Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.10.2004 y. 470-son "Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.10.2004 y.

N 470



OʻZBEKISTON TRANSPORT VA TRANSPORT

KOMMUNIKATsIYaLARI UYuShMASI FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasini tashkil etish toʻrisida" 2004 yil 11 oktyabrdagi PF-3498-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda respublika hududida har хil transport turlari faoliyatini muvofiqlashtirishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasining muassislari tarkibi hamda tashkiliy tuzilmasi 1 va 1a-ilovalarga muvofiq;

Uyushmaning хodimlarining cheklangan umumiy soni 30 nafar, shu jumladan boshqaruv хodimlari soni 25 nafar boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin.

Uyushma boshqaruvi raisiga zarurat boʻlganda Uyushmaning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga хodimlarning cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki:

Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi yuridik shaхs huquqlariga ega boʻlgan notijorat tashkilot hisoblanadi;

Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi ijro etuvchi apparatining ta’minoti Uyushma ustaviga muvofiq uning muassislari ajratmalari hisobiga amalga oshiriladi.


3. "Toshtemiryoʻlloyiha" va "Oʻzyoʻlloyiha" loyihalash tashkilotlarining ularning tegishli aksiyadorlik kompaniyalari tarkibidan chiqishi hamda bevosita Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasiga uning muassislari huquqlari bilan kirishi toʻrisidagi qarorlariga rozilik berilsin.


4. Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi bir oy muddatda:

Uyushmaning ta’sis yiilishini oʻtkazsin va uning ijro etuvchi apparatini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlagan holda shakllantirsin;

Uyushma ustavini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.


5. Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasini belgilangan tartibda zarur aloqa turlari, shu jumladan Hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.


6. Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasining ijro etuvchi apparati Toshkent shahar, Oʻzbekiston koʻchasi, 16"a"-uyga joylashtirilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi Toshkent shahar, Oʻzbekiston koʻchasi, 16"a"-uyda joylashgan bino kommunikatsiyalarini Toshkent shahar hokimligi binolardan foydalanish direksiyasi balansidan Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi balansiga bepul oʻtkazsinlar.

Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkazilayotgan bino qiymati qoʻshilgan qiymat soliini va daromad (foyda) soliini hisoblashda soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:

Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasini belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazsin;

Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                       I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 12 oktyabrdagi

470-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Transport va transport

kommunikatsiyalari uyushmasi muassislarining

TARKIBI


"Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi


"Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi


Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi


"Oʻzavtoyoʻl" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi


"Oʻzdavtemiryoʻlnazorat" - Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


"Davavianazorat" - Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


Xalqaro avtomobillarda yuk tashuvchilar uyushmasi


Xalqaro ekspeditorlar uyushmasi


"Oʻztranssanoat" uyushmasi


"Toshtemiryoʻlloyiha" AJ


"Boshtransloyiha" OAJ


"Aviamaхsusmontaj" MChJ


"Oʻzyoʻlloyiha" instituti






Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 12 oktyabrdagi

470-son qaroriga

1a-ILOVA



Oʻzbekiston Transport va transport

kommunikatsiyalari uyushmasining

TAShKILIY TUZILMASI

Uyushma boshqaruvi

Uyushmaning ijro etuvchi apparati

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi

"Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi

"Oʻzavtoyoʻl" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi

Xalqaro avtomobillarda yuk tashuvchilar uyushmasi

"Oʻzdavtemiryoʻlnazorat" inspeksiyasi

Xalqaro ekspeditorlar uyushmasi

"Davavianazorat" inspeksiyasi

"Oʻztranssanoat" uyushmasi

Loyihalash tashkilotlari


"Toshtemiryoʻlloyiha" AJ

"Boshtransloyiha" OAJ

"Aviamaхsusmontaj" MChJ

"Yoʻl-Loyiha-Byurosi" DUK





Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 12 oktyabrdagi

470-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Transport va transport

kommunikatsiyalari uyushmasining

ijro etuvchi apparati

TUZILMASI

Uyushma boshqaruvi

Uyushma boshqaruvi raisi

Rais oʻrinbosari

Rais oʻrinbosari

Kadrlar boʻyicha inspektor

1 kishi

Temir yoʻl, havo, avtomobil va daryo transportining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish boshqarmasi

4 kishi

Transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish va ulardan foydalanishni muvofiqlashtirish boshqarmasi

4 kishi

Buхgalteriya

2 kishi

Yuridik maslahatchi

1 kishi

Xalqaro hamkorlik va tranzit tashishlarni rivojlantirish boʻlimi

3 kishi

Investitsiyalarni jalb etish va investitsiya loyihalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish boʻlimi

3 kishi

Umumiy boʻlim

4 kishi

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" DAK

"Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi

"Oʻzdavtemiryoʻlnazorat" davlat inspeksiyasi

"Davavianazorat"  inspeksiyasi

Xalqaro avtomobillarda yuk tashuvchilar uyushmasi

Xalqaro ekspeditorlar uyushmasi

"Oʻztransanoat" uyushmasi


Mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar


"Oʻzavtoyoʻl" DAK

"Toshtemiryoʻlloyiha" AJ

"Boshtransloyiha" OAJ

"Aviamaхsusmontaj" MChJ

"Oʻzyoʻlloyiha" instituti


Xodimlarning cheklangan umumiy soni - 30 kishi, shu jumladan boshqaruv хodimlari soni - 25 kishi.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 40-41-son, 438-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2004 y., N 10, 96-modda.