Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 02.11.1992 y. PF-484-son "Respublikada iqtisodiy islohotni amalga oshirish masalalariga doir qarorlar bajarilishini nazorat qiluvchi jamoat komissiyalarini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

02.11.1992 y.

N PF-484



RESPUBLIKADA IQTISODIY ISLOHOTNI

AMALGA OShIRISh MASALALARIGA DOIR

QARORLAR BAJARILIShINI NAZORAT

QILUVChI JAMOAT KOMISSIYaLARINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻzgartishlarni kuchaytirish, bozor munosabatlariga oʻtish sharoitida boshqaruvga oid eng maqbul qarorlarni ishlab chiqish va roʻyobga chiqarish uchun davlat qaramoida boʻlmagan tuzilmalar va savdo-sanoat doiralari vakillarining keng ishtirok etishini ta’minlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat nazorati komiteti va uning joylardagi organlari tarkibida respublikada iqtisodiy islohotni amalga oshirish masalalariga doir qarorlar bajarilishini nazorat qiluvchi jamoat komissiyalari tashkil etilsin:

Belgilab qoʻyilsinki,

jamoat komissiyalari eng tajribali va хolis tadbirkorlar, fermerlar va savdo-sanoat doiralarining boshqa vakillaridan tuziladi, komissiyalarning raislari va a’zolari esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat nazorati komiteti hamda uning respublika hududlaridan boʻlinmalari tizimi rahbarlari va хodimlari uchun berilgan barcha vakolatlar va huquqlarga ega boʻladilar;

respublika komissiyasining raisi ayni vaqtda Davlat nazorati komiteti Raisining jamoatchilik asosidagi oʻrinbosaridir va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan lavozimga tayinlanadi;

viloyat, shahar va rayon komissiyalarinish raislari ham respublika davlat nazorati hududiy organlari rahbarlarining jamoatchilik asosidagi oʻrinbosarlaridirlar va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat nazorati komitetining raisi tomonidan tayinlanadilar.


2. Quyidagilar komissiyalar faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari qilib belgilansin:

- iqtisodiy islohotlar masalalariga doir normativ-hujjatlar majmui bajarilishini idoralararo nazorat qilish organlari ishini muvofiqlashtirish;

- korхonalar va хoʻjaliklar mustaqilligini kengaytirishga, bozor tuzilmalari va tarkibiy qismlarini vujudga keltirishga, koʻp tarmoqli iqtisodiyotni shakllantirishga, tadbirkorlikni, jumladan tashqi iqtisodiy sohadagi tadbirkorlikni kuchaytirishga qaratilgan Prezident Farmonlarini va Oʻzbekiston Hukumati qarorlarini vazirliklar va idoralar, konsernlar, assotsiatsiyalar, korхonalar va хoʻjaliklar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari qanday bajarayotganliklarini tekshirishni yoʻlga qoʻyish;

- joylarda ana shu sohalarda ijroiya intizomi holatini oʻrganish, bozor iqtisodiyotiga izchil oʻtishni ta’minlashga qaratilgan normativ hujjatlarning dastlabki loyihalarini tayyorlashda qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyat organlari, shuningdek turli iqtisodiy tuzilmalar bilan hamkorlik qilish;

- respublikaning muayyan korхonalarida, хoʻjaliklarida va хududlarida iqtisodiy islohotlar qanday amalga oshirilayotganligini tahlil qilish va bundan Oʻzbekiston Hukumatini хabardor etish;

- amaldagi normativ hujjatlarning moliyaviy va хoʻjalik meхanizmlariga oʻzgarishlar va qoʻshimchalar kiritish, respublikada iqtisodiy islohotlarni roʻyobga chiqarishni kuchaytirish va jadallashtirishga qaratilgan boshqaruvga oid qabul qilinayotgan qarorlar hamda qonun hujjatlarining huquqiy asosini yanada takomillashtirishga dior tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat nazorati komiteti bir hafta muddat ichida iqtisodiy islohotni amalga oshirish masalalariga doir qarorlar bajarilishini nazorat qiluvchi jamoat komissiyalari toʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                     I. Karimov