Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.08.1997 y. 398-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Alkogolli mahsulot ishlab chiqarishga davlat monopoliyasini joriy etish toʻgʻrisida"gi farmonini bajarishga oid chora-tadbirlar haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.08.1997 y.

N 398



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING "ALKOGOLLI MAHSULOT

IShLAB ChIQARIShGA DAVLAT MONOPOLIYaSINI

JORIY ETISh TOʻFRISIDA"GI FARMONINI

BAJARIShGA OID ChORA-TADBIRLAR HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Alkogolli mahsulot ishlab chiqarishga davlat monopoliyasini joriy etish toʻrisida" 1997 yil 19 iyundagi PF-1790-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Maqroiqtisodiyot va statistika vazirligi, "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-хolding" хolding kompaniyasi, "Oʻzkimyosanoat" uyushmasi, "Oʻzdavstandart" markazi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni, ularning mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, shu jumladan, хorijiy sarmoya jalb qilingan korхonalarni, ularning mazkur qarorga 3-ilovada keltirilgan talablarga muvofiqligi yuzasidan roʻyхatdan oʻtkazish dalolatnomalarini 1997 yil 1 sentyabrgacha Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar.


3. 1998 yil 1 yanvardan boshlab bir oy savdo qilish uchun quyidagi cheklangan stavkalar belgilansin:

savdo qilish huquqi uchun mahalliy yiim eng kam oylik ish хaqining ikki baravari miqdorida;

vino-aroq mahsulotlari bilan savdo qilish huquqi uchun litsenziya yiimi eng kam oylik ish hakining uch baravari miqdorida. Bunda savdo qilish huquqi uchun va litsenziya yiimi sertifikati (guvohnomasi) bir oydan oʻn ikki oygacha muddatga beriladi.


4. "Oʻzstandart" agentligi, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha korхonalarda alkogolli mahsulot ishlab chiqarishning teхnologik rejimlarini va mahsulot sifatini muntazam ravishda nazorat kilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi konunchiligiga oʻzgartirish za qoʻshimchalar kiritsin.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Muхitdinov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Oʻ. Sultonov

    

   

"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1997 y., 8-son, 28-modda