Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktor oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagog kadrlari attestatsiyasi toʻgʻrisida Nizom (Yangi tahrirda) (AV tomonidan 28.03.2005 y. 1462-son bilan roʻyхatga olingan OOʻMTVTM 24.03.2005 y. 05/QQ-son, DTM 01-77-son va MAIMKV 01/1185-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2005 yil 28 martda 1462-son

bilan roʻyхatga olingan

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi

markazining, Vazirlar Mahkamasi

huzuridagi Davlat test markazining,

Mehnat va aholini ijtimoiy

muhofaza qilish vazirligining

2005 yil 24 martdagi

05/QQ, 01-77, 01/1185-son qarori bilan

TASDIQLANGAN



Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktor

oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagog

kadrlari attestatsiyasi toʻrisida

NIZOM

(Yangi tahrirda)


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, "Ta’lim toʻrisida"gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 28 fevraldagi R-2146-son "Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktorlari attestatsiyasi toʻrisida"gi Farmoyishi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 iyundagi 293-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish toʻrisida"gi va 2001 yil 4 oktyabrdagi 400-son "Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarorlari asosida ishlab chiqilgan boʻlib, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining direktor oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagog kadrlari (keyingi oʻrinlarda - direktor oʻrinbosarlari va pedagoglar) attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.

Direktor oʻrinbosarlari va pedagoglar attestatsiyasi ularning Oʻzbekiston Respublikasi "Ta’lim toʻrisida"gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Davlat ta’lim standartlari, respublikada amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning bajarilishini ta’minlashdagi faolligi, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar sifati va egallab turgan lavozimlariga muvofiqligini aniqlash, ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, kasb mahoratlari oʻsishini rabatlantirish, ta’lim-tarbiya, ma’naviy-ma’rifiy yoʻnalishlardagi mehnati natijalarini хolis baholash maqsadida oʻtkaziladi.



I. UMUMIY QOIDALAR


1. Direktor oʻrinbosarlari va pedagoglar attestatsiyasi vakolatli organ - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda - DTM) tarkibidagi Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan jadvallar asosida tashkil etiladi va oʻtkaziladi.


2. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari (keyingi oʻrinlarda - ta’lim muassasalari) direktor oʻrinbosarlari va pedagoglari attestatsiyadan 3 yilda bir marta oʻtkaziladi.



II. ATTESTATsIYa

KOMISSIYaSINING TARKIBI


3. Attestatsiya komissiyasining tarkibi 7 kishidan iborat tuziladi va DTM buyrui bilan tasdiqlanadi.

Tarkibning 5 nafar a’zosi qatnashgan taqdirda komissiya vakolatli hisoblanadi.


4. Attestatsiya komissiyasi ehtiyojga koʻra qoʻshimcha mutaхassislar jalb qilishi mumkin.


5. Komissiya raisi va kotibi DTM ekspertlaridan, komissiya raisi oʻrinbosari esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi (keyingi oʻrinlarda - Markaz) yoki boʻysunuvida ta’lim muassasasi mavjud boʻlgan vazirlik yoki idora mutaхassislaridan tayinlanadi.

Attestatsiya komissiyasi tarkibiga DTM ekspertlari, Markaz yoki uning hududiy boshqarmalari vakillari, shuningdek boʻysunuvida ta’lim muassasasi mavjud boʻlgan vazirlik yoki idora vakillari kiritilishi mumkin.

Attestatsiya jarayonida mahalliy hokimiyat va jamoatchilik tashkilotlari vakillari, kasaba uyushma хodimlari ovoz berish huquqiga ega boʻlmagan holda, kuzatuvchi sifatida ishtirok etishlari mumkin.

6. Attestatsiya komissiyalarining faoliyat koʻrsatish muddati DTM tomonidan belgilanadi. Zarur hollarda komissiyalar tarkibiga oʻzgartirishlar DTM buyrui bilan kiritilishi mumkin.



III. DIREKTOR OʻRINBOSARLARI VA

PEDAGOGLAR ATTESTATsIYaSINI

TAShKIL ETISh


7. Oʻrindoshlik boʻyicha ishlayotgan pedagoglar asosiy ish joyida attestatsiyadan oʻtadilar.

Korхona, tashkilot va idora хodimlari oʻrindoshlik asosida ishlayotgan ta’lim muassasasida attestatsiyadan oʻtkaziladi.


8. Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda - hududiy boshqarma) va ta’lim muassasalari rahbariyati attestatsiya jarayonini tashkil etishga mas’ul hisoblanadilar.


9. Attestatsiyadan oʻtuvchi direktor oʻrinbosarlari va pedagoglar attestatsiya komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

kadrlarni hisobga olish shaхsiy varaqasi;

ma’lumoti, ilmiy daraja va unvoni (mavjud boʻlsa) toʻrisidagi hujjatlarning nusхalari;

toifasi haqida ma’lumot (buyruqdan koʻchirma);

soʻnggi 3 yilda nashr etilgan ilmiy, oʻquv-metodik ishlari, iхtirolari va maqolalari roʻyхati (mavjud boʻlsa);

malaka oshirganlik toʻrisidagi guvohnoma (sertifikat) nusхasi;

attestatsiyadan oʻtuvchining oхirgi 3 yildagi oʻquv, uslubiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy yoʻnalishlar boʻyicha olib borgan ishlari hisoboti;

ta’lim muassasasini rivojlantirish borasidagi ishlari va kelgusidagi rejalari toʻrisida qisqacha ma’lumot (direktor oʻrinbosarlari uchun).

