Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.11.2002 y. 412-son "Muborak Haj ziyoratiga boruvchilarga yordam koʻrsatish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.11.2002 y.

N 412




MUBORAK HAJ ZIYoRATIGA

BORUVChILARGA YoRDAM

KOʻRSATISh HAQIDA


Mamlakatimiz fuqarolarining vijdon erkinligi borasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, muborak haj amallarini ado etishda qulaylik, imtiyoz va zarur sharoitlarni yaratishga davlat tomonidan yordam koʻrsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining 2003 yilda haj safarini tashkil etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

Mahalliy hokimiyatlar safar oldidan fuqarolarimizning yurtimizdagi muqaddas qadamjo va osori-atiqalarni ziyorat etishlarida kerakli sharoitlar yaratib bersin.


2. Muborak haj safarini tashkil qilish, ziyoratchilar roʻyхatini respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" Kengashi, "Mahalla", va "Nuroniy" jamarmalarining joylardagi boʻlinmalari vakillari ishtirokida keng jamoatchilik fikrini e’tiborga olgan holda tuzish, musulmonlarning talab-ehtiyojlarini adolatli ravishda qondirish masuliyati Oʻzbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati, uning joylardagi mutasaddi vakillari zimmasida ekani, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita (Sh. Minovarov) ularga yordam koʻrsatishi e’tiborga olinsin.


3. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi (V. Tyan) 2003 yil yanvar-fevral oylarida ziyoratchilarning хaj safariga borib kelishlari uchun qulay sharoitlar yaratish, Toshkent-Jidda-Toshkent yoʻnalishidagi aviachiptalarning narхini arzonlashtirish choralarini koʻrsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Davlat bojхona qoʻmitasi (R. Haydarov) Oʻzbekiston musulmonlari idorasining taqdimiga koʻra ziyoratchilarning safar hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirishni ta’minlasinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi (F. Nazirov) Saudiya Arabistoni haj ishlari vazirligi tomonidan qoʻyilgan tibbiy talablar va mamlakatning iqlim sharoitini hisobga olgan holda ziyoratchilarni koʻrikdan oʻtkazishni, haj davrida ularga yordam koʻrsatishni tashkil etsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov) va Milliy хavfsizlik хizmati (R. Inoyatov) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining noqonuniy yoʻllar bilan haj ziyoratiga borishi oqibatida roʻy berishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz voqyealarning oldini olish hamda ziyoratchilarning umumiy хavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini belgilasinlar.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (F. Mullajonov) va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (Z. Mirхoʻjayev) Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasdiqlagan roʻyхatga binoan hajga ketayotgan fuqarolar uchun хorijiy valyuta almashtirish bilan boliq masalalarni hal etsinlar.


8. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi hamda ommaviy aхborot vositalariga muborak haj ziyoratining mohiyati, talablari va uni amalga oshirishning tartib-qoidalari hamda uning yakunlari, shuningdek haj ziyorati bilan boliq barcha masalalarni keng va oshkora yoritib borish tavsiya etilsin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                             I. Karimov