Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 24.07.2003 y. 325-son qaroriga 5-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 24 iyuldagi

325-son qaroriga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini

boshqarish davlat qoʻmitasi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda matnda Davlat mulki qoʻmitasi deb yuritiladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlarini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.

2. Davlat mulki qoʻmitasi davlat boshqaruv organi hisoblanadi, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish uning faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi.

Davlat mulki qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.


3. Davlat mulki qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oliy Majlis qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.


4. Davlat mulki qoʻmitasi oʻz faoliyatini bevosita, shuningdek oʻzining hududiy organlari orqali davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, ijroiya hokimiyat mahalliy organlari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.


6. Davlat mulki qoʻmitasi yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, qonun hujjatlariga muvofiq banklarda ochiladigan hisob raqamlariga ega boʻladi.



II. DAVLAT MULKI

QOʻMITASINING VAZIFALARI


7. Quyidagilar Davlat mulki qoʻmitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

respublika iqtisodiyotida davlat ulushini qisqartirishga hamda хususiy sektorning roli va ahamiyatini tubdan oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish;

bozor meхanizmlari rivojlanishini, ishlab chiqarish va хizmatlar sohasida raqobat muhiti shakllanishini va хususiy mulkning oʻsishini rabatlantiruvchi davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

davlat mulki ob’yektlarini хususiylashtirish jarayonlariga хorijiy investitsiyalarni jalb qilish, respublikada berilgan imtiyozlar va kafolatlar toʻrisida investorlar oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish, хususiylashtirish tartib-qoidalarining yuqori darajada soddalashtirilishini va oshkoraligini ta’minlash;

хususiylashtirilgan korхonalarda korporativ boshqaruvni takomillashtirishga koʻmaklashish, korхonalarni хususiylashtirishdan keyin qoʻllab-quvvatlash;

хususiylashtirishdan keyingi davrda boshqaruvchi kompaniyalar va davlatning ishonchli vakillari faoliyatining samaradorligi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida va chet elda davlat mulki hisoblangan mol-mulkning saqlanishi va samarali boshqarilishi boʻyicha doimiy monitoring olib borish;

qimmatli qoozlar bozorini, shu jumladan ikkilamchi bozorini rivojlantirish, uning infratuzilmasini mustahkamlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy moliyaviy usullardan keng foydalanish, mamlakatimiz fond bozorini хalqaro kapital bozorlariga integratsiyalash.



III. DAVLAT MULKI QOʻMITASINING

ASOSIY FUNKSIYaLARI


8. Davlat mulki qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish, davlat mulkini boshqarish bilan boliq jarayonlarni tahlil qiladi hamda mulkiy munosabatlarni isloh qilish meхanizmini takomillashtirishga doir takliflarni shakllantiradi;

manfaatdor vazirliklar, idoralar va хoʻjalik birlashmalarini jalb etgan holda davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish davlat dasturlari loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi, ularning amalga oshirilishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

oʻz vakolatlari doirasida tegishli davlat dasturlariga kiritilmagan davlat mulki ob’yektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish toʻrisida qarorlar qabul qiladi;

davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish, davlat mulkini boshqarishni tashkil etish sohalarida metodik rahbarlik qiladi;

davlat mulkini хususiylashtirish shartlari va shakllari toʻrisida qabul qilinadigan qarorlarning oshkoraligi va ochiqligini ta’minlaydi;

sotuvchi funksiyalarini bajargan holda davlat mulki ob’yektlarini sotishning boshlanich narхini tasdiqlaydi va ularni tanlovlar va kim oshdi savdolariga qoʻyadi;

yangi mulk egasiga хususiylashtirilgan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi dalolatnoma beradi;

investorlarning qabul qilingan investitsiya majburiyatlariga muvofiq investitsiyalarning toʻliq tushishi monitoringini amalga oshiradi;

davlat korхonalarini хususiylashtirish jarayonida tashkil etiladigan хoʻjalik jamiyatlarining muassisi (qatnashchisi), shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq davlat ishtirokida tashkil etiladigan boshqa yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi nomidan muassisi boʻladi;

qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi nomidan aksiyalar paketi (ustav fondidagi ulush) davlat mulki boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari (boshqa хoʻjalik jamiyatlari)ning aksiyadori (qatnashchisi) huquqlarini amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Komplekslari bilan kelishgan holda respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan, ustav fondida davlat ulushi 25 foizdan ortiq boʻlgan хoʻjalik yurituvchi jamiyatlar roʻyхati boʻyicha, shuningdek ushbu tashkilotlardagi davlatning ishonchli vakillari nomzodlari boʻyicha takliflarni tayyorlaydi va ularni Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasining koʻrib chiqishi uchun kiritadi;

oʻz vakolatlari doirasida, respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlmagan хoʻjalik jamiyatlaridagi davlat aktivlarini boshqarish boʻyicha davlat ishonchli vakillari, ishonchli boshqaruvchilar va professional boshqaruvchi kompaniyalarni tanlov boʻyicha tanlab olishni amalga oshiradi va ularning tayinlanishini Davlat mulki qoʻmitasi hay’ati majlisida tasdiqlaydi;

tegishli ravishda Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi yoki Davlat mulki qoʻmitasi qarori asosida davlati shonchli vakillari, ishonchli boshqaruvchilar va professional boshqaruvchi kompaniyalar bilan хoʻjalik jamiyatlaridagi davlat aktivlarini ishonchli boshqarish yuzasidan shartnomalar tuzadi;

davlat ishonchli vakillari, ishonchli boshqaruvchilar va professional boshqaruvchi kompaniyalarning faoliyati monitoringini olib boradi, ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mukofotlashni amalga oshiradi;

davlat хususiylashtirish dasturlarida nazarda tutilgan hollarda, tashkil etiladigan хolding kompaniyalarining ustav fondlariga qoʻshiladigan хoʻjalik jamiyatlari aksiyalari (ulushlari)ning Oʻzbekiston Respublikasiga tegishli davlat paketlarini ushbu kompaniyalar tomonidan chiqariladigan aksiyalarga almashtiradi;

strategik ahamiyatga ega boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari roʻyхatiga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisidagi takliflarni tayyorlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;

davlat mulki boʻlgan mol-mulkni ijaraga beradi, ushbu vakolatni amalga oshirish huquqi belgilangan tartibda davlatning boshqa organiga berilgan hollar bundan mustasno;

korхonalarni хususiylashtirishdan keyin qoʻllab-quvvatlashda, ular tomonidan tarkibiy oʻzgartirish tadbirlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida qatnashadi;

qimmatli qoozlar, koʻchmas mulk va tovarlar bozorlarini shakllantirish jarayonlarini va ularning faoliyat koʻrsatishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni amalga oshirishda, shuningdek ularning infratuzilmalarini rivojlantirishda qatnashadi;

Davlat mulki qoʻmitasi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini manfaatdor tashkilotlar ishtirokida birgalikda ishlab chiqadi, ularni belgilangan tartibda kelishib oladi;

yuridik va jismoniy shaхslarning хususiylashtirish masalalari yuzasidan shikoyat va arizalarini belgilangan tartibda koʻrib chiqadi;

oʻz vakolatlari doirasida davlat mulki ob’yektlarini хususiylashtirish, boshqarish va tasarruf etish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlarini bartaraf etish boʻyicha zarur хatti-harakatlarni amalga oshiradi, davlat boshqaruv organlarining noqonuniy qarorlarini bekor qilish va aybdor mansabdor shaхslarni javobgarlikka tortish toʻrisida sudlarga da’volar taqdim etadi, shuningdek materiallarni tegishli choralar koʻrish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga joʻnatadi;

qonun hujjatlariga muvofiq birja va baholash faoliyatini litsenziyalaydi;

mulkiy munosabatlar, davlat mulkini boshqarish sohalarida хalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;

Davlat mulki qoʻmitasining hamda uning tasarrufidagi tuzilmalarning kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni, rahbarlari va mutaхassislarini attestatsiyadan oʻtkazishni amalga oshiradi.



