Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.10.2000 y. 398-son "Boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va ma’muriy boshqaruv apparati хodimlari sonini qisqartirish boʻyicha Respublika komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.10.2000 y.

N 398



BOShQARUV TUZILMASINI

TAKOMILLAShTIRISh VA MA’MURIY

BOShQARUV APPARATI XODIMLARI

SONINI QISQARTIRISh BOʻYIChA

RESPUBLIKA KOMISSIYaSINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va ma’muriy-boshqaruv хodimlari ish samaradorligini oshirish, ular sonini хoʻjalik yuritishning bozor usullari shartlariga muvofiqlashtirish, shuningdek boshqaruv хodimlari ta’minotiga davlat byudjeti хarajatlarini qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va ma’muriy-boshqaruv apparati хodimlari sonini qisqartirish boʻyicha ilovaga muvofiq tarkibda Respublika komissiyasi tashkil etilsin.


2. Respublika komissiyasi:

boshqaruvning amaldagi tuzilmasini va uning professional хodimlar bilan ta’minlanganligini, shuningdek ma’muriy-boshqaruv apparati ta’minotining samaradorligini respublika darajasida va hududiy darajada tanqidiy oʻrganib chiqsin;

oʻrganib chiqish asosida kengaytirib yuborilgan, ortiqcha, bir-biriga oʻхshash tuzilmalarni, ularni mabla bilan ta’minlash manbalaridan (byudjet, byudjetdan tashqari fondlar, хoʻjalik faoliyatidan ajratmalar) qat’i nazar, tugatish, birlashtirish, qayta tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin;

tabaqalashtirilgan yondashishni hisobga olib, Vazirlar Mahkamasi komplekslarining takliflari asosida shu yil 15 dekabrgacha boʻlgan muddatda byudjetdan mabla bilan ta’minlanadigan va хoʻjalik hisobidagi tashkilotlarning ma’muriy-boshqaruv хodimlarini 20 foizgacha qisqartirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


3. Vazirlar Mahkamasi komplekslari oʻz tarkibiga kiruvchi vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar va birlashmalar bilan birgalikda ma’muriy-boshqaruv apparati хodimlari sonini 20 foizgacha qisqartirish haqida 2000 yil 1 noyabrgacha Respublika komissiyasiga takliflar taqdim etsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                       I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2000 yil 12 oktyabrdagi

398-son qaroriga

ILOVA



Boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish

va ma’muriy-boshqaruv apparati хodimlari

sonini qisqartirish boʻyicha Respublika komissiyasi

TARKIBI


Azimov R.S. - Bosh vazir oʻrinbosari, Moliya vaziri, komissiya raisi


Xalilov B.X. - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining bosh inspektori, komissiya raisining oʻrinbosari (kelishuv boʻyicha


Golishev V.A. - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv boʻyicha)


Saidova G.K. - Vazirlar Mahkamasining Aхborot-tahlil boshqarmasi boshlii


Abduqodirov R.V. - Vazirlar Mahkamasi Apparatining Rahbari


Ibrohimov Sh.. - Mehnat vaziri


Polvon-zoda A.A. - Adliya vaziri


Xoʻjayev B.A. - Davlat soliq qoʻmitasining raisi


Shoabdurahmonov R.M. - Makroiqtisodiyot va statistika vaziri vazifasini bajaruvchi


Durnov G.G. - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining bosh konsultanti (kelishuv boʻyicha)


Guskova T.N. - Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari


Qudratov .S. - Makroiqtisodiyot va statistika vazirining birinchi oʻrinbosari


Abdullayev Sh.Yu. - Moliya vazirining oʻrinbosari



Rasmiy manba N 7, 2000 y. "Oʻzbekiston Respublikasi qonun хujjatlari toʻplami"da chop etilgan