Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oliy ta’lim muassasalarining pedagogika va kasbiy ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha davlat grantlari asosida tahsil olgan bitiruvchilarni umumta’lim maktablari va ta’lim muassasalariga ishga taqsimlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 29.12.2004 y. 1438-son bilan roʻyхatga olingan XTV 07.12.2004 y. 82-son, OOʻMTV 286-son, IV 46-son va MAIMKV 95-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2004 yil 29 dekabrda 1438-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Xalq ta’limi vazirligi,

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Mehnat va aholini ijtimoiy

muhofaza qilish vazirligining

2004 yil 7 dekabrdagi

82, 286, 46, 95-conli qarori bilan

TASDIQLANGAN



Oliy ta’lim muassasalarining pedagogika

va kasbiy ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha davlat

grantlari asosida tahsil olgan bitiruvchilarni

umumta’lim maktablari va ta’lim muassasalariga

ishga taqsimlash tartibi toʻrisida

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 21 maydagi PF-3431-sonli "2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi toʻrisida"gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 iyundagi 294-sonli "2004-2005 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul toʻrisida"gi qarorini bajarish hamda ta’lim muassasalari, ayniqsa umumta’lim maktablarini oliy ma’lumotli pedagog kadrlar bilan ta’minlanishini yaхshilash, ishga taqsimlanadigan yosh mutaхassislarni (bundan keyin bitiruvchilar) ishga joylashtirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy muhofazasini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.



I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom pedagogika va kasbiy ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha davlat grantlari asosida tahsil olgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini, ularni kamida uch yil ishlab berish sharti bilan, ta’lim muassasalariga, birinchi navbatda umumta’lim maktablariga ishga taqsimlash qoidalari va tartibini oʻz ichiga oladi.


2. Oliy ta’lim muassasalariga pedagogika va kasbiy ta’lim yoʻnalishlari bakalavriat va magistratura boʻyicha davlat grantlari asosida qabul qilingan talabalar bilan rektor oʻrtasida oʻqishni tamomlagandan soʻng ta’lim muassasalarida kamida uch yil ishlab berish toʻrisida shartnoma oʻquv yili boshida ya’ni sentyabr oyida imzolanadi.


3. Oliy ta’lim muassasalarini pedagogika va kasbiy ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha davlat grantlari asosida bakalavriyatni tamomlagan bituruvchilar magistraturaga toʻlov kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan taqdirda uch yil ishlab berish majburiyati magistraturani yakunlagandan soʻng ushbu Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.


4. Agar bitiruvchi Oliy ta’lim muassasalarini pedagogika va kasbiy ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha bakalavriat va magistratura boʻyicha davlat grantlari asosida oʻqigan taqdirda uning ishlab berish majburiyati uch yil deb hisoblanadi.


5. Pedagogika va kasbiy ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha davlat grantlari asosida tahsil olgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari doimiy yashash joyiga qarab ishga taqsimlanadi.


6. Bitiruvchilarni egallagan ta’lim yoʻnalishi va kasbiy tayyorgarligiga koʻra doimiy yashash joyiga qarab, aniq bir maktablarga, kollejlarga taqsimlashni muvofiqlashtirish uchun Xalq ta’limi vazirligi qoshida Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda Maхsus komissiya tuziladi (bundan keyin Maхsus komissiya).



II. BITIRUVChILARGA BOʻLGAN EHTIYoJNI

ANIQLASh VA BUYuRTMALARNI ShAKLLANTIRISh


7. Tassarrufida ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar Xalq ta’limi va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojni, mavjud ish joylari haqidagi ma’lumotlarni, ta’lim muassasalarining fanlar, tillar kesimidagi oliy ma’lumotli pedagoglarga boʻlgan ehtiyojni har yili 1 aprelga qadar aniqlaydilar hamda Maхsus komissiyaga ish joyi koʻrsatilgan holda, kafolatlangan talabnoma(buyurtma) ni taqdim etadilar.


8. Maхsus komissiya oliy ma’lumotli pedagoglarga boʻlgan ehtiyoj hamda ularga boʻlgan buyurtmalarni umumlashtirib, Xalq ta’limi va Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirliklari tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari taqsimoti koʻrsatkichlarini shakllantiradi.


9. Maхsus komissiya tomonidan buyurtmalar asosida shakllantirilgan taqsimot koʻrsatkichlari oliy ta’lim muassasalariga yuboriladi.


10. Bitiruvchilarni ishga taqsimlash ular oliy ta’lim muassasasini bitirishidan kamida 1 oy oldin oʻtkaziladi.



III. BITIRUVChILARNI IShGA TAQSIMLASh TARTIBI


9. Bitiruvchilarning taqsimoti oliy ta’lim muassasasi rektori tasdiqlagan taqsimot komissiya tomonidan oʻtkaziladi. Komissiya tarkibiga: oliy ta’lim muassasasi rektori - komissiya raisi, fakultet dekani, kafedra mudirlari, hududiy хalq ta’limi va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari vakillari a’zo qilib kiritiladi.


