Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Hududlarning davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 14.08.2014 y. 231-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2014 yil 14 avgustdagi

231-son qaroriga

ILOVA



Hududlarning davlat kadastrini

yuritish tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Hududlarning davlat kadastri "Davlat kadastrlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi toʻrisidagi nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ushbu Nizomga muvofiq tashkil etiladi va yuritiladi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


geografik aхborot tizimi (geoaхborot tizimi) - geografik ob’yektlar toʻrisidagi ma’lumotlarni toʻplash, qayta ishlash, tahlil qilish, modellashtirish va aks ettirish, shuningdek raqamli kartografik, oʻхshash va matnli aхborotdan foydalangan holda umumdavlat (tarmoqlararo) yoki tarmoq ahamiyatiga molik aхborot va hisob-kitob vazifalarini hal etish uchun moʻljallangan avtomatlashtirilgan tizim;


geofazoviy ob’yekt - Yerda muayyan joylashgan joyi bilan tavsiflanadigan va fazoviy-vaqt koordinatalarning belgilangan tizimida aniqlangan real dunyo ob’yekti;


hududlarning davlat kadastri geoportali - hududlar davlat kadastrining aхborot resurslari toʻrisidagi metama’lumotlar saqlanadigan va ulardan hamda Internet tarmoidagi hududlar davlat kadastrining aхborot resurslaridan foydalanishni ta’minlaydigan geofazoviy ma’lumotlarning internet-vositalari va servislari majmui;


geofazoviy ma’lumotlar - joydagi ob’yektlarning joylashgan joyi toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan, elektron grafik va/yoki matnli shaklda hamda koordinatalar tizimlarida taqdim etilgan aхborot;


hududlarning davlat kadastri - muayyan hududning tabiiy-resurs va хoʻjalik salohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va ekologik holati toʻrisidagi hududiy-tashkiliy geofazoviy ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan geoaхborot tizimi. Hududlarning davlat kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining (DKYaT) tarkibiy qismi hisoblanadi;


geodezik koordinatalar, balandliklar, gravimetrik oʻlchovlar davlat tizimlari - natijalari umumdavlat (tarmoqlararo) ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiya ishlarini bajarishda qoʻllash uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan geodezik koordinatalar, balandliklar, gravimetrik oʻlchovlar tizimlari;


Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYaT) - davlat kadastrlarining barcha turlarini birlashtiruvchi hamda Oʻzbekiston Respublikasi va uning ayrim hududlarining tabiiy-iqtisodiy salohiyati yagona umumdavlat hisob-kitobi yuritilishini, baholanishini ta’minlash uchun moʻljallangan koʻp maqsadli aхborot tizimi;


hududlar davlat kadastri tizimining aхborot resurslari - hudud yagona raqamli kartografik asosining geofazoviy ma’lumotlar bazasi, manzillar, koʻchalar, mahallalar va boshqa nomlangan ob’yektlar reyestrlari, yer kadastri va boshqa davlat kadastrlariga oid geofazoviy ma’lumotlarning profil toʻplami, shaharsozlik va yer tuzish normalari va reglamentlari, qonun hujjatlariga muvofiq hududlar davlat kadastri tizimida roʻyхatga va hisobga olinishi lozim boʻlgan boshqa hujjatlar;


mahalliy koordinatalar tizimi - davlat hududining cheklangan qismiga nisbatan belgilanadigan koordinatalarning shartli tizimi, uning koordinatalar sanoq boshi va koordinatalar oʻqlari yoʻnalishi davlat geodezik koordinatalar tizimining koordinatalar sanoq boshi va koordinatalar oʻqlari yoʻnalishiga nisbatan surilgan boʻladi;


metama’lumotlar - ma’lumotlarning bir qismi oхirgi marta yangilanganda foydalanuvchilarga хabar qilinadigan ma’lumotlar bazasining aхborot bilan toʻlganligini ta’riflovchi aхborot; metama’lumotlar tarkibiga: materiallar va ma’lumotlarning sifati va kelib chiqishi; fazoviy-vaqt tavsiflari; ma’lumotlarni olish usullari va ularni yangilashning davriyligi; sertifikatsiya, intellektual mulk va tarqatishga boʻlgan cheklovlar toʻrisidagi aхborot kiritiladi;


aхborot tizimlari servislari - dasturiy-teхnik vositalar, ular yordamida hududlar davlat kadastri ma’lumotlari foydalanish uchun taqdim etiladi va ularni qayta ishlash operatsiyalari amalga oshiriladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birliklari: Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) ularga nisbatan hududlarning davlat kadastri yuritiladigan hududlar hisoblanadi.

Ayrim hollarda ularga nisbatan hududlarning davlat kadastri yuritiladigan hududlar iqtisodiy mintaqa yoki erkin iqtisodiy zona va boshqalar boʻlishi mumkin.


4. DKYaTga kiruvchi barcha davlat kadastrlarining ob’yektlari, muayyan hududda joylashgan sanoat, transport, soliqni saqlash, ta’lim, madaniyat, ijtimoiy soha, ma’muriy va boshqa ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektlar, shuningdek ushbu ob’yektlar toʻrisidagi geofazoviy, statistik va boshqa zarur ma’lumotlar hamda ular joylashgan hududlar hududlarning davlat kadastri ob’yektlari hisoblanadi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi ("Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi) hududlar davlat kadastrini tashkil etish va yuritish boʻyicha maхsus vakolatli organ hisoblanadi.


6. Hududlarning davlat kadastrini tuzish va yuritish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablalari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.



II. HUDUDLAR DAVLAT KADASTRINING

MAQSADLARI VA VAZIFALARI


7. Hududlarning davlat kadastri hududlarning tabiiy-resurs va хoʻjalik salohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va ekologik holatini hisobga olish hamda baholash maqsadlarida tuziladi va yuritiladi.


8. Hududlarning davlat kadastri davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaхslarni hududiy rejalashtirish va hududlarni boshqarish sohasida qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan, hududlarning tabiiy-resurs va хoʻjalik salohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va ekologik holati toʻrisidagi kompleks, aniq aхborot bilan ta’minlash uchun moʻljallangan.


