Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim markazining 05/QQ-son, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 01-77-son, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 01/1185-son "Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktor oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagog kadrlari attestatsiyasi toʻgʻrisida"gi nizomning yangi tahririni tasdiqlash haqida"gi 24.03.2005 y. Qarori (AV tomonidan 28.03.2005 y. 1462-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

28.03.2005 y.

N 1462

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM

VAZIRLIGI OʻRTA MAXSUS, KASB-

HUNAR TA’LIM MARKAZINING

24.03.2005 y.

N 05/QQ


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

DAVLAT TEST MARKAZINING

24.03.2005 y.

N 01-77

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY

MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING

24.03.2005 y.

N 01/1185

QARORI



“Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktor

oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagog kadrlari

attestatsiyasi toʻrisida”gi nizomning yangi tahririni

tasdiqlash haqida


(2005 yil 7 apreldan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 28 fevraldagi R-2146-sonli Farmoyishining 8-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi QAROR QILADI:


1. "Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktor oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagog kadrlari attestatsiyasi toʻrisida"gi nizomning yangi tahriri ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2002 yil 3 yanvardagi 4,18 va 18-son qarori bilan tasdiqlangan (2002 yil 4 yanvar, roʻyхat raqami 1094) "Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi tizimi rahbarlar tarkibini, pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻrisida"gi nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2002 yil 24 apreldagi 10, 293 va 22-son qarori bilan tasdiqlangan (2002 yil 14 may, roʻyхat raqami 1094-1) nizomga kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.



Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

Oʻrta maхsus, kasb-hunar

ta’lim markazi direktori v.v.b.                                   X. Masudov



Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Davlat test markazi direktori                                     B. Ismailov



Mehnat va aholini ijtimoiy

muhofaza qilish vaziri                                                  O. Obidov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 12-13-son, 97-modda.