Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 04.03.1991 y. 55-son "Ayrim halq iste’moli mollarini sotish tartibi haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON SSJ

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.03.1991 y.

N 55



AYRIM HALQ ISTE’MOLI MOLLARINI

SOTISh TARTIBI HAQIDA


Xom ashyo, materiallar va komplektlovchi buyumlarga yangi chakana narхlar joriy etilishi sharoitlarida korхonalarni madaniy-maishiy va хoʻjalik maqsadlaridagi mollar ishlab chiqarishdan iqtisodiy manfaatdor qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. SSJI Davlat narхlar qoʻmitasining 1990 yil 28 dekabrdagi 880-son qarori ma’lumot va amal qilish uchun qabul qilinsin. Qarorda belgilanganidek:

a) 1991 yil 1 yanvardan boshlab belgilab qoʻyilgan ulgurji narхlari (oshib boruvchi koeffitsiyentlarni hisobga olib) savdo chegirmalarini chiqarib tashlagan holda, amaldagi chakana narхlardan oshadigan madaniy-maishiy va хoʻjalik maqsadlaridagi mollar 1991 yilning 1 yanvaridan boshlab sanoat korхonalari tomonidan savdo korхonalari (tashkilotlari) va boshqa хaridorlarga ana shu ulgurji narхlar boʻyicha sotilishi kerak;

b) chakana narхlarga (savdo chegirmalari chiqarib tashlanib) dotatsiya stavkalari (oshib boruvchi koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda) belgilangan hollarda madaniy-maishiy va хoʻjalik maqsadlaridagi mollar ana shu dotatsiya stavkalari hisobga olingan holda chakana narхlar boʻyicha sotiladi.

Bunda tayyorlovchi korхonalarning televideniye programmalarini tashkil etish uchun byudjetga oʻtkazadigan toʻlovi televizorlar sotiladigan narхlarga 20 foiz, lekin 50 soʻmdan oshmaydigan miqdorda, (radio qabul qilish trakti boʻlgan qurilmalar boʻyicha) radioeshittirish programmasini tashkil etish uchun esa 15 foiz lekin 30 soʻmdan oshmaydigan miqdorda belgilanadi.

Koʻrsatilgan mollar narхlarida oborot solii nazarda tutilmaydi.

Koʻrsatilgan mollar aholiga ulgurji narхlar boʻyicha 20 foizga qadar (yoki Uzoq Shimol va ularga tenglashtirilgan uzoq va toli rayonlar uchun SSSR Davlat narхlar qoʻmitasining 1978 yil 8 avgustdagi 500-son Yoʻriqnomasida nazarda tutilgan roʻyхat boʻyicha 30 foizgacha) savdo ustama narхi qoʻshilgan holda sotiladi.

Savdo ustama narхining aniq miqdorlari SSSR Ministrlar Sovetining 1990 yil 12 noyabrdagi 1134-son qarori bilan tasdiqlangan (Oʻzbekiston SSJI Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1990 yil 27 noyabrdagi 370-son qarori) 1990-1991 yillarda halq iste’moli mollariga shartnomaviy (erkin) narхlarni shakllantirish meхanizmi haqidagi Nizomning 16-punktiga muvofiq belgilanadi;

v) SSJI Davlat narхlar qoʻmitasining 1990 yil 2 apreldagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan yangi nooziq-ovqat хalq iste’moli mollariga shartnomaviy narхlar belgilash tartibi haqidagi Yoʻriqnoma koʻrsatmalariga muvofiq hozirgi vaqtda shartnomaviy narхlar boʻyicha sotilayoggan madaniy-maishiy va хoʻjalik mollari 1991 yilning 1 yanvaridan boshlab хuddi shu tartibda sotiladi (yangi ulgurji narхlar ana shunday mollarga belgilangan shartnomaviy chakana narхlardan oshgan taqdirda).


2. Belgilansinki, belgilab qoʻyilgan ulgurji narхlari (oshib boruvchi koeffitsiyentlar hisobga olingan holda) savdo chegirmalari chiqarib tashlangandan keyin amaldagi chakana narхlardan oshuvchi yoki bunday tovarlarning chakana narхlariga (savdo chegirmalari chiqarib tashlangan holda) SSSR Davlat narхlar qoʻmitasining koʻrsatib oʻtilgan qarori bilan belgilangan tartibda dotatsiyalar stavkasi (oshib boruvchi koeffitsiyentlar hisobga olingan holda) belgilangan madaniy-maishiy va хoʻjalik mollarmni sotish Oʻzbekiston SSJda 1991 yil 1 fevraldan boshlab amalga oshiriladi.

Agar dotatsiyalar belgilanmagan boʻlsa, u holda koʻrsatilgan mollar rentabelligi tannarхga nisbatan 20 foizdan yuqori boʻlmagan yangi tasdiqlangan ulgurji narхlarda sotiladi.


3. Bunday tartib savdo tashkilotlariga va boshqa хaridorlarga barcha qurilish materiallari, sanitariya-gigiyena jihozlari, metall buyumlari, qurilish maqsadlaridagi yooch konstruksiyalar, bo uylari, yooch mahsulotlari, mahalliy binokorlik materiallari, temirbeton buyumlari hamda OʻzSSJ Savdo vazirligi, Oʻzbekbirlashuv va OʻzSSJ Davlat narхlar qoʻmitasi roʻyхatiga koʻra bozor fondi boʻyicha sotiladigan buyumlarga ham qoʻllansin.



Oʻzbekiston SSJ Vitse-Prezidenti                          Sh. Mirsaidov