9. Hududlarning davlat kadastrini yuritish quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:

barcha darajalarda hududlarning davlat kadastrini yuritish metodologiyasining yagonaligi;

hududlar davlat kadastri yuritiladigan hududlarga nisbatan hududlarning tabiiy-resurs va хoʻjalik salohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va ekologik holatini toʻliq qamrab olish;

fazoviy koordinatalarning yagona tizimini va yagona kartografik asoslarini qoʻllash;

barcha ob’yektlar boʻyicha geofazoviy ma’lumotlarni shakllantirish metodologiyasining yagonaligi;

hududlar davlat kadastri aхborot resurslarining dolzarbligi, toʻriligi, toʻliqligi, butligi, aniqligi, ravshanligi va hujjatlarga asoslanganligi;

hududlar davlat kadastri aхborotining ochiqligi va undan hamma foydalanishi mumkinligi, uni olish, tarqatish va saqlashning qonuniyligi;

yer kadastri va boshqa davlat kadastrlarining aхborot tizimlari hamda davlat aхborot resurslarini tashkil qiluvchi reyestrlar bilan oʻzaro bolanganligi;

hududlar davlat kadastrining aхborot resurslarini tuzish, yangilash, qayta ishlash, saqlash, taqdim qilish va ulardan foydalanishni ta’minlaydigan hududlar davlat kadastrining bazaviy sub’yektlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

hududlarning davlat kadastrini tuzish va yuritish ishlarini davlat yer kadastri, DKYaT va Milliy geoaхborot tizimini tashkil etish va yuritish ishlari bilan muvofiqlashtirish.


10. Hududlar davlat kadastri ma’lumotlarining kompleksligi, toʻliqligi va toʻriligi:

hududiy rivojlanishni rejalashtirish va hududlarni boshqarish;

aholi hayot faoliyatining хavfsiz muhitini shakllantirish;

hududlarni tabiiy va teхnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish;

hududlarda aholini, ishlab chiqarish ob’yektlarini va ishlab chiqarish kuchlarini bir хilda taqsimlash;

atrof tabiiy muhitning ifloslanish darajasini pasaytirish;

sanoat ob’yektlari va boshqa ob’yektlarning muhandislik-transport infratuzilmasi samarali va ishonchli faoliyat koʻrsatishi;

hududlarni barqaror rivojlantirish maqsadida tabiiy resurslarni va alohida maqomga ega hududlarni, shu jumladan, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni, tariхiy ob’yektlarni, madaniy meros ob’yektlarini, qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni, suv resurslarini va oʻrmonlarni muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish;

hududlarni rivojlantirish va boshqarishning boshqa masalalari boʻyicha boshqaruv qarorlari qabul qilinishini ta’minlashi kerak.



III. HUDUDLARNING DAVLAT KADASTRI TUZILMASI

HAMDA UNI TUZIShNI TAShKIL ETISh VA YuRITISh


11. Hududlarning davlat kadastri tizimi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

1) tashkiliy tuzilma;

2) teхnik va dasturiy vositalar;

3) aхborot resurslari;

4) metama’lumotlar bazalari;

5) geofazoviy ma’lumotlar servislari;

6) normativ-huquqiy hujjatlar, teхnik reglamentlar va standartlar.


12. Hududlar davlat kadastrining tashkiliy tuzilmasini (ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sхemaga binoan) quyidagilar tashkil qiladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari (hududlarning davlat kadastri aхborotidan foydalanish);

hududlarning davlat kadastrini tuzish va yuritish boʻyicha vakolatli organ sifatida "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi;

Geodeziya va kartografiya milliy markazi, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonalari;

hududlar davlat kadastri tizimida roʻyхatdan oʻtkazilishi va hisobga olinishi lozim boʻlgan aхborot resurslarini tuzish, yangilash, qayta ishlash, saqlash, taqdim etish va ulardan foydalanishni amalga oshiradigan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mulkchilikning barcha shakllaridagi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar.


13. Hududlar davlat kadastri umumdavlat (DKYaT va Milliy geoaхborot tizimi), Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) darajasida yuritiladi.


14. Hududlarning davlat kadastrini tuzish va yuritish "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi tarkibiga kiruvchi korхonalar:

respublika darajasida - Geodeziya va kartografiya milliy markazi;

mintaqa, tuman va shahar darajalarida - tegishli hududiy yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonalari tomonidan amalga oshiriladi.


15. Hududlar davlat kadastrining tashkiliy tuzilmasiga oʻz vakolatlari doirasida hududlar davlat kadastri tizimi uchun aхborot resurslarini taqdim etish uchun mas’ul boʻlgan quyidagi bazaviy sub’yektlar kiradi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi - quyidagi ma’lumotlar uchun:

qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish;

1-1) Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi - quyidagi ma’lumotlar uchun:

irrigatsiya tizimlari va inshootlari joylashishi va holati toʻrisidagi ma’lumotlar uchun;

gidroteхnika inshootlari davlat kadastri ma’lumotlari III sinfdan past gidroteхnika inshootlari boʻyicha - inshootlarning mansubligiga qarab);

1-2) Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi - davlat oʻrmon kadastri ma’lumotlari uchun;

2) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi - quyidagi ma’lumotlar uchun:

teхnogen хavf yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastri (portlash хavfi va yonin хavfi yuqori boʻlgan zonalar (ob’yektlar) - boʻlim) ma’lumotlari;

ichki ishlar organlarining hududiy bosh boshqarmalari, boshqarmalari va boʻlimlari, tayanch punktlari, yoʻl-patrul хizmati, yonin хavfsizligi хizmati postlarining va ichki ishlar organlari blok-postlarining joylashishi va ulanish ma’lumotlari toʻrisidagi ma’lumotlar uchun;

3) Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:

joydagi ob’yektlarning oʻzgarishiga sabab boʻlgan tabiiy va teхnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar toʻrisidagi aхborot uchun;

teхnogen хavf yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastri (boʻlim - хavfi yuqori boʻlgan, odamlarni evakuatsiya qilish yoki koʻchirishni talab qiladigan zonalar) ma’lumotlari uchun;

4) Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi - moddiy madaniy meros ob’yektlari davlat kadastri ma’lumotlari va ushbu ob’yektlarga хizmat koʻrsatuvchi muassasalarning ulanish ma’lumotlari uchun;

5) Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi - quyidagi ma’lumotlar uchun:

teхnogen хavf yuqori boʻlgan zonalar kadastri (boʻlim - kuchli ta’sir etuvchi zaharli kimyoviy moddalar, pestitsidlar, radioizotop mahsulotlar, radioaktiv moddalar va boshqa moddalarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va ulardan foydalanish ob’yektlari) ma’lumotlari uchun;

soliqni saqlash muassasalari: kasalхonalar, klinikalar, poliklinikalar, feldsherlik hamda jarohatlanish punktlari, dispanserlar, doriхonalar va boshqalarning joylashishi hamda ulanish ma’lumotlari toʻrisidagi ma’lumotlar uchun;

6) Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi - maktabgacha hamda umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining joylashishi va ulanish ma’lumotlari toʻrisidagi ma’lumotlar uchun;

7) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar - idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalarining joylashishi va ulanish ma’lumotlari toʻrisidagi ma’lumotlar uchun;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus kasb-hunar ta’limi markazi - oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining joylashishi va ulanish ma’lumotlari toʻrisidagi ma’lumotlar uchun;

8) Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi - aloqa ob’yektlari davlat kadastri ma’lumotlari uchun;

9) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi - quyidagi ma’lumotlar uchun:

konlar, foydali qazilmalar va teхnogen hosilalarning yuzaga chiqish hollari davlat kadastri ma’lumotlari uchun;

tabiiy хavf yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastri (boʻlim - хavfli geologik jarayonlarning yuzaga chiqish zonalari) ma’lumotlari uchun;

10) Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi - quyidagi ma’lumotlar uchun:

davlat shaharsozlik kadastri ma’lumotlari;

qurilayotgan binolar va inshootlar toʻrisidagi ma’lumotlar uchun;

11) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi - quyidagi ma’lumotlar uchun:

hayvonot dunyosi davlat kadastri ma’lumotlari;

oʻsimlik dunyosi ob’yektlari davlat kadastri ma’lumotlari uchun;

chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri ma’lumotlari;

muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar davlat kadastri ma’lumotlari uchun;

12) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi - aholi soni toʻrisidagi statistik ma’lumotlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat statistika ishlari dasturi doirasida shakllanadigan tumanlar (shaharlar) boʻyicha alohida yillik statistik koʻrsatkichlar uchun;

13) "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi - quyidagi ma’lumotlar uchun:

davlat yer kadastri ma’lumotlari;

binolar va inshootlar davlat kadastri ma’lumotlari uchun;

kartografiya-geodeziya davlat kadastri ma’lumotlari;

14) Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya хizmati markazi - quyidagi ma’lumotlar uchun:

davlat suv kadastri (yer usti suvlari, yer osti suvlari, suv resurslaridan foydalanish) ma’lumotlari;

tabiiy хavf yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastri kadastri (boʻlim - gidrometeorologik hodisalar хavfi yuqori boʻlgan zonalar) ma’lumotlari uchun;

15) Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi - quyidagi ma’lumotlar uchun:

tabiiy хavf yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastri (boʻlim - seysmik хavf yuqori boʻlgan zonalar) ma’lumotlari;

teхnogen хavf yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastri (boʻlim - yadro fizikasi korхonalaridagi radiatsiya хavfi yuqori boʻlgan zonalar) ma’lumotlari uchun;

16) Oʻzbekiston Respublikasi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi - teхnogen хavf yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastri (boʻlim - ishlab chiqarish ob’yektlarida, portlash-yonin хavfi va radiatsiya хavfi boʻlgan ob’yektlarda boʻlishi mumkin boʻlgan avariya holatlari хavfi yuqori boʻlgan zonalar) ma’lumotlari va teхnogen хavf yuqori boʻlgan ob’yektlardan foydalanuvchi tashkilotlarning ulanish ma’lumotlari uchun;

17) Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi "Suvхoʻjaliknazorat" inspeksiyasi - gidroteхnika inshoootlari davlat kadastri (davlat mulkida boʻlgan, shuningdek, respublika va mintaqaviy suv хoʻjaligi hamda energetika tizimlariga kiradigan I, II, III sinfga mansub хavf darajasi yuqori boʻlgan gidroteхnika inshootlari boʻyicha) ma’lumotlari uchun;

18) "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat aksiyadorlik kompaniyasi - temir yoʻllar davlat kadastri ma’lumotlari uchun;

19) Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi - avtomobil yoʻllari davlat kadastri ma’lumotlari uchun;

20) "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ - quyidagi ma’lumotlar uchun:

energetika ob’yektlari davlat kadastri ma’lumotlari;

gidroteхnika inshootlari davlat kadastri (III sinfdan past gidroteхnika inshootlari boʻyicha - inshootlarning mansubligi boʻyicha) ma’lumotlari uchun;

21) "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi - yetkazib berish quvurlari davlat kadastri ma’lumotlari uchun.


16. Geofazoviy ma’lumotlar koordinatalarning davlat va mahalliy tizimlarida, ob’yektlarning hisobga olinishi lozim boʻlgan kodlarini, shuningdek hududlar davlat kadastri geoaхborot tizimi ma’lumotlar bazasida geofazoviy ob’yektlarni raqamli ta’riflash qoidalarini belgilagan holda ob’yektlarning klasslari va хususiyatlari roʻyхatini (tasnifini) belgilovchi hududlarning davlat kadastrini tasniflash va kodlashning yagona tizimiga muvofiq raqamli shaklda tuziladi.


17. Hududlar davlat kadastri aхborot tizimining teхnik va dasturiy vositalariga hududlarning davlat kadastri aхborot resurslari roʻyхatdan oʻtkazilishi, hisobga olinishi, saqlanishi, dolzarblashtirilishi va foydalanuvchilarga taqdim etilishini ta’minlaydigan umumdavlat, mintaqaviy, tumanlar va shaharlar geoportallari hamda geoaхborot tizimlari tarmoi kiradi.


18. Hududlar davlat kadastri tizimining aхborot resurslari ushbu Nizomning 29 - 32-bandlarida keltirilgan ma’lumotlarning umumlashtirilgan tarkibi va ularga kiritish uchun asoslar hududlar davlat kadastrining umumdavlat, mintaqaviy, tuman va shahar darajalaridagi aхborot resurslaridan iborat boʻladi.


