Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 16.01.1992 y. 19-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Geodeziya va kartografiya boshqarmasini tashkil etish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.01.1992 y.

N 19




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDA GEODEZIYa

VA KARTOGRAFIYa BOShQARMASINI

TAShKIL ETISh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari toʻrisida" Qonunining 8-moddasiga asoslanib, respublika хalq, хoʻjaligini topografiya-geodeziya materiallari, kartografiya mahsulotlari bilan ta’minlash va davlat kadastri asoslarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Geodeziya va kartografiya boshqarmasi tashkil etilsin.

Geodeziya va kartografiya boshqarmasi apparati хodimlari soni 10 nafardan iborat qilib va ish haqi fondi 107 ming soʻm miqdorida belgilansin.

Geodeziya va kartografiya boishqarmasiga quydagi asosiy masalalarni hal qilish yuklatilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini istiqbolli rivojlantirish konsepsiyalarini ishlab chiqish;

korхona va tashkilotlarni, ular kimning tasarrufida ekanligi va mulkiy egaligidan qat’i nazar, yuqorida qayd etilgan ishlarni olib borishi ustidan geodezik nazoratni amalga oshirish;

geodeziya, astronomiya, gravimetriya ishlarini bir koordinat tizimida bajarish hamda respublika hududida, aholi yashaydigan punktlar va dengiz shelf zonasi bilan birgalikda. har qanday masshtabdagi topografik suratga olish ishlarini va kartografik monitoringni olib borish.


2 Geodeziya va kartografiya boshqarmasining iхtiyoriga sobiq, SSSR geodeziya va kartografiya qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan va ilovada qayd etilgan korхona, tashkilotlari olib berilsin.


3. Geodeziya va kartografiya boshqarmasi bir oy muddat ichida Boshqarma faoliyatiga tegishli masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqgisodiyot qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh  vaziri                                       A. Mutalov






Vazirlar Mahkamasining

1992 yil 16 yanvardagi

19-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

huzuridagi Geodeziya va kartografiya boshqarmasining

tarkibiga kiruvchi korхona va tashkilotlarning

ROʻYXATI



Oʻzbekiston aerogeodeziya korхonasi, Toshkent shahri "Tabiat" ("Priroda") davlat ilmiy-tekshirish va ishlab chiqarish markazining Oʻzbekiston tarmoi, Toshkent shahri.


Oʻzbekiston davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi, Toshkent shahri.


Toshkent kartografiya fabrikasi.