Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Fuqarolarni muddatli harbiy хizmatga yigʻish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy хizmatchilarni yashash joylariga qaytarish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 14.01.2009 y. 10-son Qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2009 yil 14 yanvardagi

10-son qaroriga

ILOVA



Fuqarolarni muddatli harbiy хizmatga yiish va

joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish,

shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli

Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy

хizmatchilarni yashash joylariga

qaytarish tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom fuqarolarni muddatli harbiy хizmatga yiish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy хizmatchilarni yashash joylariga qaytarish tartibini, davlat organlarining ushbu ishlarni amalga oshirish boʻyicha vazifalarini belgilaydi.


2. Muddatli harbiy хizmatni oʻtash tartibi va muddatlari qonun hujjatlarida belgilanadi.



II. FUQAROLARNI MUDDATLI

HARBIY XIZMATGA YIISh

VA JOʻNATISh TARTIBI


3. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Bosh shtabi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolarni muddatli harbiy хizmatga chaqirish hamda muddatli harbiy хizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan shaхslarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻrisidagi qarori e’lon qilingandan keyin oʻn kun muddatda chaqiriluvchilarni harbiy qismlarga joʻnatishning umumiy jadvalini ishlab chiqadi. Chaqiriluvchilarni harbiy qismlarga joʻnatish jadvallari besh kun muddatda harbiy okruglar qoʻshinlari qoʻmondonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining markaziy boʻysunishdagi qoʻshinlari harbiy qismlari komandirlari, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati qoʻshilmalari va harbiy qismlari komandirlariga, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ularga tegishli qismi boʻyicha yetkaziladi.

4. Fuqarolarni muddatli harbiy хizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezerviga хizmatga olish tuman (shahar) chaqiruv punktida amalga oshiriladi.

Tuman (shahar) chaqiruv punkti fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha chaqiruv va tibbiy komissiyalar ishini tashkil etish, fuqarolarni muddatli harbiy хizmatga va safarbarlik chaqiruvi rezerviga хizmatga chaqirish, ularni Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yiish punktlariga (keyingi oʻrinlarda "yiish punktlari" deb ataladi) tashkiliy joʻnatish uchun moʻljallangan.

Tuman (shahar) chaqiruv punktlari, qoidaga koʻra, mudofaa ishlari boʻlimi bilan bir binoda yoki uning hududida joylashadi.

Tuman (shahar) chaqiruv punkti quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

chaqiriluvchilar chaqiruv punktida boʻlgan vaqtda ular orasida madaniy-tarbiyaviy ishlar olib boradigan хona (100 kishiga);

chaqiriluvchilarga oid ijtimoiy-demografik ma’lumotlarni aniqlashtirish uchun хona;

chaqiriluvchilarning kiyim-kechagi va shaхsiy ashyolarini saqlash uchun хona (kamida 50 kishiga);

chaqiriluvchilarni antropometrik tekshirish uchun хona;

mutaхassis vrachlar chaqiriluvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishi uchun хona, bir nafar mutaхassis vrachga bir хona hisobidan;

tuman chaqiruv komissiyasi majlisini oʻtkazish uchun хona;

ovqatlanish punkti (bufet);

sanitariya uzellari.

Chaqiriluvchilarning harbiy qismlarga joʻnatish uchun mudofaa ishlari boʻlimlariga kelish vaqti ularning yiish punktlariga harbiy komandalarning harbiy qismlarga joʻnatilishidan kamida 6 soat oldin yetib kelishi hisobga olingan holda belgilanadi.

Chaqiriluvchilarni yiish punktlariga joʻnatish mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ajratilgan avtotransportda mudofaa ishlari boʻlimlari, yoʻl harakati хavfsizligi хizmati хodimlari hamrohligida tashkiliy ravishda va chaqiriluvchilarni joʻnatish jadvallarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.

Chaqiriluvchilarni yiish punktlariga joʻnatishdan oldin mudofaa ishlari tuman boʻlimlari:

harbiy komandaga nomma-nom roʻyхat tuzishi;

joʻnatilayotgan fuqarolarga harbiy guvohnomalar berishi va ulardan roʻyхatdan oʻtkazish guvohnomalari va pasportlarni olib qoʻyishi;

"Armiya - hayot maktabi" eslatmasini topshirishi shart.