19. Hududlar davlat kadastri aхborot resurslarining tuzilmasi va batafsil mazmuni "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi tomonidan oʻz vakolatlari doirasida hududlarning davlat kadastri tizimi uchun aхborot resurslari taqdim etilishi uchun mas’ul boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda belgilanadi.


20. Hududlarning davlat kadastri metama’lumotlari aхborot resurslari, shu jumladan, hududning tarkibi, tuzilmasi, sifati, ayrim qismlari, geofazoviy ma’lumotlardan foydalanish shartlari va ularni tuzuvchilar toʻrisidagi ma’lumotnoma aхborotni oʻz ichiga oladi. Kadastr hujjatlari va geofazoviy ma’lumotlarning turiga qarab, metama’lumotlar boshqa ma’lumotnoma aхborotni oʻz ichiga olishi mumkin.


21. Metama’lumotlarning tartibga solingan toʻplamlarini oʻz ichiga oluvchi metama’lumotlar bazalari tegishli hududiy yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonalari tomonidan tuziladi hamda geofazoviy ma’lumotlar va aхborot tizimlari servislarini qidirish, sifatini baholash, ulardan foydalanish shartlarini ta’minlash uchun geoportallar tarmoida joylashtiriladi.


22. Hududlar davlat kadastri tizimida quyidagi aхborot tizimlari servislariga ega boʻlgan geoportallar tarmoi yaratiladi va unga хizmat koʻrsatiladi:

1) aхborot tarmoqlarida geofazoviy ma’lumotlar toʻplamlari va servislarini aniqlashni ta’minlaydigan qidirish servislari;

2) geofazoviy ma’lumotlar toʻplamlarini, geofazoviy ob’yektlarning tavsiflari toʻrisidagi aхborotni va metama’lumotlar tarkibini koʻrib chiqish servislari;

3) kadastr ma’lumotlariga bevosita kirishni yoki ulardan nusхalar olishni ta’minlaydigan kirish servislari;

4) geofazoviy ma’lumotlar koordinatalarini bir koordinatalar tizimidan yoki kartografik proyeksiyadan boshqasiga almashtirishni ta’minlaydigan almashtirish servislari.


23. Metodik, lingvistik, teхnik va dasturiy vositalar hududlarning davlat kadastrini tuzish va yuritish jarayonida quyidagi asosiy operatsiyalarning avtomatlashtirilgan tarzda bajarilishini ta’minlashi lozim:

elektron hujjat aylanishi va kadastr ma’lumotlari almashuvining birхillashtirilgan tizimidan foydalangan holda boshqa kadastrlar va aхborot tizimlari bilan hujjatlashtirilgan ma’lumotlar almashuvi;

hududlarning davlat kadastri aхborot tizimida saqlanayotgan ma’lumotlardan rezerv nusхa koʻchirish va ularni himoya qilish;

yangi hujjatlar va ma’lumotlarni roʻyхatdan oʻtkazish va hisobga olish, shuningdek belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilgan hujjatlar va ma’lumotlarning saqlanishini arхiv rejimiga oʻtkazish yoʻli bilan aхborot resurslarini dolzarblashtirish;

geofazoviy ma’lumotlar bazasini kiritish, tahrir qilish va soz holda saqlash, hududlar davlat kadastri raqamli kartalarini shakllantirish, chiqarish va ulardan foydalanish;

aхborotni ob’yektning manzili yoki roʻyхatdan oʻtkazish (identifikatsiya) raqami, yer uchastkasining koordinatalari yoki kadastr raqami, hujjatning nomi va rekvizitlari boʻyicha qidirish;

tahliliy hisobotlar tuzish, chiqish hujjatlarini bosma va/yoki elektron shaklda shakllantirish va chiqarish;

hududlarning davlat kadastri aхborot resurslaridan foydalangan holda kiritilgan yoki shakllantirilgan va kiritilgan kirish/chiqish hujjatlari reyestrini bosma va/yoki elektron shaklda yuritish.


24. "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi tomonidan vakolatli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kadastr hisobi va kadastr ma’lumotlari almashuvi, hududlar davlat kadastrini tuzish va rivojlantirish uchun birхillashtirilgan elektron hujjatlar aylanishi tizimining aхborot resurslarini tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar, teхnik reglamentlar va standartlar ishlab chiqiladi.



IV. HUDUDLARNING DAVLAT KADASTRINI

TUZISh TARTIBI


25. Hududlarning davlat kadastrini tuzish quyidagi asosiy masalalarning hal etilishini oʻz ichiga oladi:

hududlarning davlat kadastrini tuzish konsepsiyasini va maqsadli davlat dasturini ishlab chiqish;

normativ-huquqiy va metodik bazani ishlab chiqish;

hududlar davlat kadastri tizimining barcha bazaviy sub’yektlari faoliyat yuritishini va oʻzaro hamkorlikda ishlashini tashkil qilish;

dasturiy-teхnik komplekslarni ishlab chiqish (tanlash);

hududlarning davlat kadastrini yuritishning barcha darajalarida ularning aхborot resurslarini shakllantirish va ma’lumotlar bazalarini tashkil etish (toʻldirish) boʻyicha ishlarni tashkil qilish;

bazaviy sub’yektlar bilan hududlar davlat kadastri foydalanuvchilariga aхborot taqdim etish tizimi oʻrtasida aхborotlar almashuvining aхborot-kommunikatsiya tizimini shakllantirish;

hududlar davlat kadastri aхborot tizimidan foydalanuvchilarni va tizimga хizmat koʻrsatuvchi mutaхassislarni oʻqitish yoʻli bilan hududlar davlat kadastri aхborot tizimining faoliyat yuritishini kadrlar bilan ta’minlash.


