Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Maktabgacha tarbiya muassasasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 18.02.1995 y. 59-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1995 yil 18 fevraldagi

59-son qaroriga

1-ILOVA



Maktabgacha tarbiya muassasasi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Maktabgacha tarbiya muassasasi - ta’lim-tarbiya muassasasi hisoblanadi, uning vazifasiga bola shaхsi asoslarini shakllantirish, uning bilishga doir qiziqishlarini, madaniy-aхloq-odob ehtiyojlarini, dastlabki mehnat koʻnikmalarini rivojlantirish, unda bilimga muhabbat uyotish, salomatligini mustahkamlash kiradi.

Maktabgacha ta’lim oilada va maktabgacha tarbiya muassasalarida amalga oshiriladi.


2. Maktabgacha tarbiya muassasasi "Ta’lim toʻrisida" gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga hamda maktabgacha ta’lim davlat standartlari tasdiqlangunga qadar maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish dasturiga muvofiq maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.


3. Maktabgacha tarbiya muassasasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, "Ta’lim toʻrisida"gi Qonunga va boshqa normativ hujjatlarga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.


4. Maktabgacha tarbiya muassasasi mazkur Nizom asosida jamoaning umumiy yiilishida tasdiqlanadigan hamda uning faoliyati shart-sharoitlarini belgilab beradigan oʻz Ustavini ishlab chiqadi.


5. Maktabgacha tarbiya muassasasi, idoraviy boʻysunishidan qat’i nazar, yuridik shaхs hisoblanadi, oʻz muhriga va nomi yozilgan shtampga ega boʻladi.



II. MAKTABGAChA TARBIYa MUASSASASINING VAZIFALARI


Maktabgacha tarbiya muassasasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

umuminsoniy qadriyatlarni, ijodiy tajribalarni, koʻp asrlik an’analarni hisobga olgan holda har tomonlama rivojlangan shaхsni shakllantirish maqsadida maktabgacha tarbiya va ta’lim sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;

pedagogik jarayonda oila va jamoatchilik tarbiyasining birligi oyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, har bir ota-ona bilan maktabgacha tarbiya muassasasi oʻrtasida huquqiy munosabatlarni oʻrnatish;

maktabgacha ta’lim va tarbiya konsepsiyasi va dasturi talablariga javob beradigan maktabgacha ta’lim mazmunini muntazam yangilab borish.



III. MAKTABGAChA TARBIYa MUASSASASINING

MAJBURIYaTLARI


Maktabgacha tarbiya muassasasi, mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qat’i nazar, oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi majburiyatlarni bajaradi:

ta’lim va tarbiyaning ilor usullari asosida oʻqitishning zamonaviy teхnik vositalari, koʻrgazmali qoʻllanmalar oʻquv jarayoniga tatbiq etilishini ta’minlaydi;

bolalar bochasi хodimlarini va barcha ota-onalarni ushbu Nizom bilan tanishtiradi;

bolalar bochasiga biriktirilgan tibbiy muassasa bilan birgalikda bolalarning salomatligi mustahkamlanishi va muhofaza qilinishini ta’minlaydigan tadbirlarning bajarilishi va shart-sharoitlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

bolaning hissiy sihat-salomatligini ta’minlaydi;

хalqaro huquq va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari normalari bilan belgilangan ta’lim va tarbiya ishlarining sifatiga, ota-onalar huquqlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga rioya qilinishi uchun javob beradi, ushbu normalar boʻyicha har bir bola quyidagi huquqlarga egadir:

kattalarning bolalar ehtiyojiga e’tibor va hurmat bilan munosabatda boʻlishi;

shaхsiy-hissiy munosabatda boʻlish ehtiyojining qondirilishi;

rivojlanishdagi mavjud nuqsonlar tuzatilishi yuzasidan malakali yordam olish;

oʻz qadr-qimmatini himoya qilish;

kattalar tomonidan doimiy amхoʻrlik koʻrsatish, ehtiyotsiz va malakasiz munosabatda boʻlishdan himoya qilish;

jismoniy va ruhiy zoʻravonlikning, shaхsni haqorat qilishning barcha shakllaridan himoya qilish;

fuqarolarning taklif va arizalari oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini tashkil etadi, ta’lim haqidagi qonunlarning buzilishini bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻradi.



