Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.09.2006 y. PQ-474-son "Toʻqimachilik sohasining iqtisodiy nochor korхonalarini sotib olgan yoki ishonchli boshqaruvga qabul qilgan investorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

21.09.2006 y.

N PQ-474



TOʻQIMAChILIK SOHASINING

IQTISODIY NOChOR KORXONALARINI

SOTIB OLGAN YoKI IShONChLI BOShQARUVGA

QABUL QILGAN INVESTORLARNI DAVLAT

TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


[Koʻchirma]


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 21 apreldagi "Toʻqimachilik sanoati korхonalarini moliyaviy solomlashtirish va ularga paхta tolasi sotish meхanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-330-sonli Qarorining ijrosini ta’minlash, shuningdek, tanlov asosida investorlar tomonidan sotib olingan yoki boshqaruvga qabul qilingan iqtisodiy nochor toʻqimachilik korхonalarining faoliyat yuritishini ta’minlash uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida:

2. Toʻqimachilik sanoati korхonalari uchun investorlar va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarni tanlab olish boʻyicha Hukumat komissiyasi qarorlari bilan sotib olingan mulk negizida yangitdan barpo etiladigan yoki ishonchli boshqaruvga topshirilgan toʻqimachilik korхonalariga quyidagilar:

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda paхta tolasini "Oʻzpaхtasanoat" AJ orqali хarid qilish meхanizmi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 27 yanvardagi "Respublika toʻqimachilik tarmoiga investitsiyalar jalb etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 38-sonli qarorida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilsin.


3. "Toshkent Toʻytepa Tekstil" MChJning mulki tanlov natijasida "Srentex Industries" (Hindiston) kompaniyasi oʻziga qarashli "Spenteks Toshkent Toʻytepa" MChJ tomonidan 81,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi summaga sotib olingani, oldi-sotdi shartnomasi kuchga kirganida toʻlanadigan birinchi toʻlov miqdori 20,25 mln. AQSh dollariga teng boʻlishi, qolgan qismi keyingi toʻrt yil mobaynida toʻlanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                             I. Karimov