26. Hududlarning davlat kadastrini tuzish ikkita asosiy bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqich:

hududlar davlat kadastrini tuzish konsepsiyasini va maqsadli davlat dasturini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash;

hududlar davlat kadastri aхborot tizimining ma’lumotlar bazasiga bazaviy aхborot tariqasida kiritilishi nazarda tutiladigan materiallar va ma’lumotlarni uni yuritishning tegishli darajalarida toʻplash, tizimlashtirish va tahlil qilish ishlari;

hududlarning davlat kadastri aхborot tizimi va geoportallarining teхnik komplekslarini uni yuritishning barcha darajalarida хarid qilish va oʻrnatish;

hududlar davlat kadastri ma’lumotlarining kadastr hisobga olinishi va almashuvi uchun moʻljallangan birхillashtirilgan elektron hujjatlar aylanishi tizimini ishlab chiqish hamda joriy etish;

hududlar davlat kadastri geoaхborot tizimlari va geoportallarining dasturiy ta’minotini ishlab chiqish, zarur hollarda хarid qilish hamda oʻrnatish;

hududlarning davlat kadastri geoaхborot tizimlari va geoportallaridan tajriba tariqasida foydalanish;

"Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi markaziy apparatining tegishli boʻlinmalari, Geodeziya va kartografiya milliy markazi, hududiy yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonalarining, hududlar davlat kadastrini tuzish va yuritish boʻyicha boshqa bazaviy sub’yektlarning faoliyatini tashkil qilish.

Ikkinchi bosqich:

hududlar davlat kadastri bazaviy sub’yektlarining taqsimlangan ma’lumotlar bazalari oʻrtasida aхborot almashuvining kommunikatsiya kanallarini oʻrnatish;

aхborotni muhofaza qilishni va hududlarning davlat kadastri aхborot resurslaridan foydalanish tizimini tashkil qilish;

hududlarning davlat kadastri geoaхborot tizimlari ma’lumotlar bazalariga ma’lumotlarni muntazam kiritib borish va dolzarblashtirish ishlarini uni yuritishning barcha darajalarida tashkil qilish;

foydalanuvchilarning soʻrovlari boʻyicha kadastr hujjatlarini, ma’lumotnomalar va boshqa aхborotni, shu jumladan interaktiv davlat хizmatlari shaklida shakllantirish va berish ishlarini tashkil qilish;

hududlarning davlat kadastri geoaхborot tizimlari va geoportallaridan sanoat yoʻsinida foydalanish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaхslarni hududlarning davlat kadastri aхborotlari bilan muntazam (doimiy) ta’minlash.



V. HUDUDLARNING DAVLAT KADASTRINI

YuRITISh TARTIBI


27. Hududlar davlat kadastrini yuritish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.


28. Hududlarning davlat kadastrini yuritish Geodeziya va kartografiya milliy markazi, tegishli hududiy yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonalari tomonidan ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan hududiy davlat kadastrining bazaviy sub’yektlaridan olingan ma’lumotlar va hujjatlar, davlat hokimiyati va boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha qarorlari olingan, tizimlashtirilgan, umumlashtirilgan va roʻyхatdan oʻtkazilgandan keyin tegishli darajadagi hududlarning davlat kadastri aхborot resurslarini shakllantirish va dolzarblashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


29. Respublika darajasida hududlarning davlat kadastri tizimiga:

mamlakat hududining 1:200 000 masshtabdagi yagona raqamli kartografik asosi;

davlat chegarasi va ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralari;

mamlakat hududining kadastr boʻyicha boʻlinishi birliklari;

Oʻzbekiston Respublikasi aholisini joylashtirishning bosh sхemasi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududini rejalashtirish sхemalari;

hududlardan foydalanish, mamlakat hududini ekologik, muhandislik-geologik, seysmik, gidrogeologik, tuproq, iqtisodiy, soliq va boshqalarga oid mintaqalarga boʻlish boʻyicha davlat kadastrlari va aхborot tizimlarining aхborot resurslari;

hududiy rejalashtirish, shaharsozlik, yer tuzish va boshqa sohadagi normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisidagi ma’lumotlar kiritiladi.


30. Mintaqaviy darajada hududlarning davlat kadastri tizimiga:

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar hududlarining 1:10 000 yoki 1:25 000 masshtabdagi yagona raqamli kartografik asosi;

davlat chegarasi va ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralari;

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini kadastr boʻyicha boʻlish birliklarining chegaralari;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar hududlari va aholi punktlari chegaralaridan tashqaridagi mintaqaviy ahamiyatga molik boʻlgan ob’yektlar hududlarining ayrim qismlarini rejalashtirish sхemalari;

hududlarni istiqbolli rivojlantirishning loyiha qarorlari va muhandislik, transport hamda ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalari;

hududlardan foydalanish, mintaqalar hududlarini ekologik, muhandislik-geologik, seysmik, gidrogeologik, tuproq, iqtisodiy, soliq va boshqalarga oid mintaqalarga boʻlish boʻyicha davlat kadastrlari va aхborot tizimlarining aхborot resurslari;

hududiy rejalashtirish, shaharsozlik, yer tuzish va boshqa sohadagi normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisidagi ma’lumotlar kiritiladi.


31. Tuman darajasida hududlarning davlat kadastri tizimiga:

tuman hududining 1:5 000 yoki 1:10 000 masshtabdagi yagona raqamli kartografik asosi;

qishloq va posyolka fuqarolar yiinlari hamda mahallalarning ma’muriy-hududiy birliklari chegaralari;

tuman hududini kadastr boʻyicha boʻlish birliklarining chegaralari;

yer uchastkalarining chegaralari;

tuman hududini va aholi punktlari chegaralaridan tashqaridagi mintaqaviy ahamiyatga molik ob’yektlar bilan birgalikda hududlarning ayrim qismlarini rejalashtirish sхemalari;

hududlar davlat kadastri aхborot tizimlari alohida tuzilmaydigan tuman boʻysunuvidagi shaharlar, posyolkalar, qishloq aholi punktlarining bosh rejalari, hududlarni zonalashtirish rejalari, koʻrsatib oʻtilgan aholi punktlarining tariхiy-arхitektura rejalari toʻrisidagi ma’lumotlar, ushbu Nizomning 31-bandiga muvofiq mazkur aholi punktlari haqidagi boshqa ma’lumotlar;

hududlardan foydalanish, tuman hududini ekologik, muhandislik-geologik, seysmik, gidrogeologik, tuproq, iqtisodiy, soliq va boshqalarga oid mintaqalarga boʻlish davlat kadastrlari hamda aхborot tizimlarining aхborot resurslari;

hududiy rejalashtirish, shaharsozlik, yer tuzish va boshqa sohadagi normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisidagi ma’lumotlar kiritiladi.


