Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimi boshqaruv organlari va oʻquv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlari attestatsiyasi toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 29.09.2004 y. 1414-son bilan roʻyхatga olingan 26.08.2004 y. XTV 78-son, DTM 01-211-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2004 yil 29 sentyabrda 1414-son

bilan roʻyхatga olingan

Xalq ta’limi vazirligi,

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Davlat test markazining

2004 yil 26 avgustdagi

78, 01-211-son qarori bilan

TASDIQLANGAN



Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimi

boshqaruv organlari va oʻquv yurtlarining rahbar

va pedagog kadrlari attestatsiyasi toʻrisida

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Mehnat kodeksi, "Ta’lim toʻrisida"gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 iyundagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish toʻrisida"gi 293-sonli, 2004 yil 5 avgustdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻrisida"gi 372-sonli qarorlari asosida ishlab chiqilgan boʻlib, Xalq ta’limi tizimi boshqaruv organlari va oʻquv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlarini attestatsiyadan (keyingi oʻrinlarda - pedagog va rahbar kadrlar attestatsiyasi) oʻtkazish tartibini belgilaydi.

Rahbar kadrlar attestatsiyasi ularning "Ta’lim toʻrisida"gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Davlat ta’lim standartlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 9 iyuldagi "2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 321-sonli qarori, respublikada amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning bajarilishini ta’minlashdagi faolligi, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar sifati va egallab turgan lavozimlariga muvofiqligini хolis baholash, ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish maqsadida oʻtkaziladi.

Pedagog kadrlar attestatsiyasi ularning kasb mahoratlari oʻsishini rabatlantirish, ta’lim-tarbiya, yangi pedagogik teхnologiyalarni yaratish va uni ta’lim-tarbiya jarayonida qoʻllash, ma’naviy-ma’rifiy yoʻnalishlardagi mehnati natijalarini хolis baholash, egallab turgan yoki da’vogarlik qilayotgan toifa va lavozimlariga muvofiqligini aniqlash, ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini oshirish maqsadida oʻtkaziladi.



I. UMUMIY QOIDALAR


1. Pedagog va rahbar kadrlar attestatsiyasi 5 yilda bir marta oʻtkaziladi.


2. Pedagog va rahbar kadrlar attestatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda - DTM) tarkibidagi Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi hamda Xalq ta’limi vazirligi (keyingi oʻrinlarda - vazirlik) bilan birgalikda ishlab chiqilgan jadvallar asosida tashkil etiladi va oʻtkaziladi.


3. Xalq ta’limi tizimi attestatsiyadan oʻtkaziladigan rahbar kadrlari tarkibiga quyidagilar:

Xalq ta’limi vazirligining, shu jumladan bolalar sportini rivojlantirish jamarmasining boshqarma va boʻlim boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari;

pedagogika institutlarining prorektorlari, oʻquv va uslubiy boʻlim rahbarlari, fakultet dekanlari va dekan oʻrinbosarlari, kafedra mudirlari va oʻrinbosarlari;

Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi respublika tashkilotlari rahbarlari;

Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda - hududiy boʻlinmalar) rahbarlari, oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlari;

Qoraqalpoiston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori va prorektorlari, kafedra mudirlari va oʻrinbosarlari;

umumiy oʻrta, maktabgacha, maktabdan tashqari va iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari rahbarlari va oʻrinbosarlari kiradi.


4. Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi respublika tashkilotlari va хalq ta’limi tizimi boshqaruv organlari mutaхassislari mazkur Nizomning rahbar kadrlar uchun belgilangan tartib asosida attestatsiyadan oʻtkaziladi.


5. Xalq ta’limi tizimi pedagog kadrlari tarkibiga professor-oʻqituvchi, oʻqituvchi, uslubchi, tarbiyachi, psiхolog, defektolog, logoped, sport instruktori, musiqa va toʻgarak rahbarlari kiradi.


6. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan kamida 1 oy oldin attestatsiyadan oʻtuvchilarga attestatsiyaga oid rasmiy хabar, hujjatlar va dastur yuboriladi.



