Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.02.1995 y. 38-f-son Farmoyishi. Aholiga pensiyalar, nafaqalar toʻlash bilan bogʻliq pul mablagʻlarini toʻplash, mablagʻ bilan ta’minlash va ularning ishlatilishi boʻyicha hisobot ishlari tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

FARMOYIShI

14.02.1995 y.

N 38-f



1. Aholiga pensiyalar, nafaqalar toʻlashga yoʻnaltiriladigan pul mablalarini toʻplash, mabla bilan ta’minlash va ularning ishlatilishiga doir hisobot ishlari tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Aloqa vazirligi, Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy suurta jamarmasi bilan kelishgan holda 10 kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi korхonalari tomonidan pensiya va nafaqalarni toʻlash boʻyicha Yoʻriqnomaga tegishli oʻzgartirishlar kiritsinlar.


3. "Oʻzsanoatqurilishbank" va "Oʻzdehqonchiliksanoatbank" ish haqini tashkilotlarga ijtimoiy suurta boʻyicha badallarni toʻlashga doir topshiriqnoma mavjud boʻlgan taqdirda bersinlar hamda "Oʻzbekiston pochtasi" konserni aloqa tarmoqlarining pensiya va nafaqalarni toʻlash uchun naqd pul mablalari olish yuzasidan buyurtmanomalarini birinchi navbatda ta’minlasinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamarmasi majburiy davlat ijtimoiy suurtasi boʻyicha badallarni yuridik va jismoniy shaхslarning oʻz vaqtida toʻlashi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.

5. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar va madaniyat boʻlimiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri                                   A. Mutalov






Vazirlar Mahkamasining

1995 yil 14 fevraldagi

38-f-son farmoyishiga

ILOVA



Aholiga pensiyalar, nafaqalar toʻlash bilan

boliq pul mablalarini toʻplash, mabla bilan

ta’minlash va ularning ishlatilishi

boʻyicha hisobot ishlari

TARTIBI


1. 1995 yil 1 martdan boshlab Pensiya jamarmasining pensiya va nafaqalarni mabla bilan ta’minlashga yoʻnaltiriladigan mablalari Jamarmaning tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan, bevosita tuman (shahar) aloqa tarmoqlari tomonidan, toʻlov davri boshlanishidan kechi bilan 5 kun oldin oʻtkaziladi.

Bunda jamarma banki muassasalariga va pensiyalarni yetkazib berish boʻyicha kichik korхonalarga mablalarni oʻtkazishning amalda tartibi saqlanib qoladi.


2. Pensiya jamarmasining tuman (shahar) boʻlimlari har oyda Pensiya jamarmasining tuman (shahar) boʻlimlariga pensiya va nafaqalarga boʻlgan ehtiyoj yuzasidan buyurtmanomalarni, tuman (shahar) aloqa tarmoqlariga, jamarma banki muassasalariga va ijtimoiy ta’minot tizimining kichik korхonalariga esa pensiya va nafaqalar toʻlash yuzasidan vedomostlar va topshiriqnomalarni taqdim etadilar.

3. Taqdim etilgan buyurtmanomalarga muvofiq Jamarma pensiya va nafaqalarni mabla bilan ta’minlashni amalga oshiradi, aloqa tizimining organlari, jamarma banklari muassasalari hamda ijtimoiy ta’minot tizimining kichik korхonalari esa ularni ijtimoiy ta’minot organlari tomonidan taqdim etilgan vedomost va topshiriqnomalar boʻyicha fuqarolarga toʻlaydilar.


4. Tuman (shahar) aloqa, ijtimoiy ta’minot organlari toʻlov davri tugagandan keyin har oyda pensiya va nafaqalarni toʻlashga hamda yetkazib berishga moʻljallangan mablalar boʻyicha oʻzaro solishtirishni amalga oshiradilar.