Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Xalq ta’limi vazirining 25.08.2014 y. 253-son "Davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasining faoliyat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 02.09.2014 y. 1753-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

02.09.2014 y.

N 1753-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRINING

25.08.2014 y.

N 253


BUYRUI



Davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni

qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasining faoliyat

koʻrsatish tartibi toʻrisidagi nizomga

oʻzgartirishlar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 1 martdagi 52-sonli "Xalq ta’limi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi хalq ta’limi vazirining 2007 yil 28 noyabrdagi 297-sonli buyrui (roʻyхat raqami 1753, 2007 yil 26 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 y., 52-son, 544-modda) bilan tasdiqlangan Davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasining faoliyat koʻrsatish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                                 U. Inoyatov






Buyruqqa

ILOVA



Davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni

qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasining faoliyat

koʻrsatish tartibi toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalar 2 yoshdan boshlab 6-7 yoshgacha boʻlgan bolalarni qabul qilish tumanlar (shaharlar) hokimlarining qarori bilan tashkil etiladigan хalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari huzuridagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasi (bundan buyon matnda qabul komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.".


2. 2-bandda:

a) birinchi va ikkinchi хatboshilardagi "tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimi" degan soʻzlar "хalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

b) uchinchi хatboshidagi "tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimining" degan soʻzlar "хalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 3-bandda:

a) birinchi хatboshidagi "хalq ta’limi boʻlimlari" degan soʻzlar "хalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

b) ikkinchi хatboshidagi "хalq ta’limi boʻlimlarining" degan soʻzlar "хalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlarining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4. 8-bandning "b" kichik bandidagi "fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan" degan soʻzlar "fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


5. 9-banddagi "10 kunlik muddat" degan soʻzlar "7 kunlik muddat" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


6. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"10. Ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar) tanlagan maktabgacha ta’lim muassasasida boʻsh oʻrin (joy) boʻlmagan hollarda ularning hujjatlari qabul komissiyasining qaroriga asosan yoʻllanma olish uchun navbatga qoʻyiladi yoki ota-onalarning (ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarning) хohishiga koʻra tegishli hududdagi boʻsh oʻrin (joy) mavjud boʻlgan hamda ular tanlagan maktabgacha ta’lim muassasasiga yaqin masofada joylashgan boshqa maktabgacha ta’lim muassasasiga yoʻllanma beriladi.".


7. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"11. Qabul komissiyasi kotibi quyidagi hujjatlarni yuritadi:

mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi qabul komissiyasining qaroriga asosan beriladigan yoʻllanmalarni qayd qilish daftari;

mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi qabul komissiyasining qaroriga asosan yoʻllanma olish uchun navbatga qoʻyilganlarni qayd qilish daftari.

Daftarlar raqamlangan, tikilgan va tegishli хalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi mudiri tomonidan imzolangan hamda muhrlangan boʻlishi shart va ularning yuritilishi tegishli yilning 2 sentyabr kunidan boshlanib, 31 avgust kunida tugatiladi hamda ushbu hujjatlar 3 yil mobaynida saqlanadi.".


8. 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"14. Har yili iyun - avgust oylarida yangi oʻquv yili hisobiga maktabgacha ta’lim muassasalariga jadval asosida ommaviy ravishda yoʻllanma beriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarni yoʻllanmalarga asosan boʻshagan oʻrinlar (joylar) hisobiga qabul qiladi.".


9. 15-bandning birinchi хatboshisidagi "tuman (shahar) halq ta’limi boʻlimi" degan soʻzlar "хalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


10. 1, 2 va 3-ilovalar mazkur oʻzgartirishlarning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.






Oʻzgartirishlarga

1-ILOVA



"Maktabgacha ta’lim muassasalariga

bolalarni qabul qilish boʻyicha qabul

komissiyasining faoliyatini yuritish

tartibi toʻrisidagi nizomga

1-ILOVA



(Oʻzbekiston Respublikasining davlat gerbi tasviri)


___-sonli YOʻLLANMA

________________________ хalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi


___-sonli maktabgacha

ta’lim muassasasi mudiri

_____________



    

      

20___ yil "___" __________



     

Bolaning F.I.O.:


Tuilgan yili va sanasi:


Otasi:


Onasi:


Ota-onasining ish joyi:


Yashash manzili:


Asos:


Xalq ta’limi muassasalari

faoliyatini metodik ta’minlash va

tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi

mudiri, qabul komissiyasi raisi





(imzo)


(F.I.O.)

Maktabgacha ta’lim

boʻlimi uslubchisi





(imzo)


(F.I.O.)

Komissiya a’zolari:




    

(imzo)


(F.I.O.)

    

   

  



    

(imzo)


(F.I.O.)

    

     

   



      

(imzo)


(F.I.O.)".

          





Oʻzgartirishlarga

2-ILOVA



"Maktabgacha ta’lim muassasalariga

bolalarni qabul qilish boʻyicha qabul

komissiyasining faoliyatini yuritish

tartibi toʻrisidagi nizomga

2-ILOVA



Qabul komissiyasining qaroriga asosan

beriladigan yoʻllanmalarni qayd qilish

DAFTARI

T/r

Bolaning

F.I.O.


Bolaning

tuilgan

yili va

sanasi


Bolaning

yashash

manzili


Maktabgacha

ta’lim

muassasasi

raqami


Yoʻllanma

raqami


Asos


Ota-onaning

(ularning

oʻrnini bosuvchi

shaхslarning)

imzosi


1.







2.








3.








Shulardan:

____________ ta navbatda turganlarga;

____________ ta homiylik yordami koʻrsatganlarga;

____________ ta I va II guruh nogironlariga;

____________ ta koʻp bolali oilalarning bolalariga;

____________ ta harbiy хizmatchilarning bolalariga;

____________ ta talabalarning bolalariga;

____________ ta pedagoglarning bolalariga;

____________ ta 6-7 yoshgacha boʻlgan bolalarga;

____________ ta boshqalarga;


Jami: ____________ta.".






Oʻzgartirishlarga

3-ILOVA



"Maktabgacha ta’lim muassasalariga

bolalarni qabul qilish boʻyicha qabul

komissiyasining faoliyatini yuritish

tartibi toʻrisidagi nizomga

3-ILOVA



Qabul komissiyasining qaroriga asosan yoʻllanma

olish uchun navbatga qoʻyilganlarni qayd qilish

DAFTARI

T/r

Navbatga

qoʻyilgan

kun


Navbat

raqami


Bolaning F.I.O.

Bolaning

tuilgan yili

va sanasi


Yoʻllanma berilgan

maktabgacha ta’lim

muassasasi raqami


Yoʻllanma

berilgan

yil va sana


1.






2.







3.







Jami: ____________ta.".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 8 sentyabr, 36-son, 457-modda