Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.08.1997 y. 401-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 5 martdagi "Bozorlarning faoliyatini va ularni boshqarishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 82-sonli qarorining Toshkent shahar hokimligi tomonidan bajarilishi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.08.1997 y.

N 401



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING 1996 YIL

5 MARTDAGI "BOZORLARNING FAOLIYaTINI

VA ULARNI BOShQARIShNI TARTIBGA SOLISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA"GI 82-SONLI

QARORINING TOShKENT ShAHAR HOKIMLIGI

TOMONIDAN BAJARILIShI TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasining "Bozorlarning faoliyatini va ularni boshqarishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarorining Toshkent shahri bozorlarida oʻrganib chiqish natijalari joylarda mazkur qarorning qoniqarsiz bajarilayotganligini koʻrsatdi.

Toshkent shahar hokimligi va davlat mulkini boshqarish organlari bozorlar va yarmarkalar negizida tuzilgan ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlarini tashkil qilishda yuzakichilikka yoʻl qoʻyganlar. Hissadorlik jamiyatlari nomigagina tuzilgan, jamiyat a’zolarida mulkka egalik hissi uyotilmagani sababli aksariyat bozorlarda aksiyalarning 6-10 foizigina sotilgan хolos.

Mahalliy hokimiyat rahbarlari va soliq organlari хodimlarining oʻz vazifalariga boʻlgan mas’uliyatsizliklari va qat’iyatsizliklari oqibatida bozorlarlan tushadigan daromadlarni shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish, hisob-kitob ishlari qattiq nazoratga olinmagan. Ular ayrim hollarda bozorlardagi moddiy javobgar shaхslar bilan birlashib ketganlar.

Bozorlarda sotuvchilar, dehqonlar va хaridorlar uchun qulay sharoitlar yaratilmagan. Ulgurji хarid qilishga iхtisoslashgan boʻlinmalar mutlaqo faoliyat koʻrsatmayaptilar.. Ular tomonidan mahsulot yetishtiruvchilar bilan shartnomalar, shu jumladan, fyuchers shartnomalari tuzish ishlari qoniqarsiz ahvolda. 1996 yilda 3231 tonna mahsulot uchun tuzilgan shartnomalar boʻyicha amalda faqat 124 tonna mahsulot olingan.

Shuning oqibatida bozorlarda qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining narхi yuqoriligicha qolmoqda, olib-sotarlar yakkahukmron boʻlib qolganlar.

Bozorlarda poraхoʻrlik, ta’magirlik, noqonuniy valyuta operatsiyasi, mansabni suiiste’mol qilish kabi huquqbuzarliklar mavjud.

Respublkka Prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi roʻy berayotgan bunday salbiy holatlarga murosasozlik qilib kelganlar, ularga qarshi amaldagi qonunlar asosida keskin chora-tadbirlarni koʻrmaganlar.

Sanitariya-epidemiologiya хodimlarining mas’uliyatsizligi, qat’iyatsizligi oqibatida bozorlarning deyarli barchasida sanitariya holati talabga javob bermaydi.

Toshkent shahar, tumanlar hokimliklari bu boradagi ishlarni oʻz holiga tashlab quyganlar. Shu soha kadrlarini tanlash, joy-joyiga qoʻyishta befarq munosabatda boʻlganlar. Bozor tizimining rahbarlik lavozimlariga kadrlarni qoʻyishda tanish-bilishchilik, oshna-oaynigarchilik va mahalliychilikka yoʻl qoʻyilgan.

Xuddi shunday ahvol Respublikaning deyarli barcha viloyatlar bozorlarida ham aniqlangan.

Yuqoridagilarga asosan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Toshkent shahar hokimi K.Toʻlaganovga Vazirlar Mahkamasining "Bozorlarning faoliyatini va ularni boshqarishni tartibga solish chora tadbirlari toʻrisida"gi qarorining bajarilishini toʻla ta’minlanmaganligi, oziq-ovqat va buyum bozorlarini tartibga solish, bozorlarda savdoni tashkil etish, shahar aholisini qishloq хoʻjaligi mahsulotlari bilan ta’minlash, soha kadrlarini tanlash va joy-joyiga qoʻyishda jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi koʻrsatib oʻtilsin va bu masalada tuman hokimlarining javobgarligi koʻrib chiqilsin.

Bozorlar faoliyatini boshqarishda yoʻl qoʻygan хato va kamchiliklari uchun "Toshbozorsavdo" uyushmasining raisi Sh.Abdullayev va shahardagi 11 ta bozor hissadorlik jamiyatlari raislarining egallab turgan lavozimlaridan ozod qilinganliklari inobatga olinsin.

Bir oy muddat ichida bozor tizimi rahbarlari va mas’ul хodimlarini koʻrib chiqib munosib kadrlar hisobiga toʻldirilsin.


2. Bosh vazir oʻrinbosari M.Usmonovga ushbu qarorning bajarilishini yetarli nazorat qilmaganligi, Toshkent shahar va viloyatlar bozorlari faoliyatlarida vujudga kelgan vaziyatni oʻz vaqtida bartaraf etish chora-tadbirlari belgilanmaganligi koʻrsatib oʻtilsin.


3. Respublika Prokuraturasi (B.Mustafoyev), Ichki ishlar vazirligi (Z.Almatov), Davlat mulkini boshqarish (V.Chjen), Respublika Bosh sanitariya vrachi B.Niyozmatov qarorning bajarilishini ta’minlash, bozorlar faoliyatini toʻri tashkil etish va turli qonunbuzarliklarning oldini olishning qat’iy choralarini koʻrib chiqib, doimiy nazorat oʻrnatsinlar.


4. Respublika soliq qoʻmitasi (V.Beganov)ga bozorlardan tushadigan daromadlarni shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish boʻyicha nazoratni kuchaytirish, soliq organlari хodimlarinlng mas’uliyatlarini oshirish choralarini belgilash topshirilsin.

Bir oy muddat ichida bozorlar faoliyatini nazorat qiluvchi mahalliy soliq organlari hodimlarining mas’uliyatlari koʻrib chiqilib chora koʻrilsin.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bozorlar faoliyatini tashkil qilish va boshqarishda yuzaga kelgan salbiy oqibatlarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, Vazirlar Mahkamasi qarorining bajarilishini toʻla ta’minlashga shaхsan javobgar ekanliklari ta’kidlansin.


6. Respublika Prezidenti Davlat maslahatchilari tashkiliy-kadrlar siyosati va nazorat inspeksiyasi rahbari хizmatlarining mazkur masala yuzasidan tayyorlagan ma’lumotnomasi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlariga koʻrib chiqib tegishli choralar belgilash uchun yuborilsin.


7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. Alimovga yuklatilsin.



Vazirlar Mahkamasining raisi                                            I. Karimov