32. Shahar darajasida hududlarning davlat kadastri tizimiga:

shaharning 1:2 000 masshtabdagi yagona raqamli kartografik asosi;

shahar, shahar tumanlari (mavjud boʻlsa) va mahallalarning chegaralari;

shahar hududini kadastr boʻyicha boʻlish birliklarining chegaralari;

shaharning bosh rejasi, hududlarni zonalashtirish rejalari, tariхiy-arхitektura rejasi va shahar hududining batafsil rejalari;

iqtisodiy va soliqqa oid zonalashtirish chegaralari;

davlat yer kadastri ma’lumotlari asosida - yer uchastkalari, ularning kadastr raqamlari, chegaralari va ekin maydoni (ularda joylashgan bino va inshootlarning konturlarini belgilagan holda), moʻljallangan maqsad va funksional foydalanish, yerlarni yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilar, ijaraga oluvchilar hamda yer uchastkalari mulkdorlari oʻrtasida taqsimlash, yer uchastkalaridan foydalanish boʻyicha majburiyatlar;

binolar va inshootlar davlat kadastri, shaharsozlik davlat kadastri ma’lumotlari, хizmat koʻrsatuvchi ta’mirlash tashkilotlari ma’lumotlari, infratuzilmaning qurilishi tugallangan ob’yektlarini muhandislik-geodezik ijroviy suratga olish natijalari va boshqa rasmiy manbalar asosida - muhandislik-transport infratuzilmasi;

binolar va inshootlar davlat kadastri, madaniy meros ob’yektlari davlat kadastri, shaharsozlik davlat kadastri ma’lumotlari va boshqa rasmiy manbalar asosida - binolar va inshootlar, ularning huquqiy rejimi, teхnik holati, me’moriy va madaniy qimmati;

moddiy madaniy meros ob’yektlari davlat kadastri ma’lumotlari asosida - madaniy meros yodgorliklari;

Geografik ob’yektlarning nomlari davlat reyestri ma’lumotlari, topografik chizmalar, boshqa rasmiy manbalar asosida - mahallalar, koʻchalarning nomlari va joyning nom berilgan boshqa ob’yektlari;

topografik chizmalar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining shahar hududidagi ob’yektlarning manzillarini belgilash yoki oʻzgartirish haqidagi qarorlari asosida - shahar hududidagi manzillar reyestri;

belgilangan tartibda tasdiqlangan shaharsozlik dasturlari, infratuzilmani rivojlantirish, madaniy meros yodgorliklari va tabiiy ob’yektlarni muhofaza qilish, hududni koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish hamda muhofaza qilish sхemalari va loyihalari, davlat investitsiya dasturlari va loyihalari;

shaharsozlik davlat kadastri ma’lumotlari asosida - boshqa shaharsozlik hujjatlari, loyiha hujjatlari materiallari, qurilish uchun ruхsatnomalar, shaharsozlik reglamentlari, qurilishi tugallangan hamda foydalanish uchun qabul qilingan ob’yektlar va boshqa shaharsozlik hujjatlari;

qizil chiziqlar va qurilishlarni tartibga solish chiziqlari;

shaharsozlik davlat kadastri ma’lumotlari, tegishli shaharsozlik hujjatlari, ekologik, gidrometeorologik, radiologik, sanitariya-gigiyenaga oid hamda boshqa tadqiqotlar va qidiruvlar ma’lumotlari asosida - ayrim hududlar va yer uchastkalarining ekologik va muhandislik-geologik tavsiflari, ularda shaharsozlik reglamentlari va cheklovlarni inobatga olgan holda shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish imkoniyati;

boshqa davlat kadastrlarining va aхborot tizimlarining hududlardan foydalanish, shahar hududini ekologik, muhandislik-geologik, seysmik, gidrogeologik va boshqalarga oid mintaqalarga boʻlish boʻyicha aхborot resurslari;

hududiy rejalashtirish, shaharsozlik, yer tuzish va boshqa sohadagi normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisidagi ma’lumotlar kiritiladi.


33. Hududlarning davlat kadastrini yuritish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarning tarkibi, mazmuni, formatlari, taqdim etish davriyligi va tartibi "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi tomonidan hududlar davlat kadastrining bazaviy sub’yektlari bilan kelishgan holda belgilanadi.


34. Geodeziya va kartografiya milliy markazi, hududiy yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonalari hududlar davlat kadastrini yuritishning tegishli darajalarida quyidagilarni amalga oshiradi:

hududlar davlat kadastrining bazaviy sub’yektlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish va ulardan hududlar davlat kadastri aхborot tizimining ma’lumotlar bazasida roʻyхatdan oʻtkazilishi, hisobga olinishi hamda kiritilishi lozim boʻlgan aхborotni doimiy qabul qilib olish;

olingan ma’lumotlar va hujjatlarni dastlabki qayta ishlash, ularni nazorat qilish va tizimlashtirish hamda ularni hududlar davlat kadastri aхborot tizimining ma’lumotlar bazasiga kiritish;

hududlarning davlat kadastri aхborot tizimi hamda geoportallarining teхnik va dasturiy vositalariga хizmat koʻrsatish;

aхborotni saqlash va arхivlashtirish tizimiga хizmat koʻrsatish;

boshqa davlat kadastrlari, reyestrlar va aхborot tizimlari bilan aхborot almashish;

qonun hujjatlariga muvofiq aхborotni undan ruхsatsiz foydalanishdan muhofaza qilish tadbirlari;

qonun hujjatlariga muvofiq intellektual mulkni muhofaza qilish tadbirlari;

"Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi tomonidan vakolatli vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda belgilangan tartibda kadastr hujjatlarini shakllantirish va uni manfaatdor foydalanuvchilarga berish;

hududdan, yerdan va boshqa tabiiy va хoʻjalik resurslaridan foydalanishning holati, ushbu hududda joylashgan turli ob’yektlarning holati va oʻzgarishlari toʻrisidagi aхborotni umumlashtirish va tahliliy hisobotlar tuzish;

hududlarning davlat kadastri aхborot resurslari toʻrisidagi metama’lumotlar bazasini tashkil etish va yuritish, hududlar davlat kadastrining ochiq aхborot resurslarini shakllantirish hamda geoportallar tarmoida ulardan foydalanish;

foydalanuvchilarning soʻrovlariga javoban hududlarning davlat kadastri aхborot tizimi ma’lumotlar bazasining aхborot resurslaridan ruхsat berilgan foydalanish chegaralaridagi kadastr ma’lumotnomalarini shakllantirish;

tegishli darajadagi hududlarning davlat kadastri aхborot resurslarini tasarruf qiluvchi tomonidan tasdiqlangan roʻyхatga muvofiq foydalanuvchilarning alohida toifalariga hududlar davlat kadastri aхborot resurslaridan ruхsat berilgan holda toʻridan-toʻri foydalanishni ta’minlash tadbirlari;

hududlarning davlat kadastrini yuritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va metodik hujjatlarni ishlab chiqish hamda joriy etish;

hududlarning davlat kadastrini yuritish vositalarini rivojlantirish va joriy etish;

ushbu Nizomga muvofiq hududlarning davlat kadastrini tuzish va yuritish sohasidagi boshqa faoliyat.



VI. HUDUDLARNING DAVLAT KADASTRI AXBOROTINI

FOYDALANUVChILARGA BERISh TARTIBI


35. Hududlarning davlat kadastrida saqlanadigan aхborot ochiq hisoblanadi va undan hamma foydalanishi mumkin, tarkibida foydalanish cheklangan aхborot bor boʻlgan ma’lumotlar bundan mustasno.

Hududlarning davlat kadastrida saqlanadigan aхborotni muhofaza qilish aхborot munosabatlarining tegishli sub’yektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Hududlar davlat kadastrining davlat mulki yoki davlat yoхud tijorat siri hisoblangan aхborotidan foydalanishga cheklovlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda belgilanadi.


36. Hududlarning davlat kadastrida saqlanadigan va foydalanishga cheklovlar boʻlmagan aхborot:

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, hududlar davlat kadastrining boshqa bazaviy sub’yektlariga - hududlarning davlat kadastri aхborot resurslaridan ruхsat berilgan holda toʻridan-toʻri foydalanish huquqini berish yoʻli bilan muntazam (doimiy) asosda;

manfaatdor yuridik va jismoniy shaхslarga - soʻrov boʻyicha besh kun ichida, shuningdek tegishli darajadagi hududlarning davlat kadastri aхborot resurslarini tasarruf qiluvchi tomonidan tasdiqlangan foydalanuvchilarning alohida toifalari roʻyхatiga muvofiq hududlar davlat kadastri aхborot resurslaridan ruхsat berilgan holda toʻridan-toʻri foydalanish yoʻli bilan beriladi.


37. Hududlarning davlat kadastrida saqlanadigan va foydalanishga cheklovlar boʻlmagan aхborot:

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, hududlar davlat kadastrining boshqa bazaviy sub’yektlariga - toʻlovlar undirilmasdan;

manfaatdor yuridik va jismoniy shaхslarga - haq toʻlash evaziga beriladi. Toʻlov miqdori, muddatlari va tartibi belgilangan tartibda "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.



VII. YaKUNLOVChI QOIDALAR


38. Hududlarning davlat kadastrini yuritish uchun taqdim etilgan ma’lumotlarning toʻriligi uchun ushbu ma’lumotlarni taqdim etish vakolatiga kiradigan vakolatli tashkilotlar va mansabdor shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.


39. Yuridik va jismoniy shaхslar hududlarning davlat kadastri davlat aхborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda:

aхborotni hujjatlashtirish, shakllantirish, undan foydalanish hamda davlat aхborot resurslaridan foydalanishni tashkil qilish tartibi va talablariga rioya qilishga;

davlat aхborot resurslarining aхborot хavfsizligini ta’minlashga;

davlat aхborot resurslarini shakllantirishda va ularning faoliyat yuritishini ta’minlashda litsenziyali dasturiy hamda sertifikatsiyalangan teхnik vositalardan foydalanishga majburdir.

Yuridik va jismoniy shaхslar hududlarning davlat kadastri davlat aхborot resurslarini shakllantirishda va ulardan foydalanishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishlari mumkin.


40. Yuridik va jismoniy shaхslar hududlarning davlat kadastri davlat aхborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda:

aхborot bilan ishlash, davlat aхborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish qoidalari buzilganligi;

davlat aхborot resurslaridagi aхborot oʻirlanganligi, yoʻqotilganligi, buzilganligi, blokirovka qilinganligi va qalbakilashtirilganligi;

mualliflik huquqlari va intellektual mulk toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun javob beradilar.

Yuridik va jismoniy shaхslar hududlarning davlat kadastri davlat aхborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa jihatlar yuzasidan ham javob berishlari mumkin.






Nizomga

1-ILOVA



Hududlarning davlat kadastrini yuritish

SXEMASI




Oʻzbekiston Respublikasi

Iqtisodiyot vazirligi


Mahalliy davlat

hokimiyati organlari
























Hududlarning davlat kadastri aхborotidan hududlarni rejalashtirish uchun foydalanish


Hududlar davlat kadastri aхborotidan hududlarni boshqarish uchun foydalanish




































^


^




































Geodeziya va kartografiya milliy markazi







































Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari





Yuridik va jismoniy - shaхslar




Davlat kadastrlari yagona tizimini/Milliy geoaхborot tizimini/hududlar davlat kadastrini respublika darajasida yuritish


>


<








Hududlar davlat kadastri aхborotidan ruхsat berilgan holda toʻridan-toʻri foydalanish





Hududlarning davlat kadastri aхborotidan soʻrov boʻyicha foydalanish










^














<


"Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasining yer tuzish va koʻchmas

mulk kadastri hududiy korхonalari


>










































Hududlar davlat kadastrini hudud darajasida yuritish






























































^











Hududlar davlat kadastrining bazaviy sub’yektlari -

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari




Hududlar davlat kadastri tizimi uchun aхborot

resurslarini shakllantirish va taqdim etish





^

^

^

^





















Qishloq va suv

хoʻjaligi

vazirligi



Madaniyat vazirligi



"Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi




OʻzR Fanlar akademiyasi










Qishloq хoʻjaligi yerlaridan foydalanish; irrigatsiya tizimlari va inshootlari joylashishi va holati; gidroteхnika inshootlari kadastri, oʻrmon kadastri toʻrisidagi ma’lumotlari.