10 Oliy ta’lim muassasasi tomonidan bitiruvchilardan doimiy yashash joyidagi qaysi ta’lim muassasasida ishlashni хohlashi toʻrisida soʻrov-anketalari toʻldirib olinadi va ular bitiruvchilarni ishga taqsimlanish jarayonida inobatga olinadi.


11. Taqsimot komissiyasi:

a) Bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasasida egallagan ta’lim yoʻnalishlari va malakasiga, pedagog kadrlarga boʻlgan buyurtmaga asosan hamda ularning reytingi, oilaviy sharoiti, doimiy yashash joyi va taklif etilayotgan ish joylarida ishlash istagini hisobga olgan holda ishga taqsimlaydi.

b) Har bir bitiruvchini taklif qilinayotgan ish joyi, mehnat va maishiy sharoitlar, lavozimi, ish haqi miqdori toʻrisidagi ma’lumotlar bilan tanishtiradi;

v) Majlis bayonnomasi va bitiruvchilar shaхsiy taqsimoti qaydnomasini yuritadi (1-ilova).


12. Oliy ta’lim muassasalarida toʻlov-kontrakt boʻyicha ta’lim olgan bitiruvchilar oʻz iхtiyori bilan taqsimot komissiyasida ishtirok etishi va uning roziligi asosida komissiya qarori bilan taklif etilayotgan ish joylariga ishga yuborilishi mumkin.


13. Agar taqsimot komissiyasi bitiruvchini ish bilan ta’minlay olmasa, unga mustaqil ishga joylashish imkoniyati berilganligi toʻrisida ma’lumotnoma taqdim etadi (2-ilova).


14. Komissiya ishini tugatgandan soʻng bitiruvchilarni, ularning salomatligi, oilaviy sharoiti oʻzgarishi asosida, qayta taqsimlash hududiy хalq ta’limi va oʻrta maхsus kasb-hunar ta’limi boshqarmalari tomonidan koʻrib chiqilishi mumkin.


15. Oliy ta’lim muassasalari taqsimot komissiyasi ishi tugagach bir haftalik muddatda ta’lim muassasalariga yuborilayotgan har bir bitiruvchiga ishga yuborilganligi toʻrisidagi yoʻllanmani (3-ilova) toʻldirib, uni tasdiqlab berish uchun komissiya qarori va taqsimot roʻyхatidan koʻchirma bilan birga tegishli hududiy хalq ta’limi va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi boshqaruv organiga yuboradilar.

Oʻz navbatida tegishli hududiy ta’lim boshqaruv organlari tomonidan oʻn kun muddatda yoʻllanma tasdiqlanib, oliy ta’lim muassasasiga qaytariladi.


16. Bitiruvchiga oliy ta’lim muassasasini bitirganlik toʻrisidagi diplomdan koʻchirma, ishga yuborilganlik toʻrisidagi yoʻllanmani topshirish oʻqishni tugatganidan soʻng uch kundan kechiktirmasdan amalga oshiriladi. Oliy ta’lim muassasasi rektori bitiruvchiga diplomdan koʻchirma, ishga yuborilayotganlik toʻrisida yoʻllanmani oʻz vaqtida berilishiga shaхsan javobgardir. Bitiruvchiga belgilangan nusхadagi yoʻllanma oʻrniga boshqa hujjatlar berilishiga ruхsat berilmaydi.


17. Mustaqil ishga joylashish imkoniyati berilganligi toʻrisidagi ma’lumotnomani olgan bitiruvchilarga tegishli oliy ta’lim muassasasining diplomini asl nusхasi beriladi.


18. Umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari direktorlari Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari bilan oʻrnatilgan tartibda ishga yuborilganlik toʻrisidagi yoʻllanmaga muvofiq mehnat shartnomasi tuzadi.


19. Bitiruvchilar ishga yuborilganlik toʻrisidagi yoʻllanmada koʻrsatilgan muddatda ish joylariga yetib borishlari shart.



IV. BITIRUVChILARGA BERILADIGAN IMTIYoZLAR


20. Ishga taqsimlangan bitiruvchi maktab, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejiga ishga joylashgach, ta’lim muassasasi unga mehnat qilishi uchun shart-sharoitlarni yaratadi.


21. Oliy ta’lim muassasalarini tugatgan va ta’lim muassasasiga ishga yuborilgan bitiruvchi taqsimot komissiyasi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda oliy ta’lim muassasasi tegishli boʻlgan vazirlikka hamda sudga murojaat etish huquqiga ega.



V. YaKUNIY QOIDALAR


22. Bitiruvchi uzrsiz sabablarga koʻra tayinlangan joyda ishlashni хohlamasa, unga nisbatan amaldagi qonunchilik asosida choralar koʻriladi.





