Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.07.1998 y. 320-f-son "Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga bakalavrlar tayyorlash boʻyicha talabalarni qabul qilish tartibi va qoidalari toʻgʻrisidagi nizomini va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim muassasalariga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi va qoidalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Farmoyishi

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

FARMOYIShI

04.07.1998 y.

N 320-f



Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, 1998/99 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga yoshlarning uyushqoqlik bilan qabul qilishni va sifatli tanlashni amalga oshirish, shuningdek test sinovlarining yuqori darajada oʻtkazilishini ta’minlash maqsadida:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga bakalavrlar tayyorlash boʻyicha talabalarni qabul qilish tartibi va qoidalari toʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim muassasalariga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi va qoidalari toʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tasarrufida ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar, idoralar va Davlat test markazi tasdiqlangan Nizomlarni bajarish boʻyicha zarur tashkiliy tadbirlarni amalga oshirsinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi va Addiya vazirligi bir hafta muddatda "Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va tushgan mablalarni taqsimlash tartibi toʻrisida Nizom"ni ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga kiritsinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 4 iyuldagi 282-f-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari A.A. Azizхoʻjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           Oʻ. Sultonov