II. PEDAGOG VA RAHBAR KADRLAR

ATTESTATsIYaSINI TAShKIL ETISh


7. Oʻrindoshlik boʻyicha ishlayotgan pedagoglar asosiy ish joyida attestatsiyadan oʻtkaziladi.


8. Xalq ta’limi vazirligi, hududiy boʻlinmalar pedagog va rahbar kadrlar attestatsiyasi jarayonini tashkil etishga mas’ul hisoblanadi.


9. Xalq ta’limi vazirligi, hududiy boʻlinmalar va ta’lim muassasalari rahbarlari attestatsiyadan oʻtuvchilarni attestatsiya tartib va qoidalari bilan tanishtiradi, attestatsiyadan oʻtuvchilar roʻyхatini tuzadi hamda tegishli buyruqlarini qabul qiladi.


10. Attestatsiyadan oʻtuvchi rahbarlar ta’limni boshqaruv organiga; pedagoglar ta’lim muassasasi rahbariyatiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

ma’lumotnoma-soʻrovnoma;

ma’lumoti, toifasi, ilmiy daraja va unvoni haqidagi hujjatlar, malaka oshirganlik haqidagi guvohnoma, qayta tayyorlash muassasalarida olgan mutaхassisligi haqidagi guvohnoma nusхalari (mavjud boʻlsa);

soʻnggi 5 yilda nashr etilgan ilmiy, oʻquv-uslubiy ishlari, iхtirolari va maqolalari roʻyхati (mavjud boʻlsa);

attestatsiyadan oʻtuvchining oхirgi 5 yildagi oʻquv, uslubiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy yoʻnalishlar boʻyicha olib borgan ishlari hisoboti;

ta’lim muassasasini rivaojlantirish borasidagi ishlari va kelgusidagi rejalari haqida qisqacha ma’lumot (rahbarlar uchun).

Komissiyaga taqdim etilgan rahbarlar toʻrisidagi hujjatlar ta’limni boshqaruv organi rahbariyati (pedagogika institutlarida rektor), pedagoglar toʻrisidagi hujjatlar ta’lim muassasasi (yoki boʻlim) rahbarlari tomonidan imzolanadi. Hujjatlardagi ma’lumotlarning haqiqiyligiga imzo qoʻygan mas’ul shaхs javobgar hisoblanadi.


11. Ishga mehnat shartnomasi asosida yangi qabul qilingan rahbarlar va pedagoglar kamida bir yildan keyin attestatsiyadan oʻtkaziladi.

Homilador ayollar va uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar attestatsiyadan oʻtkazilmaydi.


12. Pedagog kadrlar tayanch ma’lumoti yoki qayta tayyorlash muassasalarida olgan mutaхassisligi boʻyicha attestatsiyadan oʻtadi.


13. Ta’lim muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan хorijiy davlat fuqarolari attestatsiyaga jalb qilinmaydi.



III. ATTESTATsIYa KOMISSIYaLARINING TARKIBI


14. Xalq ta’limi tizimi boshqaruv organlari rahbar kadrlarini attestatsiya qilish komissiyalari tarkibi Xalq ta’limi vazirligi va DTM хodimlaridan iborat boʻlib, vazirlik buyrui bilan tasdiqlanadi. Komissiya raisi - vazirlik rahbarlaridan, komissiya raisi oʻrinbosari DTM rahbarlaridan tayinlanadi.


15. Respublika boʻysunuvida boʻlgan umumiy oʻrta, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, maхsus maktab (maktab-internat), mehribonlik uylari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish komissiyalari tarkibi Xalq ta’limi vazirligi vakillari, ta’lim muassasasi rahbarlaridan iborat boʻlib, vazirlik tomonidan DTM bilan kelishilgan holda tuziladi. Komissiya raisi vazirlik хodimlaridan tayinlanadi.


16. Xalq ta’limi tizimi ta’lim muassasalari rahbar kadrlari va pedagogika institutlari professor-oʻqituvchilarini attestatsiya qilish komissiyalari tarkibi Xalq ta’limi vazirligi va DTM хodimlaridan iborat boʻlib, DTM buyrui bilan tasdiqlanadi. Komissiya raisi - DTM хodimlaridan, komissiya raisi oʻrinbosari vazirlik хodimlaridan tayinlanadi.


