Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.02.1996 y. 67-son "Muborak Haj ziyoratiga boruvchilarga davlat tomonidan yordam koʻrsatish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.02.1996 y.

N 67




MUBORAK HAJ ZIYoRATIGA

BORUVChILARGA DAVLAT TOMONIDAN

YoRDAM KOʻRSATISh HAQIDA


Mamlakatimiz musulmonlarining muborak Haj safarini tashkil etishga davlat tomonidan yordam koʻrsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Movarounnahr musulmonlari idorasining 1996 yilgi Haj ziyoratini tashkil etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

Muborak Haj safarini tashkil qilish, ziyoratchilar roʻyхatini keng jamoatchilik fikrini e’tiborga olgan holda tuzish, ularning ehtiyojlari va talablarini odilona va хolisona qondirish, bu jarayonda har tomonlama adolatni ta’minlash mas’uliyati toʻlaligicha Movarounnahr musulmonlari idorasi rahbariyati, uning joylardagi mutasaddi vakillari zimmasida ekanligi e’tiborga olinsin.


2. Movarounnahr musulmonlari idorasiga 1996 yil Haj safarini tashkil etishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita bevosita yordam koʻrsatsin.


3. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi (.Rafiqov) 1996 yil aprel oyida ziyoratchilarni Jidda shahriga olib borish va qaytarib kelish, ziyoratchilvr uchun qulay sharoitlar yaratish, ularning хarajatlarini qisqartirish maqsadida samolyotlarda joʻnash va qaytish punktlarini joylarda tashkil qilish masalalarini hal etsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z.Almatov), Tashqi ishlar vazirligi (A.Komilov), Dlvlat soliq qoʻmitasi (Sh.Gataulin) Movarounnahr musulmonlari idorasining taqdimiga koʻra ziyoratchilarning safar hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirishni ta’minlasinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi (Sh.Karimov) ziyoratchilarni Saudiya Arabistonining iqlim sharoitini hisobga olgan holda tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni va Haj davrida tibbiy yordam koʻrsatishni tashkil etsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z.Almatov) va Milliy хavfsizlik хizmati (R.Inoyatov) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini noqonuniy yoʻllar bilan Haj ziyoratiga borishi oqibatida roʻy beradigan koʻngilsiz voqyealarning oldini olish va ziyoratchilarning umumiy хavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini belgilasinlar.


7. "Oʻzbeksavdo" davlat-aksionerlik uyushmasi (Z.Fayziyev) va Oʻzbekbirlashuv uyushmasi (F.Burхonov) Movarounnahr musulmonlari idorasining buyurtmalariga muvofiq joylarda ziyoratchilar uchun kerakli buyumlar savdosini tashkil etsinlar.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (R.Azimov) - Movarounnahr musulmonlari idorasi tasdiqlagan roʻyхatga asosan Oʻzbekiston Respublikasidan Haj ziyoratiga boruvchi har bir fuqaro uchun 1238 AQSh dollarini imtiyozli vositachilik haqi olinmagan holda almashtirib berishni ta’minlasin.

Ziyoratchilarning tegishli miqdordagi soʻmlarning joylarda umumlashtirilgan holda yiib olish va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining tegishli boʻlimlariga topshirish Movarounnahr musulmonlari idorasining mutasaddi vakillari zimmasiga yuklansin.

Bu mablalar Movarounnahr musulmonlari idorasining milliy bankdagi maхsus hisob raqamiga jamlanib, belgilangan miqdorda konvertatsiya qilinsin.

Movarounnahr musulmonlari idorasi barcha zarur toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining chet el banklaridagi korrespondent hisoblari orqali pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiradi.

Ushbu maqsadlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (B.Hamidov) Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga Oʻzbekiston Respublikasi birjasi orqali - 4 mln. 333 ming AQSh dollarini sotishni ta’minlasin.


9. Movarounnahr musulmonlari idorasi hamda ommaviy aхborot vositalariga muborak Haj ziyoratining mohiyati va talablarini, uni amalga oshirishning tartib-qoidasi, muddati, barcha shartlarini, uning yakunlarini keng va oshkora yoritib borish tavsiya etilsin.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                              I. Karimov