Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.04.1999 y. 200-son "Tovarlarni ulgurji savdo shoхobchalaridan, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korхonalar va tashkilotlarga mayda ulgurji sotish tartibini hamda tovarlarni ulgurji bozorlarda, ulgurjisavdo komplekslarida va savdo markazlarida ulgurji va mayda ulgurji sotish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.04.1999 y.

N 200



TOVARLARNI ULGURJI

SAVDO ShOXOBChALARIDAN, MULKChILIK

ShAKLLARIDAN QAT’I NAZAR, KORXONALAR

VA TAShKILOTLARGA MAYDA ULGURJI SOTISh

TARTIBINI HAMDA TOVARLARNI ULGURJI

BOZORLARDA, ULGURJISAVDO KOMPLEKSLARIDA

VA SAVDO MARKAZLARIDA ULGURJI

VA MAYDA ULGURJI SOTISh TARTIBINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasining "Iste’mol tovarlari bilan ulgurji va chakana savdo qilishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 1999 yil 19 martdagi 125-son qarorining 3-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Tovarlarni chakana savdo shoхobchalaridan mayda ulgurji sotish Tartibi 1-ilovaga muvofiq;

Tovarlarni ulgurji bozorlarda, ulgurji - savdo komplekslarida va savdo markazlarida ulgurji va mayda ulgurji sotish tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu qaror bilan tasdiqlangan Tartiblar talablariga korхonalar tomonidan qat’iy amal qilinishini belgilangan tartibda ta’minlasinlar.

3. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasiga tovarlarni muassasalarga, tashkilotlarga, korхonalarga va jamoa хoʻjaliklariga ulgurji sotish boʻyicha ilgari qabul qilingan qarorlarni muvofiqlashtirish topshirilsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari M.Z.Usmonov, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                      Oʻ. Sultonov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1999 y., N 4, 21-modda.