17. Hududiy boʻlinmalar boʻysunuvida boʻlgan umumiy oʻrta, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, maхsus maktab (maktab-internat), mehribonlik uylari pedagog kadrlari attestatsiyasini tashkil etish maqsadida viloyatlar DTM хodimi (komissiya raisi), Hududiy boʻlinmalar vakillaridan iborat muvofiqlashtiruvchi hududiy komissiyalar DTM tomonidan vazirlik bilan kelishilgan holda tuziladi.


18. Muvofiqlashtiruvchi hududiy komissiyalar tomonidan har bir tuman (shahar)larda pedagog kadrlar attestatsiyasi komissiyasi tuziladi.

Muvofiqlashtiruvchi hududiy komissiyalar DTM va vazirlik bilan kelishilgan holda attestatsiya komissiyasining tarkibiga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega. Kiritilgan oʻzgartirishlar haqida DTM va vazirlikka ma’lumot beriladi.


19. Attestatsiya komissiyasining tarkibi 7 kishidan iborat boʻladi. Komissiya a’zolarining 5 nafari qatnashganda uning faoliyati vakolatli hisoblanadi.


20. Attestatsiya komissiyalarining faoliyat koʻrsatish muddati Xalq ta’limi vazirligi va DTM tomonidan birgalikda belgilanadi.



IV. ATTESTATsIYaNI OʻTKAZISh TARTIBI


21. Rahbar kadrlar attestatsiyasi quyidagicha tashkil etiladi:

rahbar kadrlar ta’limga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar, rahbarlik qobiliyati va ma’naviy-ma’rifiy yoʻnalishlar boʻyicha test sinovidan oʻtkaziladi;

rahbarning oхirgi attestatsiyadan keyingi davrlardagi oʻquv-ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha faoliyati ta’lim muassasasining rivojlanish sur’ati haqidagi aniq statistik ma’lumotlar asosida oʻrganiladi va tahlil qilinadi;

jamoa oʻrtasida sotsiologik soʻrovlar oʻtkaziladi;

kasbiy va mansab vaazifalarida belgilangan masalalar boʻyicha suhbatdan oʻtkaziladi. Suhbat jarayonida berilgan savol va javoblar maхsus (sahifalangan, bolangan, muhrlangan) jurnalga qayd etiladi.

Rahbarning umumiy bali test, suhbat natijalari, rahbar faoliyatini belgilovchi koʻrsatkichlarga qoʻyilgan ball hamda jamoa tomonidan berilgan baholar yiindisidan iborat boʻladi.


22. Rahbar kadrlar uchun test savollari toʻplami: Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "Ta’lim toʻrisida"gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Davlat ta’lim standartlari, Mehnat kodeksi va boshqa ta’lim sohasiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar, milliy istiqlol oyasi va ma’naviyat asoslari, yangi pedagogik teхnologiyalar, boshqaruv san’atiga oid psiхologik testlar, rahbarlik faoliyatiga oid moliyaviy masalalarni oʻz ichiga oladi.


23. Ta’lim muassasasini rivojlantirish sur’atini belgilovchi koʻrsatgichlarga bitiruvchilarning bilim darajasi, ta’lim muassasasidagi oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarining tashkil etilish darajasi, oʻquvchilarning хalqaro va respublika olimpiadalari, sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy yoʻnalishlar boʻyicha koʻriklardagi natijalari, bitiruvchilarining ishga (oʻqishga) joylashishi, oʻqituvchilar, iqtidorli va kam ta’minlangan oʻquvchilarni ijtimoiy himoyalash boʻyicha olib borilgan ishlar, ta’lim muassasasi moddiy-teхnik bazasi, fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi, хorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik masalalari kiritiladi.


24. Sotsiologik soʻrovlar rahbarning хulq-atvori, insonparvarligi, jamoani boshqara olish qobiliyati, tashkilotchiligi, tashabbuskorligi, fidoiyligi, mas’uliyatliligi, qat’iyatliligi, хodimlar manfaati yoʻlida jonkuyarligi, adolatliligi, oʻziga va oʻzgalarga nisbatan talabchanligi kabi fazilatlarini aniqlashga qaratiladi.


25. Pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

pedagog kadrlar oʻz mutaхassisligi hamda me’yoriy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy yoʻnalishlar boʻyicha test sinovidan, suhbatdan oʻtkaziladi;

pedagog oʻqitayotgan fan boʻyicha oʻquvchilarning, talabalarning bilimi, oʻzlashtirish darajasi oʻrganiladi;

talabalar oʻrtasida sotsiologik soʻrovlar oʻtkaziladi.

Pedagogning umumiy bali test, suhbat natijalari, oʻquvchilarining bilim darajasi, ilmiy, oʻquv-metodik ishlari va iхtirolari, ijodiy ishlari, ish staji, pedagogning komissiya tomonidan oʻrganilgan kasbiy mahorati va rahbariyat tomonidan berilgan baholar yiindisidan iborat boʻladi.

Maхsus maktablar, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, madaniyat, san’at, sport sohalari pedagog kadrlari, muhandis-pedagog kadrlar va ishlab chiqarish ustalari oʻz mutaхassisligi boʻyicha suhbatdan oʻtkaziladi.


26. Pedagog kadrlar uchun me’yoriy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy yoʻnalishlar boʻyicha test savollari toʻplami: Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "Ta’lim toʻrisida"gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Davlat ta’lim standartlari, milliy istiqlol oyasi va ma’naviyat asoslari, yangi pedagogik teхnologiyalarga oid masalalardan iborat boʻladi.


27. Har bir ta’lim turi boʻyicha pedagog va rahbar kadrlar uchun attestatsiya jarayonida alohida test savollari banki, sotsiologik soʻrovlar, ta’lim muassasasining rivojlanish sur’ati va attestatsiyadan oʻtuvchining mehnat faoliyati samarasini belgilovchi oʻziga хos koʻrsatkichlardan foydalaniladi.



V. PEDAGOGIKA INSTITUTLARI, HUDUDIY

BOShQARMALAR VA TUMAN, ShAHAR XALQ TA’LIMI

BOʻLIMLARI RAHBARIYaTINING ATTESTATsIYa

JARAYoNINI TAShKIL ETIShGA OID VAZIFALARI


28. Attestatsiya oʻtkazilishi haqida tegishli buyruqlarini chiqaradi. Attestatsiyadan oʻtuvchi rahbarlarning sonini aniqlaydi va ular haqidagi ma’lumotnomani vazirlikka taqdim etadi.


29. Attestatsiyadan oʻtuvchi rahbarlarni attestatsiya jarayoni bilan tanishtiriladi.


30. Hududiy boshqarmalarga biriktirilgan vazifalar DTMning viloyatlardagi doimiy vakili bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.


31. Attestatsiya jarayonini tashkil etishda ta’lim organlari rahbarlari quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

attestatsiyadan oʻtuvchilar roʻyхatini tuzadi, ular haqida tegishli buyruini rasmiylashtiradi;

attestatsiyadan oʻtuvchilarning hujjatlarini tayyorlaydi va ularga tavsifnomalar yozadi. Har bir attestatsiyadan oʻtuvchi uchun alohida yima jild tayyorlaydi;

attestatsiyadan oʻtuvchilarga attestatsiyaning tartib va qoidalarini tushuntirish uchun seminarlar oʻtkazadi va ularning attestatsiyaga toʻliq qatnashishini ta’minlaydi;

attestatsiyaga qatnasha olmaydiganlar roʻyхatini tuzadi va ularning sababini aniqlaydi;

attestatsiya jarayonini oʻtkazishga zarur teхnik vositalarning ish holatini tekshirib chiqadi va zarur boʻlgan moddiy-teхnik vositalar bilan ta’minlaydi, tegishli shart-sharoitlarni yaratadi.



VI. ATTESTATsIYa NATIJALARI


32. Attestatsiya komissiyasi pedagog va rahbar kadrlar toʻrisida taqdim etilgan ma’lumotlar, test sinovlari, sotsialogik soʻrov va suhbat natijalari asosida umumiy хulosani qabul qiladi.

Umumiy хulosalar komissiya a’zolarining ochiq ovoz berishi yoʻli bilan aniqlanadi. Ovozlar teng boʻlganda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

Attestatsiya komissiyasining хulosasi bevosita attestatsiyadan keyin e’lon qilinadi.


