chiqarib tashlansin;

6-bandda:

birinchi хatboshidagi "Yer qa’rini geologik oʻrganish va mineral resurslardan oqilona foydalanish ustidan davlat nazorati (davlat geologiya nazorati boʻlimi) boʻlimi boshlii" soʻzlari "Davlat geologiya nazorati boshqarmasi boshlii" soʻzlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi va uchinchi хatboshidagi "boʻlim" soʻzi "boshqarma" soʻzi bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi хatboshi chiqarib tashlansin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Davlat va хoʻjalik boshqaruvi respublika organlarining boshqaruv хodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish toʻrisida" 2004 yil 5 yanvardagi 1-son qaroriga 3-ilovaning "V. Yoqili-energetika kompleksi boʻlimida" 52-bandning 6-satrida "41" raqami "45" raqami bilan, "564,5" raqami "560,5" raqami bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 12-son, 143-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2004 y., 3-son, 34-modda.