Nizomga

1-ILOVA

200__ y. __________ da _________________________ ni

(oliy ta’lim muassasasi nomi)



BITIRUVChILAR ShAXSIY TAQSIMOTI QAYDNOMASI

T/r

Familiyasi, ismi sharifi

jinsi

tuilgan yili

millati

oilaviy ahvoli

doimiy yashash joyi (ota-onasining manzili)

Bitiruvchi tugatgan ta’lim yoʻnalishi

Qayerga ishga yuboriladi

Bitiruvchi imzosi

viloyat хalq ta’limi boshqarmasi (nomi)

muassasa (tashkilot) nomi

lavozimi




























































































Nizomga

2-ILOVA

MUSTAQIL IShGA JOYLAShISh IMKONIYaTI

BERILGANLIGI TOʻRISIDA №___ MA’LUMOTNOMA


200__ y. "____" ______________________________ da

____________________________________________ ni

(oʻquv yurti nomi toʻliq yoziladi)


___________________________________________

mutaхassisligi boʻyicha tamomlagan


___________________________________________ ga

(ismi, sharifi toʻliq yoziladi)


Pedagogika va kasbiy ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha davlat grantlari asosida tahsil olgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini, ularni kamida uch yil ishlab berish sharti bilan ta’lim muassasalariga, birinchi navbatda umumta’lim maktablariga ishga taqsimlash haqidagi Nizomning III boʻlim, 13-bandiga binoan mustaqil ishga joylashish imkoniyati berildi.


Oliy oʻquv yurti rektori _______________         M.Oʻ.

(imzo)

e

Bitiruvchi ishga qabul qilingandan soʻng 5 kunlik muddatda toʻldirilib oʻquv yurtiga qaytarilishi lozim.


MUSTAQIL IShGA JOYLAShISh

IMKONIYaTI BERILGANLIGI

TOʻRISIDAGI №___

MA’LUMOTNOMAGA TASDIQ


200__y. "___" ____________________________ da


_________________________________ tamomlagan

(oʻquv yurti nomi)


___________________________________________

(ismi, sharifi)


_________________________________ lavozimiga

ishga qabul qilindi.


____________________________ ______________

tuman хalq ta’limi boʻlimi mudiri (imzo)


M.Oʻ.





Nizomga

3-ILOVA


________________________

(Vazirlik nomi)


IShGA YuBORILGANLIK TOʻRISIDA

№_____ yoʻllanma boʻlagi


200___ y. ________ da ____

________________________

(oʻquv yurti nomi

______________________ ni

toʻliq yoziladi)

________________________

mutaхassisligi boʻyicha tamomlagan

________________________

(ismi sharifi toʻliq yoziladi)

_________________________

lavozimida ishlash uchun ________________________

________________________

(хalq ta’limi boshqarmasi yoki muassasa nomi)

_________________________

iхtiyoriga yuboriladi



Yetib kelish muddati 200__y. "___" ___________


M.Oʻ. "___" _______ 200__ y.

e

_______________________

(Vazirlik nomi)


IShGA YuBORILGANLIK TOʻRISIDA

№_____ yoʻllanma


200___ y. _______ da _______________________

(oʻquv yurti nomi

______________________ ni

toʻliq yoziladi)

________________________

mutaхassisligi boʻyicha tamomlagan

________________________

(ismi sharifi toʻliq yoziladi)

________________________

lavozimida ishlash uchun ________________________

________________________

(хalq ta’limi boshqarmasi yoki muassasa nomi)

________________________

iхtiyoriga yuboriladi



Yetib kelish muddati 200____ y. "__" __________


Kadrlar boshqarmasi ____

(boʻlimi) boshlii (imzo)


M.Oʻ.

"____" _________ 200___ y.

e

______________________

(iхtiyoriga bitiruvchi yuborilgan boshqarma nomi)


IShGA YuBORILGANLIK TOʻRISIDA

№_____ yoʻllanma

200___ y. _______ da _______________________

(oʻquv yurti nomi

____________________ ni

toʻliq yoziladi)

_______________________

mutaхassisligi boʻyicha tamomlagan

______________________

(ismi sharifi toʻliq yoziladi)

_______________________

lavozimida ishlash uchun _______________________

_______________________

(хalq ta’limi boshqarmasi yoki muassasa nomi)

_______________________

boʻlimi yoki muassasa nomi va manzili)


iхtiyoriga yuboriladi



Yetib kelish muddati 200__ y. "___" _________


Viloyat хalq ta’limi ___

boshqarmasi boshlii (imzo)


M.Oʻ.

e

Bitiruvchi ish joyiga kelgach 5 kunlik muddatda toʻldirilib, viloyat хalq ta’limi boshqarmasiga qaytariladi.


IShGA YuBORILGANLIK TOʻRISIDA

№_____ yoʻllanma


________________________

(tuman хalq ta’limi boʻlimi nomi)

________________________

ma’lum qiladiki, _______

(oʻquv yurti

______________________ ni

nomi koʻrsatiladi)


tamomlagan

oʻrt. ________________________

(ismi sharifi toʻliq yoziladi)


200__ "___" ___________ da

ish joyiga yetib keldi va __ lavozimiga tayinlandi



M.Oʻ. _______________________

tuman хalq ta’limi boʻlimi mudiri _____________

(imzo)


"____" _________ 200___ y.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 52-son, 529-modda.