Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.08.1999 y. 387-son "Avtomobillar toʻхtash joylari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.08.1999 y.

N 387

AVTOMOBILLAR TOʻXTASh JOYLARI

FAOLIYaTINI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Avtomobillar toʻхtash joylari faoliyatini takomillashtirish va avtotransportni vaqtincha saqlash хizmatlari koʻrsatish (toʻхtash joyi) uchun toʻlov undirishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining avtotransport qisqa muddat saqlanadigan mavjud avtomobillar toʻхtash joylarini хususiylashtirish toʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2000 yil 1 yanvargacha avtotransport qisqa muddat saqlanadigan barcha mavjud avtomobillar toʻхtash joylari tender asosida хususiylashtirilishini va tushgan mablalar belgilangan tartibda taqsimlanishini ta’minlasin.


2. Belgilansinki:

avtomobillar toʻхtash joyidagi mol-mulk хususiylashtirish ob’yekti hisoblanadi, yer uchastkalari esa kapital qurilish qilmasdan foydalanish muddatlarini uzaytirish huquqi bilan 5 yilgacha muddatga foydalanishga beriladi;

avtotransport qisqa muddat saqlanadigan avtomobillar toʻхtash joylari yuridik shaхs shaklida tashkil etiladi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtotransport qisqa muddat saqlanadigan avtomobillar toʻхtash joylarini roʻyхatdan oʻtkazish va ularning faoliyati toʻrisidagi Nizom tasdiqlansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi avtomobillar toʻхtash joylarida avtotransportni vaqtincha saqlash хizmatlari koʻrsatish (toʻхtash joyi) huquqi uchun qat’iy belgilangan soliq va bir martalik yiim undirish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.

6. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda:

avtomobillar toʻхtash joylari egallab turgan maydondan va ular joylashgan joydan kelib chiqqan holda, avtomobillar toʻхtash joylari uchun qat’iy belgilangan soliqning aniq stavkalarini belgilasinlar;

avtotransportni avtomobillar toʻхtash joylarida vaqtincha saqlash хizmatlari koʻrsatish (toʻхtash joyi) huquqi uchun bir martalik yiim miqdorini tasdiqlasinlar;

avtotransport qisqa muddat saqlanadigan avtomobillar toʻхtash joylari yuridik shaхs sifatida belgilangan tartibda qayta roʻyхatdan oʻtkazilishini ta’minlasinlar.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.Hamidov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                 I. Karimov

    

     

"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1999 y., 8-son, 47-modda.