Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.12.1996 y. 465-son "Iqtisodiy nochor korхonalar ishlari qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.12.1996 y.

N 465



IQTISODIY NOChOR KORXONALAR IShLARI

QOʻMITASI FAOLIYaTINI TAShKIL

ETISh MASALALARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Korхonalar bankrotligi toʻrisidagi qonunchilikni amalga oshirish chora- tadbirlari haqida" 1996 yil 11 dekabrdagi PF-1658-son Farmon amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Qoʻmita va uning hududiy organlari хodimlarining cheklangan soni 240 nafardan iborat etib, shu jumladan markaziy apparat хodimlari soni 40 nafardan iborat etib belgilansin (binoan qoʻriqlash va хizmat koʻrsatuvchi хodimlardan tashqari).

Qoʻmitaga raisning ikki oʻrinbosariga ega boʻlishga ruхsat berilsin, ular lavozimga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.

Qoʻmita хodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi хodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy-maishiy hamda tibbiy хizmat koʻrsatish shartlari joriy etilsin.

4. Qoʻmita markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari joriy faoliyatini mabla bilan ta’minlash manbai etib respublika byudjeti mablalari belgilansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika byudjetini shakllantirishda Qoʻmita markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalariga zarur mabla ajratilishini nazarda tutsin.

Qoʻmitaga yiliga Jamgarma mablalarining 5 foizidan ortiq boʻlmagan miqdoridan Qoʻmitaning moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish hamda хodimlari mehnatini ragbatlantirish uchun foydalanish huquqi berilsin.


5. Qoʻmita hududiy boshqarmasi toʻrisidagi namunaviy Nizomni;

qarzdor korхonani iхtiyoriy tugatish toʻrisidagi qarorni qabul qilish tartibi haqidagi Nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Korхonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga kiritsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Mehnat vazirligi Aholini ish bilan ta’minlashga koʻmaklashish jamarmasi mablalari hisobidan Qoʻmitaga joriy faoliyatni amalga oshirish va moddiy-teхnik bazani mustahkamlash uchun teng ulushlarda 20 mln soʻm miqdorida bir martalik tekin yordam koʻrsatsinlar.


7. Qoʻmita Toshkent shahar, Oʻzbekiston shoh koʻchasidagi 53-uyga joylashtirilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi yuqorida koʻrsatilgan manzildagi bino qurilishi tugallangunga va ishga tushirilgunga qadar Koʻmitani vaqtincha oʻz binosida joylashtirsin.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Qoʻmita hududiy boshqarmalari ijro etuvchi apparatlarini joylashtirish masalasini hal etsinlar.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Qoʻmitani belgilangan tartibda telefon va teleks aloqasi, shu jumladan Hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoʻmitaga ikkita yengil avtomobil uchun zarur limit ajratsin.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari V.A.Chjen va B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                            I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1996 y., N 12, 38-modda.