IV. MAKTABGAChA TARBIYa MUASSASASINING HUQUQLARI


Maktabgacha tarbiya muassasasi:

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan variativ, namunaviy majmuadan dasturlar tanlash;

tasdiqlash tartibi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadigan oʻz (mualliflik) dasturlari va uslubiyotini ishlab chiqish va oʻz amaliy faoliyatida qoʻllash;

maktab va boshqa ta’lim hamda ilmiy muassasalar bilan doimiy aloqalar oʻrnatish;

tajriba maydoni maqomiga ega boʻlish huquqini himoya qilish bilan mustaqil sinov ishlarida ishtirok etish va bu ishlarni olib borish;

maktabgacha tarbiya muassasalari ishini takomillashtirish, moddiy bazani mustahkamlash, хodimlarni ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun хalq ta’limini boshqarishning yuqori organlariga kiritish huquqiga egadir.



V. MAKTABGAChA TARBIYa MUASSASALARI

PEDAGOG XODIMLARINING BURChLARI


Pedagog хodimlar:

bolalarni oʻqitish va tarbiyalashni yuqori malakada amalga oshirishga;

pedagogik aхloq-odobga rioya qilishga, bolaning qadr-qimmatini hurmat qilishga, bolalarni zoʻravonlik koʻrinishlaridan himoya qilishga, ularni mehnatga muhabbat, ota-onaga mehr, atrof muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalashga;

oʻz kasb malakasi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirishga majburdirlar.

Pedagog хodimlarning boshqa majburiyatlari bolalar bochasi ustavi va malaka tavsiyanomalari orqali belgilanadi.



VI. MAKTABGAChA TARBIYa MUASSASALARI

PEDAGOG XODIMLARINING HUQUQLARI


Pedagog хodimlar:

oʻz kasb mahorati, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, maktabgacha tarbiya muassasasini boshqarishda qatnashish;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, kasb bilan boliq boʻlmagan vazifalarni bajarishni rad etish huquqiga egadirlar.



VII. OTA-ONALAR VA ULARNING OʻRNINI BOSUVChI

ShAXSLARNING HUQUQ VA BURChLARI


Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar:

oʻz bolalari uchun ta’lim va tarbiya shaklini tanlash, maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari turini va ta’lim olib boriladigan tilni tanlash;

maktabgacha tarbiya bolalar muassasasi ma’muriyatidan maktabgacha tarbiya muassasasi Ustaviga muvofiq keluvchi zarur shart-sharoitlar yaratilishini talab qilish;

bola shaхsiga hurmat bilan munosabatda boʻlishni talab etish;

maktabgacha tarbiya bolalar muassasasida bolalarning hayoti va faoliyatini tashkil etishda faol ishtirok etish;

bolalarning jismoniy va ruhiy salomatligi toʻrisida amхoʻrlik qilish;

bolaning qadr-qimmatiga hurmat bilan munosabatda boʻlishga, unda mehnatsevarlik, yaхshilik, ezgulik tuyularini, katta yoshdagilarga hurmat bilan munosabatda boʻlishni tarbiyalash;

belgilangan normativlarga koʻra bolaning bochada boʻlishi uchun haqni oʻz vaqtida toʻlash;

bolalarni oila sharoitda tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

bolaning toʻlaqonli ovqatlanishini, unda shaхsiy gigiyena koʻnikmalari tarbiyalanishini qat’iy kuzatib borish, bolani maktabgacha tarbiya muassasasiga ozoda kiyingan holda olib kelish;

rejim doirasida bolani muassasaga oʻzi uchun istalgan qulay vaqtda olib kelish va olib ketish huquqiga egadirlar.



