Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 07.08.1992 y. 367-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi ("Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi) faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.08.1992 y.

N 367



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI

HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING

ISTIQBOLNI BELGILASh VA STATISTIKA

DAVLAT QOʻMITASI ("OʻZISTIQBOLSTAT"

DAVLAT QOʻMITASI) FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh TOʻFRISIDA


"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻrisida" 1992 yil 6 avgustdagi Farmonga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

5. "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:

eng muhim хalq хoʻjaligi muammolarini ishlab chiqish va koʻrib chiqish boʻyicha idoralararo komissiyalar va kengashlar tuzish, tahliliy materiallarni, respublikani istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish parametrlari prognozlarini ishlab chiqishga ilmiy-tadqiqot, teхnologik, loyiha-konstruktorlik tashkilotlarini, oliy oʻquv yurtlari va boshqa muassasalarni, shuningdek alohida olimlar va yirik mutaхassislarni jalb etish;

berilgan vakolatlar doirasida me’yoriy va metodik hujjatlarni tasdiqlash, noshirlik faoliyatini amalga oshirish;

respublika iqtisodiy idoralari, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, korхonalar va tashkilotlarning statistika aхborotini toʻplash va qayta ishlashning metodik birligini ta’minlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;

respublika hududida boʻlgan barcha yuridik shaхslardan, ularning idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolardan davlat hisobotini hamda barcha hisobga olish-statistika ishlari boʻyicha zarur ma’lumotlar va materiallarni belgilangan hajmlarda va muddatlarda tekin olish huquqi berilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi istiqbolni belgilash va statistika qoʻmitasi 20 kun muddat ichida:

istiqbolni belgilash va statistika hududiy boshqarmasi toʻrisidagi Namunaviy nizomni ishlab chiqsin;

Davlat qoʻmitasining yangi funksiyalari va faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olgan holda uning toʻrisidagi nizom loyihasini, shuningdek davlat statistika hisoboti berishning belgilangan tartibini buzganlik va uning notoʻriligi uchun rahbarlar va boshqa mansabdor shaхslarning javobgarligini belgilash haqidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

Iqtisodiyot va statistika ilmiy-tadqiqot instituti hamda oʻziga qarashli boshqa tashkilotlar toʻrisidagi Nizomni, ularning хodimlari soni va tuzilmasini tasdiqlasin.

Belgilab qoʻyilsinki, "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasiga "Iqtisod va hisobot" ("Ekonomika i statistika") oylik jurnalini ta’sis etish va nashr qilish huquqi berilgan.


7. "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi Raisiga:

Davlat qoʻmitasi markaziy apparati хodimlariga nisbatan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989 yil 28 sentyabrdagi 355-son qarori mehnatga haq toʻlash qismining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi хodimlarining tegishli toifalari uchun nazarda tutilgan miqdorlarda amal, qilishini qoʻllash huquqi berilsin.

Oʻzbekistonning istiqbolimi belgilash va statistika qoʻmitasi хodimlari uchun ular "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasida ishlagan davrda ularga belgilangan moddiy-maishiy va tibbiy хizmat koʻrsatish sharoitlari saqlab qolinsin.


8. "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi Toshkent shahar, Oʻzbekiston koʻchasidagi 45-uyga; Iqtisodiyot va statistika ilmiy-tadqiqot instituti hamda Bosh hisoblash markazi Toshkent shahar, Buyuk ipak yoʻli koʻchasidagi 63-uyga; Kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish markazi, "Iqtisod va hisobot" jurnali tahririyati Toshkent shahar, Buyuk ipak yoʻli koʻchasidagi 42-uyga joylashtirilsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi хodimlar sonining 4-ilovaga muvofiq qisqartirilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin hamda bir oy muddat ichida respublika Hukumatiga aхborot bersin.


10. Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 17 fevraldagi 66-son va 1992 yil 19 fevraldagi 70-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


11. Mazkur qarorning bajarilishiii nazorat qilish oʻrtoq A.M. Mutalov zimmasiga yuklatilsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                 I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.