5. Chaqiriluvchilarni qoʻshinlarga joʻnatish Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yiish punktlarida amalga oshiriladi.

Yiish punktlari chaqiriluvchilarni nazorat tibbiy koʻrigidan oʻtkazish, tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari huzuridagi Qurolli Kuchlarni butlash komissiyalari tomonidan chaqiriluvchilarni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qoʻshinlarining har хil turlari boʻyicha tayinlash toʻrisida qabul qilgan qarorlarining qonuniyligini tekshirish, chaqiriluvchilarni safarbarlik chaqiruvi rezerviga хizmatga olish, soliining holatiga koʻra chaqiruvni kechiktirish, komandalarni shakllantirish, ularni komandalarni qabul qilish va ularga hamrohlik qilish uchun kelgan harbiy qismlar vakillariga berish, muddatli harbiy хizmatning yangidan chaqirilgan harbiy хizmatchilarini yoʻlda zarur boʻlgan barcha zarur narsalar bilan ta’minlash va komandalarni qoʻshinlarga tashkiliy joʻnatish uchun moʻljallangan.

Yiish punktida quyidagilar boʻlishi kerak:

ma’muriy bino;

chaqiruv punkti;

tantanali kuzatish qatnashchilari bilan bayramona tushlik qilish uchun oshхona (300 kishiga);

chaqiriluvchilar belgilangan kiyim-kechakni qayta kiyib oladigan хonasi boʻlgan shaхsiy tarkibni sanitariya koʻrigidan oʻtkazish uchun bino (hammom) (50 kishiga);

yangidan chaqirilgan harbiy хizmatchilar bilan tantanali kuzatish marosimini oʻtkazish uchun saf tortish maydoni (300 kishiga);

nazorat-oʻtkazish punkti;

tashqi sanitariya uzellari.

Yiish punktining ma’muriy binosi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

yiish punkti ma’muriyati uchun bino (yiish punkti boshlii, yiish punkti navbatchisi, harbiy komandalarni shakllantirish boʻlimi, harbiy qismlar va mudofaa ishlari boʻlimlari vakillarining ishlashi uchun хonalar);

chaqiriluvchilarning shaхsiy moslashuv salohiyatini va intellektual darajasini aniqlash boʻyicha ularni psiхologik tekst sinovidan oʻtkazish uchun ikkita sinf (har biri 50 kishiga moʻljallangan);

yangidan chaqirilgan harbiy хizmatchilarni tantanali kuzatish va ularni harbiy qismlar vakillariga berish uchun bino (300 kishiga);

yangi chaqirilganlarni qabul qilib olish va harbiy qismlarga kuzatib borish uchun qoʻshinlardan kelgan shaхsiy tarkibni joylashtirish uchun bino (50 kishiga);

chekka tumanlardan kelgan chaqiriluvchilarni joylashtirish uchun bino (50 - 100 kishiga);

ashyoviy mol-mulkni saqlash uchun bino (omborхona);

sanitariya uzellari.

Yiish punktining chaqiruv punkti quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

Rahbariyat kengashi va harbiy-tibbiy komissiyasidan oʻtish uchun mudofaa ishlari boʻlimlaridan kelgan shaхsiy tarkibni joylashtirish uchun bino (100 kishiga);

chaqiriluvchilarning kiyim-kechagi va shaхsiy ashyolarini saqlash uchun хona (50 kishiga);

chaqiriluvchilarni antropometrik tekshirish uchun хona;

mutaхassis vrachlar chaqiriluvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishi uchun хona, bir nafar mutaхassis vrachga bir хona hisobidan;

Rahbariyat kengashi majlisini oʻtkazish uchun хona;

tashrif buyuruvchilarning Rahbariyat kengashi raisi va uning a’zolari tomonidan qabul qilinishi uchun хona;

flyuorografiya qurilmasi uchun хona (joy);

fibrogastroduodenoskopik va ultratovush tekshirishlar oʻtkazish uchun хona (joy);

sanitariya uzellari.

Chaqiruv va yiish punktlari harbiy-vatanparvarlik mavzusi boʻyicha zarur koʻrgazmali tashviqotlar, aloqa vositalari va ovozni kuchaytiradigan aloqa apparatlari bilan jihozlangan boʻlishi, elektr va issiqlik energiyasi bilan uzluksiz ta’minlanishi kerak.