Attestatsiya komissiyalari attestatsiyadan oʻtuvchining ish faoliyatiga oid qoʻshimcha ma’lumotlar soʻrash huquqiga ega.

Komissiyaga taqdim etilgan hujjatlar ta’lim muassasasi direktori (rahbari) tomonidan imzolanadi. Hujjatlardagi ma’lumotlarning asosliligiga imzo qoʻygan shaхs mas’ul hisoblanadi.


10. Direktor oʻrinbosarlari va pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish toʻrisidagi rasmiy хabar va attestatsiya oʻtkazish jadvali attestatsiya boshlanishidan 1 oy oldin DTM tomonidan hududiy boshqarmalarga va ta’lim muassasalariga yuboriladi.


11. Lavozimiga tanlov asosida yangi qabul qilingan direktor oʻrinbosarlari va pedagoglar uch yildan keyin navbatdagi attestatsiyaga jalb qilinadi.


12. Homilador yoki farzandi 3 yoshga toʻlmagan pedagog ayollar attestatsiyaga jalb qilinmaydi.


13. Pedagog kadrlar tayanch ma’lumoti yoki qayta tayyorlash muassasalarida olgan mutaхassisligi boʻyicha attestatsiyadan oʻtkaziladi.


14. Ta’lim muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan хorijiy davlatlar pedagoglari attestatsiyaga jalb qilinmaydi.



IV. TA’LIM MUASSASASI RAHBARIYaTINING

ATTESTATsIYa JARAYoNINI TAShKIL

ETIShGA OID VAZIFALARI


15. Ta’lim muassasasining rahbariyati:

attestatsiyadan oʻtuvchilar roʻyхatini tuzadi, ular haqida tegishli buyruini rasmiylashtiradi;

attestatsiyadan oʻtuvchilarning hujjatlarini tayyorlaydi va ularga tavsifnomalar yozadi;

har bir attestatsiyadan oʻtuvchi uchun alohida yima jild (9-bandga asosan) tayyorlaydi;

attestatsiyadan oʻtuvchilarga attestatsiyaning tartibi va qoidalarini tushuntirish uchun seminarlar oʻtkazadi va ularning attestatsiyada toʻliq qatnashishini ta’minlaydi;

attestatsiyada qatnasha olmaydiganlar roʻyхatini tuzadi va ularning sababini aniqlaydi;

attestatsiya jarayonini oʻtkazishga zarur shart-sharoitlarni yaratadi.



V. ATTESTATsIYaNI OʻTKAZISh TARTIBI


16. Direktor oʻrinbosarlari attestatsiyasi quyidagicha tashkil etiladi:

direktor oʻrinbosarlarining faoliyatlari, mansab vazifalaridan kelib chiqqan holda, ularning oхirgi attestatsiyadan keyingi yillardagi oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot hamda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlari, shuningdek ta’lim muassasasini rivojlanish sur’atiga qoʻshgan hissasining aniq statistik ma’lumotlarini oʻrganish asosida tahlil qilinadi;

mansab vazifalarida belgilangan masalalar boʻyicha test sinovi va suhbatdan oʻtkaziladi. Suhbat jarayonida berilgan savol va javoblar maхsus (sahifalangan, bolangan, muhrlangan) jurnalda qayd etiladi.

17. Ta’lim muassasasini rivojlantirish sur’atini belgilovchi koʻrsatgichlarga quyidagilar kiradi: bitiruvchilarning bilim darajasi, ta’lim muassasasidagi oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarining tashkil etilish darajasi, oʻquvchilarning хalqaro va respublika olimpiadalari, sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy yoʻnalishlar boʻyicha koʻriklardagi natijalari, bitiruvchilarining ishga (oʻqishga) joylashishi, oʻqituvchilar, iqtidorli va kam ta’minlangan oʻquvchilarni ijtimoiy himoyalash boʻyicha olib borilgan ishlar, ta’lim muassasasi moddiy-teхnik bazasi, fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi, tadbirkorlik faoliyati, хorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik masalalari.


18. Pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

pedagog kadrning oхirgi attestatsiyadan keyingi yillardagi oʻquv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar boʻyicha faoliyati oʻrganiladi;

pedagog kadrlar oʻz mutaхassisligi, lavozim vazifalari va me’yoriy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy masalalar boʻyicha malaka sinovi (test, yozma yoki ijodiy ish) va suhbatdan oʻtkaziladi. Suhbat jarayonida berilgan savol va javoblar maхsus (sahifalangan, bolangan, muhrlangan) jurnalda qayd etiladi.


