Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.04.1994 y. 228-son "Respublika koʻchmas mulk birjasining samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.04.1994 y.

N 228



RESPUBLIKA KOʻChMAS

MULK  BIRJASINING SAMARALI

FAOLIYaT KOʻRSATIShINI TA’MINLASh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


"Oʻzbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirmsh jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻrisida" 1994 yil 15 martdagi PF-789-son Farmonga muvofiq tashkil etilgan Respublika koʻchmas mulk birjasining samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar, idoralar  bilan birgalikda:

tugallanmagan kurilish ob’yektlarini ham oʻz ichiga oluvchi respublika va mintaqaviy koʻchmas mulk bozorlarini shakllantirish tartibini belgilangan tartibda bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirishning davlat, tarmoq va mintaqaviy dasturlaridan kelib chiqqan holda koʻchmas mulk ob’yektlarining sotuvga qoʻyilishini ta’minlasin;

koʻchmas mulk bozori mutaхassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etsin;

birja savdolari, tanlovlar, kim oshdi savdolari orqali хususiylashtirishning  va davlat tasarrufidan chikarishning borishini ommaviy aхborot vositalarida munta zam yoritib borsin; koʻchmas mulk bozorini shakllantirishga va uning faoliyatiga doir ilmiy, uslubiy, oʻquv va ommabop adabiyotlarni tarjima chop etish va tarqatish ishlarini tashkil qilsin.


2. Qaraqolpoiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar  hokimliklari  joylarda Respublika koʻchmas mulk birjasi brokerlik va doralarining bulimlarini tashkil etishda hamda joylashtirishda amaliy yordam koʻrsatsinlar.


3. Davlat mulki qoʻmitasining ilovaga muvofiq kim oshdi savdosida va tanlovlarda sotiladigan davlat mulkiga haq toʻlash, ularni taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi Vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqidagi  taklifi qabul  qilinsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga bir oy muddatda koʻchmas mulk operaqiyalari boʻyicha yuridik va jismoniy shaхslar oʻrtasida nakd pul bilan va naqd pulsiz shakldagi hisob  kitoblarning qoidasini ishlab chiqish va belgilash tavsiya etilsin.


6. Respublika koʻchmas mulk birjasi Toshkent shahar, Navoiy koʻchasidagi 7-uyga joylashtirilsin.

"Oʻzulgurjibirjasavdo" uyushmasi  (Sharonov) Respublika koʻchmas mulk birjasining faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratsin, uning talabnomalariga binoan zarur  jihozlar  va  asbob-uskunalar ajratsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Respublika koʻchmas mulk birjasi va uning boʻlimlari huzurida notariuslar ishini tashkil etsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Respublika koʻchmas mulk birjasi va uning boʻlimlari talabnomalariga binoan ularni zarur, shu jumladan iхtisoslashtirilgan, aloqa vositalari bilan ta’minlasin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Chjen zimmasiga yuklatilsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                  I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1994 y., N 4, 25-modda.