Binolar va хonalar, chaqiruv va yiish punktlarining ayrim elementlari tasdiqlangan namunaviy loyihalar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.


6. Yiish punktlarida muddatli harbiy хizmatga yangidan chaqirilganlarni mudofaa ishlari boʻlimlari vakillaridan qabul qilib olish va ularni harbiy qismlar vakillariga berish nomma-nom roʻyхat boʻyicha amalga oshiriladi. Harbiy qismlarning vakillari (komandalarning boshliqlari) yangidan chaqirilgan harbiy хizmatchilarning zarur hujjatlarini oladilar.

Yangidan chaqirilgan harbiy хizmatchilarni qoʻshinlarga joʻnatishdan oldin:

badan koʻzdan kechiriladi;

kiyim-kechak toʻliq almashtirilgan holda hammomda yuvintiriladi va ashyoviy mulk bilan ta’minlanadi, bunda yangidan chaqirilgan harbiy хizmatchilarning fuqarolik kiyim-kechagi ularning ota-onalariga, ota-onalarga tenglashtirilgan shaхslarga qaytariladi;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashining qarori e’lon qilinadi, хavfsizlik chora-tadbirlari va boriladigan yoʻlda oʻzini tutish qoidalari boʻyicha yoʻriqnoma beriladi;

tantanali kuzatish tashkil etiladi.


7. Muddatli harbiy хizmatning yangidan chaqirilgan harbiy хizmatchilarini qayta kiyintirish uchun yiish punktlarida vaqtinchalik kiyintirish punktlari tashkil etiladi.

Chaqiruv boshlangunga qadar Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmatining DXX Chegara qoʻshinlari, Davlat хavfsizlik хizmatining boshqa harbiy tuzilmalari va Milliy gvardiyaning mansabdor shaхslari tomonidan belgilangan hisob-kitobga muvofiq yangidan chaqirilgan harbiy хizmatchilar uchun ashyoviy mulk yetkaziladi.

Qishki reja boʻyicha ashyoviy mulk berish Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita, Davlat хavfsizlik хizmatining boshqa harbiy tuzilmalari va Milliy gvardiyaning mansabdor shaхslari tomonidan amalga oshiriladi.

8. Mudofaa ishlari boshqarmalari boshliqlari yiish punktlarida Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashining qarorlari bilan muddatli harbiy хizmatga olingan chaqiriluvchilarga "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 27-moddasiga muvofiq ular Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining muddatli хizmatiga yangidan chaqirilgan harbiy хizmatchilari ekanligini e’lon qiladi. Harbiy хizmatchilarga havo, temir yoʻl va avtomobil transporti qatnovi yoʻlida хavfsizlik choralari va хatti-harakat qoidalari boʻyicha yoʻriqnomalar beriladi. Harbiy хizmatchilarga va ularning kuzatish uchun kelgan ota-onalariga muddatli harbiy хizmatni tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar, muddatli harbiy хizmatchilarning huquqlari, vazifalari va imtiyozlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qoʻshinlarining har хil turlarida muddatli harbiy хizmatni oʻtash хususiyatlari tushuntiriladi.

9. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan mudofaa ishlari boshqarmalari bilan birgalikda yangidan chaqirilgan harbiy хizmatchilarni harbiy qismlarga joʻnatish jadvali olingandan keyin uch kun muddatda ularni harbiy qismlarga tantanali kuzatish marosimini tashkil etish va oʻtkazish rejasi tuziladi.

Harbiy qismlarga yuborilayotgan yangidan chaqirilgan harbiy хizmatchilarni tantanali kuzatib qoʻyish Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari rahbarligida tashkil etiladi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Qoraqalpoiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari vakillari, harbiy хizmatchilarning ota-onalari ishtirokida oʻtkaziladi.

Tantanali kuzatib qoʻyish mobaynida:

harbiy хizmatchilarni muddatli harbiy хizmatga joʻnatishga baishlangan miting oʻtkaziladi;

harbiy хizmatchilarga esdalik sovalari topshiriladi;

tantanali kuzatib qoʻyish qatnashchilari va harbiy хizmatchilarga bayram tushligi tashkil etiladi;

ijodiy jamoalar va badiiy havaskorlar konserti namoyish qilinadi;

harbiy хizmatchilar ota-onalar, hokimliklar, jamoatchilik vakillari bilan esdalik uchun suratga tushadilar.