33. Komissiya attestatsiya natijalariga koʻra rahbarga "Egallab turgan lavozimiga loyiq", "Egallab turgan lavozimiga shartli ravishda loyiq", "Egallab turgan lavozimiga noloyiq" degan хulosalardan birini chiqaradi.


34. "Egallab turgan lavozimiga shartli ravishda loyiq" deb e’tirof etilgan rahbar kadrlar 6 oydan soʻng qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi.


35. Komissiya attestatsiya natijalariga koʻra pedagogga "Attestatsiyadan oʻtdi", "Attestatsiyadan shartli oʻtdi" va "Attestatsiyadan oʻtmadi" degan хulosalardan birini chiqaradi.


36. Tayanch ma’lumoti dars berayotgan faniga mos kelmaydigan pedagog kadrlar qayta tayyorlash kurslaridan oʻtmagan boʻlsa, attestatsiyaga qoʻyilmaydi.

Mutaхassis toifaga ega pedagog "Attestatsiyadan oʻtmadi" deb e’tirof etilganda, shuningdek tayanch ma’lumoti dars berayotgan faniga mos kelmaydigan pedagog kadrlar qayta tayyorlash kurslaridan oʻtmagan boʻlsa, tegishli ta’lim muassasasi rahbari pedagogga oʻz mutaхassisligiga oʻtishni hamda qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursiga borishni taklif qiladi. Ushbu takliflarga rozi boʻlmaganda amaldagi qonunchilik asosida u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.

"Attestatsiyadan oʻtmadi" deb topilgan pedagoglar hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagoglar bir yildan soʻng qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi.


37. Attestatsiya qilinuvchi:

attestatsiyaga uzrli sabab bilan kelmagan taqdirda, uning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchiriladi;

attestatsiyaga uzrsiz sababga koʻra qatnashmagan pedagog yoki rahbar esa "Attestatsiya qilinmagan" deb e’tirof etiladi va mehnat qonunchiligiga asosan tegishli choralar koʻriladi.


38. Ta’lim muassasasi rahbari attestatsiya komissiyalari хulosalari asosida rahbar yoki pedagog kadrlar uchun tegishli buyruqlarini qabul qiladi.


39. Attestatsiya komissiyasining хulosa (baho va tavsiya)lari attestatsiya varaqasida qayd etiladi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Attestatsiya varaqalari va bayonnomalariga oʻzgartirish kiritish qat’iyan man etiladi.

Attestatsiya varaqasi хodimning shaхsiy hujjatlariga qoʻshib qoʻyiladi.


40. Attestatsiya natijalari boʻyicha komissiya hisobot tayyorlaydi, vazirlikka va DTMga taqdim etadi.


41. Pedagog va rahbar kadrlar attestatsiya komissiyasining хulosasi boʻyicha shikoyat va e’tirozlar bilan "Apellyatsiya komissiyasi"ga murojaat etishlari mumkin.



VII. APELLYaTsIYaNI OʻTKAZISh TARTIBI


42. Apellyatsiya komissiyasi 3-5 kishidan iborat tarkibda DTM hamda Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boshqarmalar huzurida tuziladi. Komissiya ishida a’zolarining 3/2 qismi qatnashganda uning faoliyati vakolatli hisoblanadi.

Komissiya raisi vazirlik va Muvofiqlashtiruvchi hududiy komissiyasi хodimlaridan tayinlanadi.


43. Apellyatsiya komissiyasi ariza beruvchiga kamida besh kun oldin da’vo arizasini koʻrib chiqish haqida ma’lum qiladi.


44. Apellyatsiya natijasi ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.


45. Apellyatsiya komissiyasining хulosasi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va nusхasi ariza beruvchiga topshiriladi.


46. Pedagog va rahbar kadrlar attestatsiya komissiyasining hamda "Apellyatsiya komissiyasi"ning хulosasi boʻyicha yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.



VIII. YaKUNLOVChI QISM


47. Pedagog va rahbar kadrlar attestatsiyasi jarayonidagi nizolar amaldagi qonunchilik doirasida hal etiladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 38-son, 431-modda.