Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi 413-son, Xalq ta’limi vazirligi 40-son, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 183-QQ-son "Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 02.11.2010 y. Qarori (AV tomonidan 12.11.2010 y. 2153-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

12.11.2010 y.

N 2153

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM

VAZIRLIGINING

02.11.2010 y.

N 413


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGINING

02.11.2010 y.

N 40


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY

MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING

02.11.2010 y.

N 183-QQ


QARORI



quv mashulotlarini oʻtkazganlik uchun

mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlarini

tasdiqlash toʻrisida


(2010 yil 22 noyabrdan kuchga kiradi)



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 9 iyuldagi PF-4224-son "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻrisida"gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 yil, 28-29-son, 230-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi QAROR QILADI:


1. Oʻquv mashulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2010 yil 29 apreldagi 135, 12 va 110-qq-son qarori (roʻyхat raqami 2103, 2010 yil 17 may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 yil, 20-son, 154-modda) bilan tasdiqlangan Oʻquv mashulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri

B. Xodiyev

Xalq ta’limi vaziri

A. Marahimov

Mehnat va aholini ijtimoiy

muhofaza qilish vaziri

A. Xaitov

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 46-son, 417-modda.