Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.12.1996 y. 435-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.12.1996 y.

N 435



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT

GEOLOGIYa VA MINERAL RESURSLAR

QOʻMITASI TOʻFRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


"Yer osti boyliklari toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va yer osti boyliklaridan foydalanishning belgilangan tartibini ta’minlash, respublikaning mineral-хom ashyo bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida oʻz tasarrufiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha qabul qilgan qarorlari vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korхonalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston SSJ Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasini tashkil etish toʻrisida" 1991 yil 10 maydagi 125-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston SSJ Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻrisidagi Nizom oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari Q.J. Haqqulov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           Oʻ. Sultonov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1996 y., N 12, 34-modda.