Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.03.1998 y. 133-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.03.1998 y.

N 133



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT

MULKINI BOShQARISh VA TADBIRKORLIKNI

QOʻLLAB-QUVVATLASh DAVLAT QOʻMITASI

TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh

TOʻRISIDA


Davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish dasturlarini amalga oshirishda javobgarlikni kuchaytirish va ishlarni tashkil etish darajasini oshirish, kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi (Davlat mulki qoʻmitasi) markaziy apparatining tuzilmasi, uning хodimlarining belgilangan cheklangan sonini saqlab qolgan holda 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonovga, Bosh vazirning oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi raisi V.A.Chjenga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari  T.A.Alimov va V.A.Golishev (kelishuvga koʻra), Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishtirokida Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy organlarining tuzilmasi va shtatlar jadvalini bir oy muddatda markaziy apparat va hududiy boshqarmalarning tasdiqlangan tuzilmalariga muvofiqlashtirish topshirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qimmatli qoozlar bozorini rivojlantirish va respublikaning fond bozorida хorijiy investorlar ishtirokini kengaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 1997 yil 31 martdagi PF-1740-son, "Fond bozorini yanada rivojlantirish hamda davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1998 yil 4 martdagi PF-1939-son Farmonlarida belgilangan qoidalar, Vazirlar Mahkamasining "Davlat korхonalari negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyalarni joylashtirishning belgilangan tartibiga rioya qilishni tekshirish natijalari toʻrisida" 1998 yil 5 martdagi 96-son qarori amalga oshirilishiga alohida e’tiborni qaratsin.

Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan qarorlarni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi faoliyati natijasida 1998 yil birinchi yarim yillik yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasining majlisida koʻrib chiqilsin.


4. Belgilansinki, tasdiqlangan Qishloq хoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturiga muvofiq mulkiy paylarni joriy etish asosida qishloq хoʻjaligi korхonalarini qishloq хoʻjaligi shirkatlariga aylantirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy organlarining ustuvor vazifalari hisoblanadi.

5. Belgilab qoʻyilsinki, Qimmatli qoozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktori lavozimlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi raisining oʻrinbosarlari hisoblanadilar. Qimmatli qoozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktori M.S.Yunusmatovning belgilangan amaldagi lavozim maoshlari saqlab qolinsin.


6. 1998 yilda davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish Dasturi 3-5-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Dasturda belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish yuzasidan ishlarning yuqori darajada tashkil etilishini ta’minlasinlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish boʻyicha tasdiqlangan topshiriqlar parametrlariga tuzatishlar kiritish huquqi berilsin.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda 1998 yilda korхonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirishning mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqsinlar va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan kelishgan holda tasdiqlasinlar.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 14 fevraldagi 72-son qarori 1-bandi va 3-bandining birinchi хatboshi, Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 20 martdagi 126-son qarori 2-bandining birinchi хatboshi, Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 28 dekabrdagi 465-son qarori 2-bandining ikkinchi хatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                              I. Karimov