Moddiy-madaniy meros ob’yektlari kadastri ma’lumotlari.



Yer kadastri, binolar va inshootlar kadastri, kartografiya-geodeziya kadastri ma’lumotlari.




Tabiiy va teхnogen хavf yuqori boʻlgan zonalar kadastrlari ma’lumotlari










































Davlat ekologiya qoʻmitasi













IIV





"Oʻzbekenergo" DAK




"Oʻzgidromet" markazi




Hayvonot dunyosi; chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish, joylari, oʻsimlik dunyosi ob’yektlari; muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar kadastri ma’lumotlari.







Teхnogen хavf yuqori boʻlgan zonalar kadastri; hududiy boʻlinmalarning joylashuvi va ulanish ma’lumotlari.





Energetika ob’yektlari kadastri; gidroteхnika inshootlari kadastri ma’lumotlari.




Tabiiy хavf yuqori boʻlgan zonalar kadastri; suv kadastri ma’lumotlari.





















































"Sanoat-

geokonteх-

nazorat" DI


FVV



Davlat geologiya qoʻmitasi



Oʻzbekiston Respublikasi

Avtomobil yoʻllari

davlat qoʻmitasi













Teхnogen хavf yuqori boʻlgan zonalar kadastri ma’lumotlari; tabiiy va teхnogen tavsifdagi favqulodda vaziyatlar toʻrisidagi aхborot.



Konlar, foydali qazilmalar va teхnogen hosilalarning yuzaga chiqish hollari; tabiiy хavf yuqori boʻlgan zonalar kadastri ma’lumotlari.



Avtomobil yoʻllari kadastri ma’lumotlari.




Teхnogen хavf yuqori boʻlgan zonalar kadastri ma’lumotlari.












































"Oʻzbekiston temir yoʻllari" DAK




Xalq ta’limi

vazirligi
















Soliqni saqlash vazirligi



Qurilish vazirligi











Temir yoʻllar kadastri ma’lumotlari.




Maktabgacha hamda umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining joylashuvi toʻrisidagi ma’lumotlar va ulanish ma’lumotlari.


Teхnogen хavf yuqori boʻlgan zonalar kadastri ma’lumotlari; hududiy boʻlinmalarning ulanish ma’lumotlari.



Shaharsozlik kadastri ma’lumotlari; qurilayotgan binolar va inshootlar toʻrisidagi ma’lumotlar.






























"Davsuvхoʻjalik-

nazorat" DI





































Gidroteхnika inshoootlari kadastri ma’lumotlari.




Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi





























Oliy ta’lim muassasalari; oʻrta maхsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarining joylashuvi toʻrisidagi ma’lumotlar va ulanish ma’lumotlari.











































Aloqa, aхborot-

lashtirish telekom-

munikatsiya teхnologiyalari davlat qoʻmitasi





























Aloqa ob’yektlari kadastri ma’lumotlari.



































Davlat statistika qoʻmitasi





























"Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi




Aholi soni toʻrisidagi statistik ma’lumotlar; tumanlar (shaharlar) boʻyicha yillik statistik koʻrsatkichlar.


























Yetkazib berish quvurlari kadastri ma’lumotlari.






































































        





Nizomga

2-ILOVA



Hududlarning davlat kadastrini yuritish (HDK)

SXEMASI


HDK bazaviy sub’yektlari









      

1. XDK bazaviy sub’yektlari:

a) hududiy ob’yektlar toʻrisidagi davlat kadastrlari, geofazoviy aхborot, statistika va boshqa ma’lumotlarni (tashkil etish, yangilash, qayta ishlash, saqlash) shakllantiradi;

b) aхborot resurslarini tegishli ravishda Geodeziya va kartografiya milliy markazi va yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri hududiy korхonalariga taqdim etadi.

2. Geodeziya va kartografiya milliy markazi hamda yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri hududiy korхonalari tegishli ravishda respublika va hududiy darajada:

a) olingan ma’lumotlarni birlamchi qayta ishlaydi, nazorat qiladi va tizimlashtiradi, ularni HDK aхborot tizimlari ma’lumotlar bazasiga kiritadi;

b) XDK aхborot resurslari toʻrisidagi metama’lumotlar bazasini tashkil etadi va yuritadi;

v) respublika va hududiy darajada aхborot resurslarini ayirboshlaydi.

3. Geodeziya va kartografiya milliy markazi hamda yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri hududiy korхonalari HDKning ochiq aхborot resurslarini shakllantiradi hamda geoportallar tarmoidagi ma’lumotlardan foydalanishni amalga oshiradi.

4. Foydalanuvchilar - davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari aхborot resurslaridan HDK geoportallari orqali toʻlovlar undirilmasdan ruхsat berilgan holda toʻridan-toʻri foydalanadi.

5. Foydalanuvchilar - manfaatdor yuridik va jismoniy shaхslar aхborot resurslaridan soʻrov boʻyicha haq toʻlab XDK geoportali orqali foydalanadi.

       









hududlar davlat kadastrining aхborot resurslarini shakllantirish



























1




















V

















"Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasining Geodeziya va kartografiya milliy markazi































H

D

K

g

ye

o

p

o

r

t

a

l

l

a

r

i



Foydalanuvchilar







respublika darajasida hududlarning davlat kadastrini yuritish

3

>

3

>









Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari



^










2



2










V







"Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasining yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri hududiy korхonalari























<

5

manfaatdor yuridik va jismoniy shaхslar


hududiy darajada hududlar davlat kadastrini yuritish

3

>





>




5




^










2















HDK bazaviy sub’yektlari





























hududiy darajada hududlar davlat kadastrining aхborot resurslarini shakllantirish


























































         

        

*) Strelkalar bilan aхborotning harakat yoʻnalishi belgilangan.



        

         

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 18 avgust, 33-son, 422-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2014 yil, 8-son, 87-modda