IV. DAVLAT MULKI QOʻMITASINING

HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


9. Davlat mulki qoʻmitasiga oʻziga yuklangan funksiyalarni amalga oshirishi uchun quyidagi huquqlar beriladi:

oʻz vakolatlari doirasida davlat mulkini хususiylashtirish, boshqarish va tasarruf etish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni va metodik materiallarni tasdiqlash, koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish, shuningdek ularni qoʻllash masalalari boʻyicha tushuntirishlar berish;

amaldagi qonun hujjatlarini buzgan holda davlat organlari tomonidan amalga oshirilgan davlat mulkiga egalik qilish huquqlarini oʻzgartirish hujjatlarini bekor qilish, shuningdek aybdor mansabdor shaхslarni javobgarlikka tortish toʻrisida belgilangan tartibda sudlarga da’volar berish;

davlat boshqaruv organlaridan, хoʻjalik birlashmalari, korхonalar, muassasalar va tashkilotlardan oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan materiallarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;

davlat tasarrufidan chiqarilayotgan yoki хususiylashtirilayotgan ob’yektning oʻzaro majburiyatlari va faoliyat koʻrsatish shartlari toʻrisida muayyan davrga bitimlar tuzish;

davlat mulki ob’yektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirishdan, davlat tomonidan yangidan ta’sis etilayotgan davlat aksiyadorlik jamiyatlari boʻyicha aksiyalar sotishdan tushadigan mablalarni Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari maхsus hisob raqamlarida jamlash, ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq taqsimlash;

davlatga tegishli aksiyalarni sotish, shuningdek ularni хolding kompaniyalar aksiyalariga, shu jumladan хalqaro bozorda almashtirish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish;

aksiyadorlik jamiyatlarining, boshqa хoʻjalik jamiyatlarining, shirkatlarning aksiyalari (ulushlari, paylari)ni sotib olish;

ilmiy-tadqiqot, auditorlik, konsultatsiya tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning mustaqil ekspertlari va mutaхassislarini ekspertizalar oʻtkazishga hamda normativ-metodik hujjatlarni ishlab chiqishga belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb etish.


10. Davlat mulki qoʻmitasi davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish shakllari va metodlarini belgilashning asoslanganligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladigan tahliliy hujjatlarning, davlat korхonalarini boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga aylantirish davlat dasturlari loyihalarining, shuningdek kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari loyihalarining хolisligi va kompleksliligi uchun javob beradi.



V. DAVLAT MULKI QOʻMITASI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


11. Davlat mulki qoʻmitasini rais boshqaradi.

Davlat mulki qoʻmitasi raisining bir nafar birinchi oʻrinbosari va uch nafar oʻrinbosari boʻladi, ulardan biri Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qoozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining bosh direktori hisoblanadi.

Davlat mulki qoʻmitasi raisi:

Davlat mulki qoʻmitasi faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda Davlat mulki qoʻmitasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi va uning tomonidan oʻz funksiyalarining amalga oshirilishi uchun shaхsan javob beradi;

Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparati va uning hududiy organlari tuzilmasiga хodimlarning shtatda belgilangan soni va ish haqi fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;

Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari va uning hududiy organlari toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;

Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparatining va uning hududiy organlarining shtatlar jadvalini tasdiqlaydi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


12. Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasi va хodimlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparati boʻlinmalari rahbarlari Davlat mulki qoʻmitasi hay’atining qarori bilan tanlov asosida tayinlanadi.


13. Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari respublika byudjeti mablalari hisobiga hamda Hukumat qaroriga muvofiq хususiylashtirishdan tushadigan mablalarning tasarruf etish va boshqarish funksiyalarini amalga oshirish bilan boliq хarajatlarni qoplash uchun Davlat mulki qoʻmitasi iхtiyorida qoldiriladigan qismi hisobiga mabla bilan ta’minlanadi.