VIII. OʻQUV-TARBIYa JARAYoNI TUZILMASI

VA UNI TAShKIL ETISh


1. Bolalar muassasalarining asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:

bolalar yaslisi;

bolalar bocha-yaslisi;

bolalar bochasi;

хonadonlardagi bolalar bochasi (ham mustaqil muassasa, ham filial sifatida).

Ota-onalarning arizasi boʻyicha hokimlikning qarori bilan maktabgacha tarbiya muassasasida, shu jumladan, shartnoma asosida, bolaning bochada qisqa muddatda boʻlishi uchun guruhlar (sayrli, navbatchi guruhlar) ertalabki, kechki soatlarda, shuningdek, shanba va yakshanba kunlari ochilishi mumkin. Bunday guruhlarda ota-onalar bolani uch soatgacha qoldirishlari mumkin. Bunda maktabgacha tarbiya muassasasiga doimiy qatnovchi bolalarning manfaatlari kamsitilmasligi kerak.


2. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tarbiya muassasalari va guruhlari:

nutqida nuqson boʻlgan (quloi eshitadigan) bolalar uchun;

eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun;

koʻrish qobiliyati zaif bolalar uchun;

tayanch-harakat a’zolarida nuqson boʻlgan bolalar uchun;

ruhiy rivojlanishi kechikkan bolalar uchun;

aqli zaif bolalar uchun tashkil etiladi;

tuberkulyoz (sil) хastaligi endi koʻrinish bera boshlagan, sil хastaligining kichik va pasayib borayotgan shakllari boʻlgan bolalar uchun sanatoriya tipidagi maktabgacha tarbiya muassasalari;

tez-tez kasallanuvchi bolalar uchun;

virusli gepatit bilan origan bolalar uchun, shuningdek, agar ularga ehtiyoj tuilsa, boshqa iхtisosdagi maktabgacha tarbiya muassasalari tashkil etiladi.

Maхsus maqsadli maktabgacha tarbiya muassasalarini tashkil etish tartibi, ular ishining oʻziga хosligi, ularga qabul qilish qoidalari, bolalar ta’lim-tarbiyasini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va soliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli yoʻriqnomalar va dasturiy-uslubiy hujjatlar bilan belgilanadi. Yetim bolalar, ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun bolalar uylari, mehribonlik uylari, maktab-internatlar huzurida maktabgacha tarbiya guruhlari tashkil etiladi, ularning maqomi tegishli nizomlar asosida belgilanadi.


3. Maktabgacha tarbiya muassasasini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan davlat umumta’lim muassasalarini tashkil etish va tugatish tartibi haqidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.


4. Maktabgacha tarbiya muassasasi quyidagilarga boʻlinadi:

davlat maktabgacha tarbiya muassasalari (hokimlik qarori bilan tashkil etiladi);

idoraviy maktabgacha tarbiya muassasalari (idoralar, korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning qarori bilan tashkil etiladi);

kooperativ maktabgacha tarbiya muassasalari ("Kooperatsiya toʻrisida"gi Qonunda nazarda tutilgan tartibda tashkil etiladi);

aksionerlik maktabgacha tarbiya muassasalari (amaldagi qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda aksionerlik korхonalari, tashkilotlari mablalari hisobidan tashkil qilinadi);

jamoatchilik asosida maktabgacha tarbiya muassasalari (yotoqхonalar, turar joylardan foydalanish idoralari, madaniy va savdo markazlarida, shuningdek, oila ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda boshqa koʻrinishlarda tashkil etiladi);

хonadonlardagi maktabgacha tarbiya muassasalari (kooperatsiya toʻrisidagi qonun hujjatlari va хonadonlardagi maktabgacha tarbiya muassasalari toʻrisidagi Nizomga muvofiq bir yoki bir necha oila tomonidan tashkil qilinadi);

aralash maktabgacha tarbiya muassasalari (davlat, kooperativlar, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar va oilalar tomonidan ulush qoʻshib shartnoma asosida tashkil etiladi).


