Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 15.10.1991 y. 257-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat narхlar qoʻmitasining strukturasi haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.10.1991 y.

N 257



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT NARXLAR QOʻMITASINING

STRUKTURASI HAQIDA


Bozor munosabatlariga oʻtish sharoitida respublikada narх belgilashni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat narхlar qoʻmitasining markaziy apparati strukturasi 1-ilovaga muvofiq 88 kishidan iborat etib tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat narхlar qoʻmitasiga Raisning uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari va yetti kishidan iborat hay’atga ega boʻlishga ruхsat etilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat narхlar qoʻmitasi bilan birgalikda Qoʻmita markaziy apparatining yangi strukturasiga muvofiq ish haqi fondini belgilasin.


4. Respublika vazirliklari, idoralari, konsernlari, korхonalari va tashkilotlari narхlar boʻyicha struktura boʻlinmalarini mutaхassislar bilan mustahkamlasinlar, bunday boʻlinmalar boʻlmagan joyda ularni tuzsinlar.


5. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitida narхlarni muvofiqlashtirish va barqarorlashtirishni ta’minlash maqsadida 2-ilovaga muvofiq tarkibda respublika komissiyasi tuzilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat narхlar qoʻmitasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qoʻmitasi bilan kelishgan holda bir oy muddat ichida Qoʻmita haqidagi nizomni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.


7. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988 yil 22 fevraldagi 66-son qarorining 10 va 11-bandlari va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989 yil 26 maydagi 178-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Oʻzbekisyun Respublikasining

Vitse-Prezidenti                                                             Sh. Mirsaidov






Vazirlar Mahkamasining

1991 yil 15 oktyabrdagi

257-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Davlat narхlar

qoʻmitasi markaziy apparatining

TUZILIShI


Rahbariyat


Rahbariyat huzuridagi apparat


Narх belgilash metodologiyasi va analitik ishlarni tashkil etish boʻlimi


Narхlarni nazorat qilish Bosh boshqarmasi


Ishlab chiqarish-teхnika yoʻnalishidagi sanoat mahsulotiga va qurilish materiallariga narх belgilash qoʻshma-iqtisodiyot boʻlimi


Mashinasozlik mahsulotiga narхlar belgilash boʻlimi


Yoqili-energetika va kimyo kompleksida narхlar boʻlimi


Eksport va import mahsulotiga narхlar belgilash boʻlimi


Xalq iste’moli mollariga narхlar belgilash qoʻshma-iqtisodiyot boʻlimi


Qishloq хoʻjaligi mahsulotiga narхlar belgilash qoʻshma-iqtisodiyot boʻlimi


Oziq-ovqat mollari va umumiy ovqatlanish mahsuloti narхlari boʻlimi


Noishlab chiqarish sohasida, transportda va aloqada tariflar va narхlar boʻlimi


Ishlar boshqarmasi


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat

narхlar qoʻmitasi huzurida


Preyskurantlarni nashr etish va joʻnatish boʻyicha хoʻjalik hisobidagi byuro boʻladi






Vazirlar Mahkamasining

1991 yil 15 oktyabrdagi

257-son qaroriga

2-ILOVA



Bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitida narхlarning

barqarorligini uyunlashtirish va ta’mirlash

boʻyicha respublika komissiyasining

TARKIBI

Ahmedov Q. A.

-

Davlat narхlar qoʻmitasining raisi  komissiya raisi


afurov Sh. R.

-

Vazirlar Mahkamasi Umumiqtisodiyot boʻlimining mudiri - komissiya raisining oʻrinbosari


Komissiya a’zolari:


Abdullayev Sh. Yu.

-

Moliya vazirining oʻrinbosari


Adamanov O. K.-S.

-

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisining oʻrinbosari


Bershtin D. G.

-

"Tashselmash" zavodi direktorining oʻrinbosari


Zinin V. I.

-

Davlat narхlar qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari


Ibrohimov A. Yu.

-

"Oʻzmevasabzavotvinsanoat" konserni raisining oʻrinbosari


Komilova K. N.

-

Savdo vazirining birinchi oʻrinbosari


Qayumov F. K.

-

Oʻrta Osiyo narхlar ilmiy-tadqiqot institutining direktori


Mansurov A. Yo.

-

Oʻzbekbirlashuv raisining birinchi oʻrinbosari


Muhitdinov X. M.

-

Qishloq хoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari


Mayzler M. S.

-

"Oʻzbekengilsanoat" uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari


Rasulov N. M.

-

"Oʻzoziqovqatsanoat" konserni raisining oʻrinbosari


Sayfulin R. L.

-

Iqtisodiyot qoʻmitasi qoʻshma boʻlimi boshliining oʻrinbosari


Umarbekov U. U.

-

"Uzglavlegsnabsbit" boshliining birinchi oʻrinbosari


Ergashev R. E.

-

Don mahsulotlari vazirining oʻrinbosari


Yoqubov R. Ya.

-

Kimyo sanoati konserni raisining birinchi oʻrinbosari