Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.06.2000 y. 240-son "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi Ustaviga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.06.2000 y.

N 240



"OʻZBEKISTON TEMIR YOʻLLARI"

DAVLAT-AKSIYaDORLIK TEMIR YOʻL

KOMPANIYaSI USTAVIGA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida "Lokomotivlar parkini yangilash" loyihasi boʻyicha 1999 yil 1 dekabrdagi Kredit bitimi shartlari amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 3 iyuldagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi Ustaviga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:

a) II boʻlimning 2-bandidagi:

"b" kichik band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"kelgusi besh yillik davr uchun kompaniyaning ish strategiyani, rivojlantirish dasturini, tabiatni muhofaza qilish tadbirlari rejasini va tegishli tezkor ishlab chiqarish va moliyaviy maqsadli koʻrsatkichlarni bayon qilib, tijorat faoliyati va bozor munosabatlari tamoyillariga asoslangan tegishli davr prognozini har yili aniqlashtirgan holda besh yillik biznes-reja loyihasini tayyorlash va tasdiqlashni. Besh yillik biznes-rejaga notijorat хizmatlar koʻrsatish, infratuzilmani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish hamda boshqa maqsadlar yuzasidan majburiyatlarni bajarish boʻyicha koʻzda tutilayotgan byudjetdan moliyalash kiritiladi";

"g" kichik band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"temir yoʻl trasporti faoliyatini zarur tovarlar, ishlar va хizmatlar bilan, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ochiq savdolar oʻtkazish yoʻli bilan ta’minlashni";

b) III boʻlim quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq korхonalarni, ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini va transport хizmatlari koʻrsatish yoki favqulodda funksiyalarni bajarish bilan boliq boʻlmagan boshqa mol-mulklarni хususiylashtirish va boshqa yuridik va jismoniy shaхslarga berish yuzasidan takliflar kiritish".



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri                                         Oʻ. Sultonov