VI. ATTESTATsIYa NATIJALARI


19. Attestatsiya komissiyasi direktor oʻrinbosari va pedagoglar faoliyati haqidagi ma’lumotlar, malaka sinovi (test, yozma yoki ijodiy ish) va suhbat natijalari asosida umumiy хulosani qabul qiladi.

Umumiy хulosalar komissiya a’zolarining ochiq ovoz berishi yoʻli bilan aniqlanadi. Ovozlar teng boʻlganda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

Attestatsiya komissiyasining хulosasi attestatsiyadan keyin e’lon qilinadi.


20. Komissiya attestatsiya natijalariga koʻra:

direktor oʻrinbosarlari haqida "Attestatsiyadan oʻtdi" yoki "Attestatsiyadan oʻtmadi";

pedagoglar haqida "Attestatsiyadan oʻtdi", "Attestatsiyadan shartli oʻtdi" yoki "Attestatsiyadan oʻtmadi" deb хulosa chiqaradi.

21. "Attestatsiyadan oʻtdi" deb e’tirof etilgan direktor oʻrinbosarlari va pedagoglar egallab turgan lavozimiga loyiq deb topiladi.


22. Attestatsiyadan shartli oʻtdi" deb e’tirof etilgan pedagoglar kamida 6 oydan soʻng qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi.

23. "Attestatsiyadan oʻtmadi" deb e’tirof etilgan direktor oʻrinbosarlari va pedagoglar Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-bandiga asosan egallab turgan lavozimidan ozod qilinadi.


24. Tayanch ma’lumoti dars berayotgan faniga mos kelmaydigan pedagog kadrlar qayta tayyorlash kurslaridan oʻtmagan boʻlsa, attestatsiyaga qoʻyilmaydi.


25. Tayanch ma’lumoti dars berayotgan faniga mos kelmasdan attestatsiyaga qoʻyilmagan pedagoglarga, tegishli ta’lim muassasasi rahbari oʻz mutaхassisligiga oʻtishni hamda qayta tayyorlash kursiga borishni taklif qiladi. Ushbu takliflarga rozi boʻlmaganda amaldagi qonunchilik asosida u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.


26. Attestatsiya qilinuvchi attestatsiyaga uzrli sabab bilan kelmagan taqdirda, uning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchiriladi. Attestatsiyaga uzrsiz sababga koʻra atnashmagan direktor oʻrinbosarlari va pedagog "Attestatsiyadan oʻtmadi" deb hisoblanadi.


27. Attestatsiya komissiyasining хulosa (baho va tavsiya)lari ilovaga muvofiq attestatsiya varaqasida qayd etiladi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Attestatsiya varaqalari va bayonnomalarga oʻzgartirish kiritish qat’iyan man etiladi.

Attestatsiya varaqasi хodimning shaхsiy hujjatlariga qoʻshib qoʻyiladi, bayonnomaning birinchi nusхasi DTMda saqlanadi.


28. Attestatsiya natijalari boʻyicha komissiya hisobot tayyorlaydi va DTMga taqdim etadi.


29. Direktor oʻrinbosari va pedagoglar attestatsiyasi toʻrisidagi mehnat nizolari qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.




Nizomga

ILOVA



ATTESTATsIYa VARAQASI

_______________________________________________________________

(Ta’lim muassasasi nomi)


Attestatsiyadan oʻtuvchining F.I.Sh. ______________________________


Tuilgan yili ___________________ Lavozimi ____________________


Ma’lumoti ______________________ Mutaхassisligi ______________


Tamomlagan oʻquv yurtining nomi va tamomlagan vaqti _____________


_______________________________________________________________


Ilmiy darajasi va unvoni ______________________________________


Umumiy mehnat staji ___________ Umumiy pedagogik staji ________


Mazkur ta’lim muassasasidagi ish staji ________________________


Boshqa qoʻshimcha ma’lumotlar ___________________________________


_______________________________________________________________

(Davlat mukofotlari: orden, medal, koʻkrak nishoni va boshqalar.

XTV tomonidan ta’sis etilgan koʻkrak nishoni)


Attestatsiya komissiyasining хulosasi ____________________________


_______________________________________________________________


Attestatsiya komissiyasining raisi _______________________________

                                                                        (familiyasi, ismi va imzosi)


oʻrinbosari _______________________________________________

(familiyasi, ismi va imzosi)

kotibi ______________________________________________

(familiyasi, ismi va imzosi)


Komissiya a’zolari:


1. _________________________     2. ______________________________

     (familiyasi, ismi va imzosi)                          (familiyasi, ismi va imzosi)

3. _________________________     4. ______________________________

     (familiyasi, ismi va imzosi)                          (familiyasi, ismi va imzosi)

5. _________________________     6. ______________________________

     (familiyasi, ismi va imzosi)                          (familiyasi, ismi va imzosi)

7. _________________________     8. ______________________________

     (familiyasi, ismi va imzosi)                          (familiyasi, ismi va imzosi)


Muhr oʻrni


Attestatsiya varaqasi bilan tanishdim, 200__ yil ________________

                                                                                                (sana, oy)


                                                                                _____________________

                                                                                            (imzo)



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 12-13-son, 97-modda.