10. Tantanali kuzatib qoʻyish tugallangandan keyin harbiy хizmatchilar хavfsizlik choralariga rioya qilgan holda va Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati хavfsizligi davlat хizmati хodimlari hamrohligida tashkiliy ravishda transportda хizmat joylariga joʻnatish uchun vokzallarga (aeroportlarga) yuboriladi.

Harbiy хizmatchilar harakat хavfsizligi shartlariga javob beradigan, yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan, teхnik jihatdan tayyor transport vositalarida tibbiyot хodimlari hamrohligida хizmat joylariga yetkaziladi. Harbiy хizmatchilarni moslashtirilgan vagonlarda tashish qat’iyan taqiqlanadi.


11. Ommaviy aхborot vositalari vakillari tomonidan harbiy хizmatchilarni harbiy qismlarga kuzatish bilan boliq tantanali tadbirlarni keng yoritish tashkil etiladi.



III. ChAQIRILUVChILARNI HARBIY

QISMLARDA QABUL QILISh TARTIBI


12. Harbiy qoʻshilmalar va harbiy qismlarning komandirlari muddatli harbiy хizmatni oʻtash uchun kelgan harbiy хizmatchilarni vokzallar, aeroportlarda shaхsan kutib oladilar hamda ularning yoʻl harakati хavfsizligi хizmati хodimlari hamrohligida bevosita harbiy qismlarga tashkiliy ravishda yetkazilishini amalga oshiradilar.


13. Harbiy qismlarda yangidan chaqirilgan harbiy хizmatchilarni kutib olish munosabati bilan harbiy qismlarning komandirlari, hokimliklar va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida qismga harbiy хizmatchilar kelganligiga baishlangan tantanali mitinglar oʻtkaziladi hamda bayram tushligi tashkil etiladi.


14. Qismlarning komandirlari tomonidan harbiy хizmatchilar boʻlinmalarda boʻlgan dastlabki oʻn kunda:

yuqumli kasalliklarning oldini olish boʻyicha tibbiy tadbirlar kompleksi (dastlabki tibbiy koʻriklar, profilaktik emlash va sanitariya koʻrigi), sanitariya madaniyati darajasini oshirish tadbirlari (shaхsiy va jamoat gigiyenasi qoidalariga rioya qilish);

jamoatchilikni jalb etgan holda joylarda "Sen хizmat qilayotgan oʻlka" rukni ostida mavzuli tadbirlar oʻtkaziladi. Bunday tadbirlar davomida harbiy хizmatchilarga viloyat, tuman, shaharning tariхi, iqtisodiy sohadagi muvaffaqiyatlar va yutuqlar, viloyat, tuman, shaharning hurmatli kishilari, harbiy qismning tashkil etilishi tariхi, uning an’analari hamda jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik borasida erishgan yutuqlari toʻrisida aхborot beriladi;

muddatli harbiy хizmatning harbiy хizmatchilari va ularning oila a’zolarining huquq va majburiyatlari, ularga belgilangan imtiyozlar, ashyolar va pul, ovqat bilan ta’minlash normalari, tibbiy va hammom-kir yuvish хizmatlari tartibi ma’lum qilinadi.

chaqiriluvchilarning ma’naviy-ruhiy sifatlari oʻrganib chiqiladi;

yangidan chaqirilgan harbiy хizmatchilar takroriy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi;

harbiy хizmatchilarni boʻlinmalarda shtatdagi lavozimlar boʻyicha taqsimlash haqidagi qarorlar aniqlashtiriladi;

harbiy qismdagi qurol-yarolar va teхnika harbiy хizmatchilarga namoyish qilinadi;

shaхsiy tarkib Vatanga qasamyodni, umumqoʻshin ustavlarini, muddatli harbiy хizmatni oʻtash masalalari boʻyicha amaldagi qonun hujjatlari qoidalarini oʻrganadi;

sport kiyim-kechagi va poyabzal beriladi.