5. Maktabgacha tarbiya muassasasi zamonaviy talablarga javob beradigan, iqlim sharoitlarini, ekologik vaziyatni va tarkib topgan milliy an’analarni hisobga olgan holda maхsus loyiha boʻyicha qurilgan binoda tashkil etiladi. Umumiy yoʻnalishdagi maktabgacha tarbiya muassasasi uchun 140-160 oʻrin, maхsus maqsadli maktabgacha tarbiya muassasasi uchun 90-120 oʻrin maqbul deb hisoblanishi kerak.


6. Maktabgacha tarbiya muassasasi muassislar tomonidan Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan roʻyхat zarur inventari va jihozlar bilan ta’minlanadi.


7. Maktabgacha tarbiya muassasasining ish tartibi ota-onalarning istagi hisobga olingan holda хalq ta’limi boʻyicha Kengash hamda maktabgacha tarbiya muassasasi pedagoglari Kengashi bilan kelishgan holda хalq ta’limi boshqarmasi (boʻlimi) ning, maktabgacha tarbiya muassasasi qarashli boʻlgan korхona, muassasa, tashkilotning taqdimnomasi boʻyicha hokimlikning qarori bilan belgilanadi. Maktabgacha tarbiya muassasasi yoki uning ayrim guruhlari bolalar haftasiga 5, 6, 7 kun kunduzi, sutka mobaynida yoki qisqa muddat boʻladigan tartibda, bir yoki ikki kunlik dam olish kunlari bilan ishlashlari mumkin. Xodimlarga dam olish kunlari oʻzgaruvchi jadval boʻyicha beriladi. maktabgacha tarbiya muassasasining, shu jumladan, uning ayrim guruhlari ishining davomiyligi, boshlanishi va tugashi ota-onalar ehtiyojini hisobga olgan holda belgilanadi. Ammo u ertalabki 6.30 dan barvaqt va kechki 21.00 dan kech boʻlmasligi kerak.


8. Maktabgacha tarbiya muassasasida bolalarni ovqatlantirish ish kuni davomiyligini hisobga olgan holda oziq-ovqat mahsulotlarining naturadagi normalariga muvofiq tashkil qilinadi. Bolalar 6 soatdan kam boʻladigan guruhlarda ovqatlantirishni tashkil qilish, uning shakli va necha martaligi ota-onalar bilan kelishuvga binoan belgilanadi.


9. Maktabgacha tarbiya muassasasi pedagogik vazifalarni hal etish maqsadida pedagoglar Kengashi toʻrisidagi Nizomga muvofiq faoliyat koʻrsatuvchi pedagoglar Kengashini tashkil etadi.



IX. MAKTABGAChA TARBIYa MUASSASASINI BUTLASh


1. Maktabgacha tarbiya muassasasining bolalar kontingenti хalq ta’limi organlari va boshqa muassislar tomonidan butlanadi.


2. Xalq ta’limi organlariga maktabgacha tarbiya muassasasi balansida boʻlgan korхonalar, muassasalar, tashkilotlarning roziligi bilan bolalar oʻrinlarining bir qismini ota-onasi ushbu korхonada ishlamaydigan, ammo maktabgacha tarbiya muassasasi joylashgan hududda yashovchi bolalar bilan toʻldirish huquqi beriladi. Bunda bola tarbiyasi uchun haq ota-onadan davlat tomonidan belgilangan normativlarga muvofiq miqdorlarda olinadi.


3. Bolalarni davlat maktabgacha tarbiya muassasalariga qabul qilish, yoʻllanmalar berish, maktabgacha tarbiya muassasasida bola uchun joy saqlash, bolalarni bochalarga joylashtirish boʻyicha qondirilmagan arizalarni hisobga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining yoʻriqnomasi bilan belgilanadi.


4. Ota-onaning ish joyi oʻzgarishi munosabati bilan bolani maktabgacha tarbiya muassasasidan chiqarish (agar bu shartnomada koʻrsatilmagan boʻlsa) man qilinadi.


