Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.05.1997 y. 240-son "Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.05.1997 y.

N 240


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

INVESTITsIYa DASTURINI ShAKLLANTIRISh

TARTIBI TOʻFRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturini shakllantirishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Belgilab qoʻyilsinki:

Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi moliyaviy manbalar  byudjet mablalari, byudjetdan tashqari fondlarning mablalari, bankning markazlashtirilgan kreditlari, хorijiy sarmoyalar va hukumat kafolati ostidagi kreditlar, shuningdek markazlashtirilgan investitsiyalar bilan chambarchas uyunlashtirilgan holda joriy kalendar yilga Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi;

Investitsiya dasturi tasdiqlangan yil davomida unga loyihalarning (хorijiy sarmoyalar ishtirokidagi loyihalar bundan mustasno) qoʻshimcha kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;

Investitsiya dasturiga yil davomida хorijiy sarmoyalar ishtirokidagi loyihalarni qoʻshimcha kiritish mabla bilan ta’minlashning tasdiqlangan manbalari mavjud boʻlgan taqdirda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan amalga oshiriladi,


2. "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Xorijiy sarmoyalar boʻyicha agentlik bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi toʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda dasturga kiritiladigan loyihalarni tanlash mezonlari va ularning roʻyхatini tuzish meхanizmini nazarda tutsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                              I. Karimov