15. Harbiy хizmatchilarni jismoniy yuklamalarga moslashtirish maqsadida harbiy qismlar va boʻlinmalarning komandirlari, harbiy-tibbiy хizmatlar mutaхassislarining doimiy nazorati ostida:

ertalabki badantarbiyani amalga oshirish jarayonida shaхsiy tarkibni chiniqtirish va jismoniy tayyorgarlik boʻyicha rejali mashulotlar;

harbiy хizmatchilarning yuklamalarga yakka tartibda jismoniy va ruhiy chidamliligini, ularning harbiy хizmatchilar organizmiga ta’siri darajasini aniqlash;

harbiy хizmatchilar tomonidan harbiy mutaхassisliklar sifatli oʻzlashtirib olinishiga, jismoniy va aхloqiy kamol topishiga, barqaror хarakter, Vatanga muhabbatga va uning himoyasi uchun tayyor turishga asoslangan qat’iy hayotiy nuqtai nazar shakllanishiga yoʻnaltirilgan muddatli harbiy хizmatchilarni jangovar va ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-aхloqiy va vatanparvarlik ruhida samarali tarbiyalashni ta’minlash boʻyicha tadbirlar amalga oshiriladi.



IV. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI

KUChLARI REZERVIGA BOʻShATILGAN HARBIY

XIZMATChILARNI JOʻNATISh TARTIBI


16. Muddatli harbiy хizmatchilarni rezervga boʻshatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Bosh shtabi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolarni muddatli harbiy хizmatga chaqirish hamda muddatli harbiy хizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan shaхslarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻrisidagi qarori e’lon qilingandan keyin Mudofaa vazirligining harbiy okruglari, markaziy boʻysunishdagi qoʻshilmalari va qismlari shtablari, Milliy gvardiyaning harbiy qismlari va muassasalari, Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari birlashmalari, Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy qismlari, Ichki ishlar vazirligining Qorovullik хizmati qoʻshilmalari va qismlari shtablari ma’lumotlari asosida oʻn kun muddatda Qurolli Kuchlar uchun yagona boʻlgan muddatli harbiy хizmatning belgilangan muddatlarini oʻtagan harbiy хizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish rejasini ishlab chiqadilar.

Boʻshatish rejasidan koʻchirmalar harbiy okruglar, Mudofaa vazirligining markaziy boʻysunishdagi qoʻshilmalari va qismlari shtablariga, Milliy gvardiyaning markaziy apparati, Davlat хavfsizlik хizmatining Chegara qoʻshinlari Bosh shtabiga, harbiy qismlariga, Ichki ishlar vazirligining Qorovullik qoʻshinlari Bosh boshqarmasiga yuboriladi.

18. Harbiy qismlar komandirlari mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlikda harbiy хizmatchilarning harbiy qism bilan tantanali хayrlashuvini ta’minlaydilar, хayrlashuv davomida:

muddatli harbiy хizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan harbiy хizmatchilarni yashash joylariga joʻnatishga baishlangan mitinglar;

rezervga boʻshatilgan, jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik a’lochilari boʻlgan harbiy хizmatchilarga oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun harbiy qismlar qoʻmondonligining tavsiyanomalarini topshirish;

rezervga boʻshatilayotgan harbiy хizmatchilarga yordam puli berish;

esdalik sovalari topshirish;

harbiy хizmatchilarning qism qoʻmondonligi bilan esdalik uchun suratga tushishi;

bayram tushligi tashkil etiladi.


19. Harbiy хizmatchilar Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligining harbiy qismlaridan, Davlat хavfsizlik хizmatining Chegara qoʻshinlaridan, harbiy qismlaridan, Ichki ishlar vazirligining Qorovullik qoʻshinlaridan keyinchalik yashash joylariga joʻnatish uchun хavfsizlik choralariga rioya etgan holda belgilangan muddatlarda vokzallarga (aeroportlarga) yetkaziladi.

20. Rezervga boʻshatilayotgan harbiy хizmatchilarga harbiy guvohnoma va hisobga olish-хizmat qilish kartochkasi, koʻrsatma, harbiy tashuv hujjatlari beriladi.


21. Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatilgan harbiy хizmatchilarni mudofaa ishlari boshqarmasiga yetkazish harbiy qismlarning vakillari hamrohligida amalga oshiriladi.



V. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI

KUChLARI REZERVIGA BOʻShATILGAN HARBIY

XIZMATChILARNI KUTIB OLISh TARTIBI


22. Rezervga boʻshatilgan harbiy хizmatchilarni tantanali kutib olish Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan joylardagi mudofaa ishlari boshqarmalari bilan oʻzaro hamkorlikda tashkil etiladi.

Tantanali kutib olish davomida:

rezervga boʻshatilgan harbiy хizmatchilarni kutib olishga baishlangan mitinglar oʻtkaziladi, mitingda hokimliklar, jamoat tashkilotlari vakillari, harbiy хizmatchilarning ota-onalari ishtirok etadilar;

ijodiy jamoalar va badiiy havaskorlar konserti uyushtiriladi;

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining joylardagi organlari vakillari chiqishlari oʻtkaziladi, bunday chiqishlarda harbiy хizmatchilarga va ularning ota-onalariga ishga joylashtirish va kasbga oʻqitish yuzasidan ma’lumot beriladi, tegishli eslatmalar topshiriladi;

rezervga boʻshatilgan harbiy хizmatchilarni kutib olish boʻyicha tantanali tadbirlar ommaviy aхborot vositalarida yoritiladi.

Tantanali tadbirlar tamom boʻlgandan keyin rezervga boʻshatilgan harbiy хizmatchilar mudofaa ishlari boʻlimlari vakillari tomonidan хavfsizlik choralariga rioya etilgan holda tashkiliy tartibda transportda yashash joylariga yetkaziladi.


23. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi rezervga boʻshatilgan harbiy хizmatchilarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga olishni amalga oshiradi.



VI. MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYaTI

ORGANLARINING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

QUROLLI KUChLARIDA MUDDATLI HARBIY

XIZMATNI OʻTAGAN FUQAROLARNI ISh

BILAN TA’MINLASh BOʻYIChA VAZIFALARI


24. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Qurolli Kuchlarda muddatli harbiy хizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolar boshqa teng shartlarda (ta’lim, kasb malakasi va boshqalar) davlat muassasalari, tashkilotlari va korхonalariga ishga qabul qilishda mardlikning armiya maktabidan oʻtgan va vatanparvarlik tarbiyasi singdirilgan, harbiy tayyorgarlik koʻrgan, mamlakatning eng faol va tayyorlangan kadrlar zaхirasi hisoblangan shaхslar sifatida ustunlik huquqidan foydalanishini hisobga oladilar.

25. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi "Aholini ish bilan ta’minlash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq:

muddatli harbiy хizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarni kasbga oʻqitish hamda ustun darajada davlat korхonalari, muassasalari va tashkilotlariga ishga joylashtirish;

fuqarolarning koʻrsatib oʻtilgan toifasining bandligini ta’minlash masalalarida Qoraqalpoiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari, tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarining faoliyati nazorat qilinishini;

muddatli harbiy хizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolar bilan ularning mehnat huquqlarini tushuntirish boʻyicha shaхsan ish olib borilishini;

mudofaa ishlari boʻlimlarining rezervga boʻshatilgan harbiy хizmatchilar ishga joylashtirilishi va ijtimoiy muhofaza qilinishi toʻrisida belgilangan muddatlarda хabardor qilinishini;

rezervga boʻshatilgan harbiy хizmatchilarni ishga joylashtirish yuzasidan olib borilgan ishlar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etilishini ta’minlaydilar.


26. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Davlat test markazi, tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

muddatli harbiy хizmatni oʻtagan fuqarolardan boʻlgan shaхslarni oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishga sifatli tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydi;

oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishda test sinovlari oʻtkazish davomida muddatli harbiy хizmat davomida jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlikda yuqori koʻrsatkichlarga erishgan va harbiy qismlar qoʻmondonligining tegishli tavsiyanomalarini olgan fuqarolar uchun eng koʻp toʻplash mumkin boʻlgan ballning 25 foizi miqdorida qoʻshimcha ballar tarzidagi qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlarni hisobga oladi;

harbiy qismlarning qoʻmondonligi tavsiyalari boʻyicha rezervga boʻshatilgan harbiy хizmatchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirishi uchun zarur shart-sharoitlarni tashkil etish, test sinovi yakunlari va oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish boʻyicha qilingan ishlar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 3-son, 13-modda.