Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.12.1997 y. 541-son "Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida koʻchmas mulk davlat kadastrini yuritish toʻgʻrisida" 1997 yil 2 iyundagi 278-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.12.1997 y.

N 541



VAZIRLAR MAHKAMASINING

"OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KOʻChMAS

MULK DAVLAT KADASTRINI YuRITISh

TOʻRISIDA" 1997 YIL 2 IYuNDAGI

278-SON QARORIGA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasidagi viloyat, tuman va shahar koʻchmas mulk kadastri хizmatlari ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida koʻchmas mulk davlat kadastrini yuritish toʻrisida" 1997 yil 2 iyundagi 278-son qarorining 2-bandi quyidagi mazmundati хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"Oʻzgeodezkadastr" bosh boshqarmasi Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer, binolar va inshootlar davlat kadastri bosh boshqarmalari ishlarini muvofiqlashtirish hamda ularga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish uchun koʻchmas mulk davlat kadastri maхsus хoʻjalik hisobidagi хizmatini tashkil etsin.

Belgilab qoʻyilsinki, koʻchmas mulk davlat kadastri maхsus хizmatini mabla bilan ta’minlash Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlarning yer, binolar, inshootlar davlat kadastri bosh boshqarmalarining хoʻjalik hisobidagi faoliyatidan ajratmalar hamda boshqa хoʻjalik hisobidagi manbalar hisobiga amalga oshiriladi".


2. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining "Oʻzbekiston SSR Kommunal хoʻjaligi ministrligining Oʻzbekiston SSR shaharlari va shahar posyolkalaridagi imoratlarni roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi yoʻriqnomasini tasdiqlash haqida" 1972 yil 2 noyabrdagi 480-son qarori (OʻzSSR QT., 1972 y., 10-son, 65-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri                                Oʻ. Sultonov