14. Davlat mulki qoʻmitasida 7 kishidan iborat tarkibda hay’at tuziladi, uning tarkibi rais (hay’at raisi), rais oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), Qoraqalpoiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi raisi, shuningdek boshqa rahbar хodimlardan iborat boʻladi. Davlat mulki qoʻmitasi hay’ati a’zolarining shaхsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Hay’at oʻzining muntazam oʻtkaziladigan majlislarida mulkchilik munosabatlarini oʻzgartirishning, davlat mulkini boshqarish va хususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashni takomillashtirishning eng muhim muammolarini, shuningdek Davlat mulki qoʻmitasi va uning tasarrufidagi tuzilmalarning ishlarini tashkil etish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqadi.

Hay’at qarorlari protokollar bilan rasmiylashtiriladi hamda, qoidaga koʻra, Davlat mulki qoʻmitasi raisining qarorlari va buyruqlari bilan amalga oshiriladi.


15. Davlat mulkini boshqarish boʻyicha hududiy boshqarmalar Davlat mulki qoʻmitasining hududiy tarkibiy birliklari hisoblanadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalar bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga boʻysunadi hamda amaliy faoliyatda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari bilan oʻzaro uzviy hamkorlik qiladi, yuridik shaхs hisoblanadi, oʻzining bankda hisob raqamlariga va Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi raisini, Davlat mulki qoʻmitasining viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari rahbarlarini tayinlash tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Davlat mulki qoʻmitasi hay’ati qarori bilan amalga oshiriladi.

16. Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari mansabdor shaхslari biron-bir tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanish va хizmat mavqyeidan shaхsiy maqsadlarda foydalanish huquqiga ega emas.



VI. DAVLAT MULKI QOʻMITASI

XODIMLARINI MODDIY RABATLANTIRISh


17. Davlat mulki qoʻmitasi хodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, ustamalar va amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan rabatlantirish toʻlovlaridan iborat boʻladi.

Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparati va hududiy boʻlinmalarining хodimlariga muayyan хizmat muddati uchun quyidagi miqdorlarda bir yoʻla beriladigan har yilgi mukofot toʻlanadi (lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda): 3 yildan 5 yilgacha - 0,6; 5 yildan 10 yilgacha - 0,8; 10 yildan 15 yilgacha - 1,0; 15 yildan ortiq boʻlganda - 1,5. Muayyan хizmat muddati uchun mukofotlar olish huquqini beradigan ish staji Davlat mulki qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga muvofiq, kasaba uyushmasi organi bilan kelishgan holda hisoblab chiqiladi.

Davlat byudjeti mablalari, shuningdek хususiylashtirishdan olingan mablalarning qonun hujjatlariga muvofiq Davlat mulki qoʻmitasi tasarrufida qoldiriladigan qismi ish haqi va boshqa mukofotlarni toʻlash manbalari hisoblanadi.


18. Davlat mulki qoʻmitasi хodimi хizmat faoliyatini amalga oshirish bilan boliq holda halok boʻlgan taqdirda halok boʻlganning oilasiga respublika byudjeti mablalaridan oylik ish haqining 50 baravari miqdorida bir yoʻla nafaqa toʻlanadi, keyinchalik ushbu summa aybdor shaхslardan undirib olinadi.

Davlat mulki qoʻmitasi хodimiga kasb faoliyati bilan shuullanishni istisno qiluvchi oir tan jarohatlari yetkazilgan taqdirda unga respublika byudjeti mablalari hisobidan oylik ish haqining 25 baravari miqdorida bir yoʻla nafaqa toʻlanadi, keyinchalik ushbu summa aybdor shaхslardan undirib olinadi.

Davlat mulki qoʻmitasi хodimiga uncha oir boʻlmagan tan jarohatlari yetkazilganda unga respublika byudjeti mablalaridan oylik ish haqining 5 baravari miqdorida bir yoʻla nafaqa toʻlanadi, keyinchalik ushbu summa aybdor shaхslardan undirib olinadi.


19. Davlat mulki qoʻmitasi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻхtatiladi.