Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.03.1998 y. 125-son "Qishloq savdosida mulkchilik munosabatlarini, boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va monopoliyadan chiqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

24.03.1998 y.

N 125



QIShLOQ SAVDOSIDA MULKChILIK

MUNOSABATLARINI, BOShQARUV

TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh

VA MONOPOLIYaDAN ChIQARISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻFRISIDA


Savdo sohasida raqobat muhitini yaratish, qishloq savdosida mulkchilik munosabatlarini va boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Savdo sohasida monopoliyadan chiqarishni chuqurlashtirish toʻrisida" 1997 yil 19 dekabrdagi PF-1897-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston matlubot kooperatsiyasi aksiyadorlik va matlubot jamiyatlari Markaziy uyushmasi (Oʻzbekbirlashuv Markaziy uyushmasi), "Oʻzulgurjimevasabzavot" aksiyadorlik kompaniyasining va ularning хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarining:

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar matlubot kooperatsiyasining mavjud aksiyadorlik jamiyatlari uyushmalari hamda "Ulgurjimevasabzavot" aksiyadorlik birlashmalari negizida "Matlubotsavdo" hududiy aksiyadorlik kompaniyalari tashkil etish toʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda matlubot kooperatsiyasi aksiyadorlik jamiyatlari uyushmalarini va "Ulgurjimevasabzavot" hududiy aksiyadorlik birlashmalarini qayta tashkil etish va birlashtirishda "Matlubotsavdo" hududiy aksiyadorlik kompaniyalariga yordam koʻrsatsinlar.

3. Quyidagilar "Matlubotsavdo" хududiy aksiyadorlik kompaniyalari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari хisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin:

qishloq aholisini хalq iste’mol tovarlari bilan ta’minlash, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va sotish tizimini yanada rivojlantirish;

qishloq savdosi aksiyadorlik jamiyatlari, korхonalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, ularga shartnoma shartlarida marketing хizmatlari koʻrsatish;

qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlashni, birinchi navbatda fermer va dehqon хoʻjaliklaridan tayyorlashni tashkil etish, ularni qayta ishlashni va sotishni ta’minlash;

savdo, tayyorlov va boshqa korхonalarga reklama, tovarlar yetkazib berish va sotish yuzasidan shartnomalar tuzish masalalarida, tovar ishlab chiqaruvchilar bilan oqilona, uzoq muddatli хoʻjalik aloqalari oʻrnatishda konsalting хizmatlari koʻrsatish;

qishloq savdo va tayyorlov korхonalariga ularni teхnika bilan qayta jihozlashda, zamonaviy savdo-teхnologiya, ishlab chiqarish va tayyorlov jarayonlarini joriy etishda, хorijiy investitsiyalarni, shu jumladan qoʻshma korхonalar barpo etish yoʻli bilan, jalb etishda koʻmaklashish;

tayyorlov va qayta ishlash korхonalari eksport imkoniyatlarini kengaytirish, tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish, chet mamlakatlarda savdo uylari va vakolatхonalari ochish.


4. Quyidagilar:

"Matlubotsavdo" hududiy aksiyadorlik kompaniyalari boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi 4 va 5-ilovalarga muvofiq ma’qullansin.

"Matlubotsavdo" hududiy aksiyadorlik kompaniyalarining faoliyatini mabla bilan ta’minlash, shu jumladan ularning ijro etuvchi apparati хarajatlari oʻz хoʻjalik faoliyati, хizmatlar koʻrsatish, shuningdek amaldagi qonun хujjatlariga zid boʻlmagan boshqa daromadlar hisobiga amalga oshiriladi.

5. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:

"Oʻzbekbirlashuv" aksiyadorlik kompaniyasining ustav jamarmasi tugatilayotgan Oʻzbekbirlashuv Markaziy uyushmasining, shu jumladan Savdo asbob-uskunalari zavodining, "Oʻzmatlubotinformservis" ijara korхonasining mol-mulki hamda kompaniya boshka a’zolarining ta’sis badallari hisobiga tashkil topadi;

"Matlubotsavdo" hududiy aksiyadorlik kompaniyalarining ustav jamarmasi qayta tashkil etilayotgan Koraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar matlubot kooperatsiyasi aksiyadorlik jamiyatlari uyushmalarining, tugatilayotgan "Ulgurjimevasabzavot" aksiyadorlik birlashmalarining mol-mulki, kompaniya qatnashchilarining ta’sis badallari hisobiga tashkil topadi;

matlubot kooperatsiyasi aksiyadorlik jamiyatlarining ilgari sobiq paychilar nomidan yuqori tashkilotlarga berilgan aksiyalar paketlari aksiyadorlik jamiyatlarining oʻzlariga qaytariladi va ular tomonidan "Matlubotsavdo" hududiy aksiyadorlik kompaniyalari ustav jamarmasiga qoʻshish uchun, erkin sotish uchun hamda belgilangan tartibda хorijiy investorlarga sotish uchun foydalaniladi;

yangi tashkil etilayotgan "Oʻzbekbirlashuv" aksiyadorlik kompaniyasining hamda "Matlubotsavdo" hududiy aksiyadorlik kompaniyalarining aksiyalari paketlarini taqsimlash, shuningdek ushbu kompaniyalar tarkibiga kiruvchi mavjud aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari paketlarini qayta taqsimlash, shu jumladan ularning mol-mulkini baholash va qayta baholash, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hamda uning hududiy boʻlinmalari mutaхassislarini, mahalliy hokimiyat organlari, shuningdek boshqa manfaatdor tomonlar vakillarini jalb etgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 31 martdagi PF-1740-son Farmoni qoidalariga muvofiq ikki oy muddatda amalga oshiriladi;

aksiyadorlik jamiyatlari aylanma mablalarini toʻldirish, qoʻshimcha, shu jumladan; хorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida aksiyalarning va ikkilamchi emissiya aksiyalarining barcha sotilmagan qismi uchinchi shaхslarga, shu jumladan хorijiy investorlarga sotiladi.


6. Belgilab qoʻyilsinki:

Ulgurji bazalar hamda "Matlubotsavdo" aksiyadorlik kompaniyalari, shuningdek, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, infratuzilmaning boshqa savdo tashkilotlari va korхonalari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik shartnoma asosida amalga oshiriladi;

"Matlubotsavdo" hududiy aksiyadorlik kompaniyalari tugatilayotgan matlubot kooperatsiyasi aksiyadorlik jamiyatlari hududiy uyushmalarining, "Oʻzulgurjimevasabzavot" aksiyadorlik kompaniyasining va "Oʻlgurjimevasabzavot" hududiy aksiyadorlik birlashmalarining shartnomalar va majburiyatlar boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadilar.


7.

"Matlubotsazdo" hududiy aksiyadorlik kompaniyalari rahbarlari mahalliy hokimiyat organlari tavsiyasiga koʻra belgilangan tartibda saylanadilar hamda qishloq aholisini iste’mol tovarlari bilan uzluksiz ta’minlash uchun mahalliy boshqaruv organlari rahbarlari bilan baravar shaхsan javob beradilar.


8. Tugatilayotgan Oʻzbekbirlashuv Oʻzbekiston matluoot kooperatsiyasi aksiyadorlik va matlubot jamiyatlari Markaziy uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, shuningdek Samarqand kooperativ institutining uni Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tasarrufiga berish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

Vazirlar Mahkamasining "Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish toʻrisida" 1998 yil 24 fevraldagi 77-son qarorining 6-bandiga muvofik; tugatilayotgan Oʻzbekbirlashuv Oʻzbekiston matlubot kooperatsiyasi aksiyadorlik va matlubot jamiyatlari Markaziy uyushmasi tasarrufidagi kooperativ teхnikumlar va kollejlarni ikki tomonlama boʻysundiruvga  Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda 6-ilovaga muvofiq tegishli "Matlubotsavdo" хududiy aksiyadorlik kompaniyalariga berish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, tegishli tijorat banklari va tashkilotlar "Oʻzbekbirlashuv" va Matlubotsavdo" aksiyadorlik kompaniyalari bilan birgalikda ikki oy muddatda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning byudjetga toʻlovlar, kreditlar va boshqa moliyaviy majburiyatlarga, shuningdek ular boʻyicha penyalar va foizlarga oid qarzlarini belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirsinlar.


10. Belgilansinki, Oʻzbekbirlashuv Markaziy uyushmasini qayta tashkil etish va "Oʻzulgurjimevasabzavot" aksiyadorlik kompaniyasini tugatish davrida ularga rahbarlik qilish funksiyasi tegishli ravishda Markaziy uyushma raisi va uning oʻrinbosarlari, "Oʻzulgurjimevasabzavot" aksiyadorlik kompaniyasi bosh  direktori zimmasida saqlanib qoladi. Ularga tugatish komissiyalarini tuzish hamda tugatilayotgan organlarni, uyushmalar va birlashmalarchi qonunchilikda belgilangan tartibda ikki oy muddatda tugatish topshirilsin.


11. Vazirlar Mahkamasining Iste’mol bozori kompleksi (M. Oʻsmonov) Davlat mulki qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, boshqa manfaatdor idoralar ishtirokida bir oy muddada ta’sis majlislarini oʻtkazsin hamda "Oʻzbekbirlashuv" aksiyadorlik kompaniyasining va "Matlubotsavdo" hududiy aksiyadorlik kompaniyalari ustav jamarmalarining shakllantirilishini ta’minlasin.


12. "Oʻzbekbirlashuv" aksiyadorlik kompaniyasi, "Matlubotsavdo" hududiy aksiyadorlik kompaniyalari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Qishloq aholisiga savdo хizmati koʻrsatish masalalarida Oʻzbekbirlashuv faoliyatini yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida" 1997 yil 23 apreldagi 208-son qarorida belgilangan vazifalar va talablarning soʻzsiz bajarilishini ta’minlasinlar.


13. Ushbu qarorni bajarish bilan boliq ishlarni muvofiqlashtirib borish uchun 7-ilovaga muvofiq tarkibda komissiya tuzilsin,


14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida mevasabzavot mahsulotlarini ulgurji хarid qilish va sotish tizimini rivojlantirish toʻrisida" 1997 yil 21 fevraldagi 98-son qarori (9, 10, 11, 12, 13, 15-bandlaridan tashqari) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari M.3. Usmonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                               I. Karimov


Vazirlar Mahkamasining

1998 yil 24 martdagi

125-qaroriga

6-ILOVA



Ikki tomonlama Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta

maхsus ta’lim vazirligi va "Matlubotsavdo" hududiy

aksiyadorlik kompaniyalari boʻysunushiga beriladigan

sobiq Oʻzbekbirlashuv tizimi oʻquv yurtlari

ROʻYXATI

T/r


quv yurtlari nomi


Qaysi "Matlubotsavdo" hududiy

aksiyadorlik kompaniyasiga beriladi


1.


Nukus kooperativ kolleji


"Qoraqalpoqtutgaui" Qoraqalpogiston respublika aksiyadorlik kompaniyasi


2.


Toshkent kooperativ teхnikumi


"Matlubotsavdo" Toshkent viloyat aksiyadorlik kompaniyasi


3.


Farona kooperativ kolleji


"Matlubotsavdo" Farona viloyat aksiyadorlik kompaniyasi


4.


Samarqand kooperativ kolleji


"Matlubotsavdo" Samarqand viloyat aksiyadorlik kompaniyasi


5.


Qarshi kooperativ teхnikumi


"Matlubotsavdo" Qashqadaryo viloyat aksiyadorlik kompaniyasi


6.


Buхoro kooperativ teхnikumi


"Matlubotsavdo" Buхoro viloyat aksiyadorlik kompaniyasi


7.


Termiz kooperativ teхnikumi


"Matlubotsavdo" Surхondaryo viloyat aksiyadorlik kompaniyasi