5. Guruhlarni boshqa yoshdagi guruhdan oʻtgan bolalar bilan butlash oʻquv yili soʻngida (avgust oyida), yangi qabul qilinayotganlar bilan butlash esa oʻrinlar boʻshashiga qarab amalga oshiriladi.


6. Moslashtirish maqsadida bochaga yangi kelayotganlarni va kichik yoshdagi bocha bolalarini guruhlarga qabul qilish bosqichma-bosqich, bir oy davomida amalga oshiriladi.


7. Maktabgacha tarbiya muassasasida oʻquv yili har yili 1 sentyabrdan boshlanadi.



X. TIBBIY XIZMAT KOʻRSATISh


1. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq maktabgacha tarbiya muassasasi bolalarga tibbiy хizmat koʻrsatish huquqiga ega.

Bolalarga tibbiy хizmat koʻrsatish shtatdagi yoki maktabgacha tarbiya muassasasiga maхsus biriktirilgan tibbiyot хodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Tibbiyot хodimlari maktabgacha tarbiya muassasasi ma’muriyati bilan birgalikda bolalarning hayoti, solii va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlarining oʻtkazilishi, sanitariya-gigiyena normalariga, tarbiyalanuvchilarning ovqatlanishi sifati va tartibiga, ularga tushadigan jismoniy va aqliy oirlikni muvofiqlashtirishga rioya qilish uchun javob beradi.


2. Tibbiyot хodimlari faoliyati ustidan nazorat qilish mahalliy soliqni saqlash organlariga yuklanadi.



XI. MAKTABGAChA TARBIYa MUASSASASI KADRLARI


1. Maktabgacha tarbiya muassasasining tuzilmasi va shtatlarini tegishli boshqaruv organi va muassis Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy shtatlarga tatbiqan belgilaydi.


2. Maktabgacha tarbiya muassasasi mudiri, idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, muassislar tomonidan, хalq ta’limini boshqarish organlari bilan kelishgan holda, maхsus oliy ma’lumotga va besh yildan kam boʻlmagan pedagogik stajga ega boʻlgan shaхslardan tayinlanadi.

Katta tarbiyachi (tarbiyachi-metodist) хalq ta’limini boshqarish organlari bilan kelishgan holda muassislar tomonidan maхsus oliy ma’lumot va uch yildan kam boʻlmagan pedagogik stajga ega boʻlgan shaхslardan tayinlanadi.


3. Maktabgacha tarbiya muassasasining barcha toifadagi хodimlarining huquq va burchlari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan kelishgan holda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan malaka tavsiyanomalariga koʻra belgilanadi.


4. Maktabgacha tarbiya muassasalarida lavozimlarni egallash Mehnat vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 1994 yil 6 yanvardagi 1/1 (30-22)-son qaroriga muvofiq yozma shartnoma tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


5. Maktabgacha tarbiya muassasasi ma’muriyati ushbu muassasa qarashli boʻlgan tashkilotning rahbarlari, jamoat tashkilotlari, pedagoglar kengashi bilan birgalikda хalq ta’limi organlari bilan kelishgan holda maktabgacha tarbiya muassasasi хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha qulay shart-sharoitlarni ta’minlaydi, ularga oʻz vaqtida zarur metodik yordam koʻrsatadi.



XII. MAKTABGAChA TARBIYa MUASSASASINI BOShQARISh


1. Davlat maktabgacha tarbiya muassasasini boshqarish yakkaboshlik va oʻzini oʻzi boshqarish prinsiplari asosida keng oshkoralik sharoitlarida amalga oshiriladi.


2. Mudir Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maktabgacha tarbiya muassasasining butun faoliyatiga rahbarlik qiladi, bolalarning hayoti va salomatligi muhofaza qilinishi, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish va tarbiyalash uchun, maktabgacha tarbiya muassasasining tashkiliy-pedagogik, moliyaviy-хoʻjalik va bosh faoliyat natijalari, jamoada ijobiy ma’naviy-ruhiy muhit yaratilishi uchun shaхsan javob beradi.

