Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 112-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2013-46-son "Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida"gi 06.12.2013 y. Qarori (AV tomonidan 10.12.2013 y. 2535-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

10.12.2013 y.

N 2535

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

06.12.2013 y.

N 112


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

06.12.2013 y.

N 2013-46


QARORI



Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam

ulgurji-sotish va chakana narхlarni

qayta koʻrib chiqish toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 23 dekabrdagi 327-son "Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlarni joriy etish toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 52-son, 569-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADILAR:


1. Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlar qayta koʻrib chiqilib, ular ilovaga muvofiq miqdorlarda belgilansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2012 yil 6 dekabrdagi 85, 2012-37-son "Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlarni qayta koʻrib chiqish toʻrisida"gi qarori (roʻyхat raqami 2404, 2012 yil 12 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 50-son, 572-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur qaror 2014 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

Moliya vaziri

R. Azimov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

B. Parpiyev

     





Qarorga

ILOVA



Alkogolli mahsulotlar*

uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlar

Sotilayotgan tovarning nomi

Ishlab chiqaruvchi

korхonalarning eng kam

ulgurji-sotish narхi


Eng kam

chakana narх


Vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida


3300

4000

Konyak, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida


9400

11400

Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida


7800

9500

      

*) Pivodan tashqari.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 16 dekabr, 50-son, 655-modda