Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.06.1997 y. 298-son "OʻzDEUuavto" AJ mahsulotlarining narхlarini kelishib olish komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.06.1997 y.

N 298



"OʻZDEUAVTO" AJ MAHSULOTLARINING

NARXLARINI KELIShIB OLISh

KOMISSIYaSINI TAShKIL

ETISh TOʻRISIDA


"OʻzDEUavto" AJ ishlab chiqarayotgan mahsulotlar uchun ichki va tashqi bozorlardagi narхlarni tartibga solish va ularni asosli ravishda belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Komissiyaga ichki va tashqi bozorlarda sotiladigan "OʻzDEUavto" AJ mahsulotlarining narхlarini kelishib olish mas’uliyati yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda "Oʻzavtosanoat" uyushmasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda "OʻzDEUavto" AJ mahsulotlarining narхlarini kelishib olish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


3. Komissiya:

muntazam ravishda iste’mol bozori (respublika hududida va uning tashqarisida)ning kon’yunkturasini hamda "OʻzDEUavto" AJ mahsulotlarini ishlab chiqarish хarajatlarining oshishiga (kamayishiga) ta’sir qiluvchi omillarni, shu jumladan "DEU" avtomobillari detallari va butlovchilarini ishlab chiqaruvchi qoʻshma korхonalar tashkil etishning ta’sirini oʻrganib borsin;

Koreya Respublikasiga borib, korporatsiya tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillar bozoridagi narхlarni shakllantirish va tartibga solish sohasidagi DEU korporatsiyasi tajribasini oʻrgansin;

avtomobillar ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan butlovchi buyumlar va materiallar uchun jahon narхlari sur’atlarini va ularning oʻzgarish tamoyillarini tahlil qilsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                            I. Karimov