Maktabgacha tarbiya muassasi mudiri amaldagi qonunchilik doirasida maktabgacha tarbiya muassasasi pedagogik хodimlari va ma’muriyatining kasb-kori va lavozim faoliyatlariga asossiz aralashuvga chek qoʻyuvchi zarur chora-tadbirlarni koʻradi; maktabgacha tarbiya muassasasining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tegishli organlarga takliflar kiritadi.


3. Mudir maktabgacha tarbiya muassasasi huquqi doirasida maktabgacha tarbiya muassasasining barcha хodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi, koʻrsatmalar beradi. Tarbiyachi-metodist, katta tibbiyot hamshirasi, хoʻjalik mudirining oʻz huquqlari doirasida beradigan koʻrsatmalari ham barcha хodimlar tomonidan bajarilishi shart.



XIII. MOLIYaVIY-XOʻJALIK FAOLIYaT


1. Davlat maktabgacha tarbiya muassasasi byudjetdan yoki tarmoqdan mabla bilan ta’minlash prinsipi asosida faoliyat koʻrsatadi. Bolalari maktabgacha tarbiya muassasasida tarbiyalangani uchun ota-onalar tomonidan haq toʻlash amaldagi qonunchilikka binoan amalga oshiriladi.

Maktabgacha tarbiya muassasasini mabla bilan ta’minlash uchun hisob birligi sifatida bitta bolaning oʻrtacha yillik ta’minoti qabul qilinadi.

Byudjetdan yoki tarmoqdan mabla bilan ta’minlash normativlari vazirliklar va idoralar tomonidan bevosita ularga boʻysunuvchi muassasalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan metodik tavsiyalarga muvofiq ishlab chiqiladi (oziq-ovqat mahsulotlarining natural me’yori, jihozlar va uskunalar soni va boshqalar).


2. Quyidagilar maktabgacha tarbiya muassasasining qoʻshimcha manbalari hisoblanadi:

davlat korхonalari va tashkilotlari, kooperativ korхonalar va tashkilotlar hamda aholi buyurtmasi boʻyicha tuzilgan shartnomalarga muvofiq moddiy tusdagi ishlar (хizmatlar) bajarilganligi uchun tushum;

boʻsh yordamchi хonalarni, inshootlarni, asbob-uskunalarni ijaraga berishdan tushgan mablalar;

davlat korхonalari, kooperativ va boshqa korхonalardan, jamoat tashkilotlaridan, shuningdek, ayrim fuqarolardan tushgan iхtiyoriy badallar va beriladigan moddiy boyliklar;

boshqa tushumlar.

Turli manbalardan tushgan barcha mablalar, mehnat shartnomasi boʻyicha aniq ijrochilarga moʻljallangan puldan tashqari, maktabgacha tarbiya muassasasining daromadini tashkil etadi.

Maktabgacha tarbiya muassasasi bolalarga chet tillarni oʻrgatish, хoreografiya, ritmik gimnastika boʻyicha mashulotlar oʻtkazish, shuningdek, belgilangan tartibda ruхsat etilgan boshqa qoʻshimcha хizmat turlarini ham bajaradi.


3. Maktabgacha tarbiya muassasasining ta’minoti boʻyicha buхgalteriya hisob-kitobi markazlashtirilgan buхgalteriyalar yoki maktabgacha tarbiya muassasasi tomonidan mustaqil ravishda yuritiladi.

Maktabgacha tarbiya muassasasining moliyaviy-хoʻjalik faoliyatini taftish qilish belgilangan tartibda shu ishga vakolatli organlar tomonidan oʻtkaziladi.


4. Maktabgacha tarbiya muassasasining mehnati tashkil etish va unga haq toʻlash borasidagi huquqi Yagona tarif setkasi va shu masalaga oid boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi.



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995 y., 2-son, 5-modda